G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

GLOSSARIY 

Asab anoreksiyasi
- bu ozish g‗oyasi bilan bog‗liq bо‗lgan nevroz turi. О‗smirlar,
ayniqsa qizlar uchun 12 - 15 yoshlarda о‗ziga xos nevrozning xili mavjud. Bunda 
о‗smirlar о‗zlarini ovqatlanishdan cheklab, ozib ketishga intiladilar. Nevrozning bu 
xili, kо‗pincha, intellektini va о‗zini yuqori baholab yurgan о‗smirlarda rivojlanadi.

Biotik omillar
- tirik organizmlarni о‗z hayot faoliyati bilan о‗zaro bir-biriga ta‘siri. 
Masalan, inson faoliyatining tabiatga ta‘siri. 
Birinchi signal tizimi
- tashqi olamning kо‗p sonli bevosita signallari ta‘siriga 
javoban markaziy nerv tizimida sodir bо‗ladigan analitik va sintetik faoliyat. Birinchi 
signal tizimi qitiqlagichlariga eshitiladigan sо‗zlardan tashqari borliqning hamma 
signallari, ya‘ni yorug‗lik, rang, xilma-xil tovushlar, shovqinlar, hidlar, ovqat ta‘mi, 
issiq, sovuq, og‗riq, predmetlarning fazodagi holati bо‗ladi, harakati va boshqalar. 
Akademik I.P.Pavlov birinchi signal tizimi tushunchasini birinchi bо‗lib 1932 yilda 
taklif qilgan. 

Gipodinamiya
- (madorsizlanish) muskullarning haddan tashqari kuchsizlanishi 
tufayli quvvatning keskin kamayishi; ochlik, uzoq davom etgan kasallik yoki qarilik 
oqibatida vujudga keladi. 

Dominanta
- markaziy nerv sistemasi faoliyatida biron biologik ahamiyati ayni 
vaqtda (vaqtincha) individ uchun ustun turgan markaz ishining qolgan markazlar 
ustidan hukmronlik qilishi. Dominanta haqidaga ta‘limot akademik A.A.Uxtomskiy 
tomonidan 1923 yil yaratilgan. Qо‗zg‗alishning dominant о‗chog‗i boshqa nerv 
markazlarining ishini о‗zgartiradi va gо‗yo о‗ziga bо‗ysindiradi. Och qolib sut 
ichayotgan mushuk oyog‗ini kuchsiz elektr toki bilan qitiqlash himoya refleksi 
о‗rniga sut ichish refleksini kuchaytiradi. Chunki ayni vaqtda sut ichish nerv markazi 
boshqa markazlar ustidan dominantlik qiladi. 
Distress
- zarar keltiruvchi, о‗limga olib boruvchi stressni G. Sele 1974 yili distress 
deb atadi. Bu sо‗z inglizcha «distress» sо‗zidan olinib, «musibat, kulfat, 
darmonsizlik, nochorlik, tinka qurishi» degan ma‘nolarni bildiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin