G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Odam oliy asab faoliyatining tiplari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

6.2. Odam oliy asab faoliyatining tiplari 
Qadimdan 
odamlar 
bir-birini 
xulq-atvorida 
individual 
xususiyatlarni 
kuzatganlar. Qadimgi yunonlar davridan ma‘lum bo‗lgan quyidagi 4 tipdagi mijoz: 
xolerik («xole» – o‗t-safro), sangvinik («sangvis» - qiziqqon), flegmatik («flegma» – 
shilimshiq) va melanxolik («melanxole» - qora o‗t-safro) hozirgi vaqtda ham 
ishlatiladi. Shunday qilib, qo‗zg‗aluvchanligi yuqori bo‗lgan, asabi tez 
taranglashadigan, serjahl, reaksiyalari kuchli bo‗lgan odamlarni xoleriklar, hayotning 
o‗zgaruvchan sharoitlariga o‗zining harakatlari muvozanatini saqlagan holda jonli 
reaksiya bilan javob beruvchi odamlarni – sangvinik deb atashgan. Muvozanatlangan 
xarakterli, hayot sharoitlarining o‗zgarishlariga o‗z munosabatini qiyin 
o‗zgartiradigan odamlarni – flegmatik; kuchsiz, qo‗rqoq, bir qarorga kela 
olmaydigan, ko‗ngli bo‗sh odamlarni – melanxolik deb atashgan.
Ushbu to‗rt tipdagi temperamentlarni xulq-atvor xususiyatlarini solishtirib turli 
temperamentli kishilarning bir xil vaziyatga qanday javob berishlarini oson ajratish 
mumkin (51-rasm). 
Mijozlar to‗g‗risidagi ta‘limotga qadimgi sharq mamlakatlarining olimlari va 
hakimlari ham katta ahamiyat berganlar. Ularning fikricha, uchta asosiy mijoz – 
issiq, o‗rtacha va sovuq mijozlar mavjud bo‗lib, odam o‗z mijoziga qarab hayot 


193 
kechirishi, ovqatlanishi va kasal bo‗lganda davolanishi zarurligini aytganlar. 
51-rasm. Temperamentiga ko’ra bir xil vaziyatga 4 xil javob qaytarish.
(X.Bistrup bo‘yicha, 1968) 
 
Odam oliy asab faoliyati to‗g‗risidagi nazariy bilimlari va klinik kuzatishlari 
oqibatida I.P.Pavlov, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‗lgan 4 tip bilan bir 
qatorda, faqat inson uchun xos bo‗lgan yana 3 tip mavjudligi to‗g‗risidagi xulosaga 
kelgan. Bular 1) badiiy, 2) fikrlash va 3) o‗rtacha tiplar hisoblanadi.
1. Badiiy tip – birinchi signal tizimining nisbatan kuchli faoliyati bilan 
tavsiflanadi. Bu tipga mansub odamlavr fikrlash jarayonida sezish a‘zolari orqali 


194 
olingan atrof-muhit obrazlaridan foydalanadilar. I.P.Pavlovning ta‘biriga ko‗ra, ular 
borliqni butunligicha, ya‘ni qismlarga ajratmasdan qamrab oladilar.
2. Fikrlash tipiga mansub odamlarda ikkinchi signal tizimining ishi sezilarli 
darajada kuchaygan, borliqdan boshqa narsalarga ham e‘tiborni jalb qilish, ularni 
tahlil qilishga intilish, borliqni ayrim qismlarga ajratish, keyin esa bu qismlarni bir 
butun qilish qobiliyati keskin namoyon bo‗ladi.
3. O‗rtacha tipda, ikkala signal tizimi muvozanatlashgan bo‗ladi. Bu tiplarni 
chuqur o‗rganish nafaqat oliy asab faoliyati tiplari muammosi uchun, balki odam 
miyasining signalli faoliyati muammolari uchun ham ma‘lumotlar beradi. 
Tashqi va ichki muhitning turli signallariga odamda ham shartli refleks hosil 
qilish mumkin va tegishli sharoitlarda, bu reflekslar shartli va shartsiz 
tormozlanishga uchraydi. Atrof-muhit hodisalari va jismlar to‗g‗risidagi signallarni 
inson sezgi a‘zolari orqali bevosita qabul qilib, analizatorlari yordamida ushbu 
axborotlarni tahlil va sintez qiladi. 
Tashqi va ichki muhitni bevosita tasavvur qilish odam va hayvon uchun yagona 
bo‗lgan birinchi signal tizimini tashkil etadi. Lekin, odamda, mehnat faoliyati va 
ijtimoiy rivojlanish tufayli ikkinchi signal tizim, ya‘ni so‗z bilan bog‗liq bo‗lgan 
tizim rivojlanadi va takomillashadi. Bu tizim yozma va og‗zaki so‗zni anglash hamda 
gapirish va yozishdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin