G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Ekstrapolyatsion reflekslar
— turli hayotiy voqealarni oldindan bilish va sezish 
bilan bog‗liq, muhim ahamiyatga ega bо‗lgan reflekslardir. Ular tajribali pedagog va 
tarbiyachilarning amaliyotida keng qо‗llaniladi.
Ekstrovert tip
- his - hayajonga tamomila berilgan odamlar kiradi, ba‘zan muomala 
va faoliyatning zarurligi, maqsadga intilish, kо‗p gapirish, qiziqishlarning doimiy 
emasligi, ba‘zan maqtanchoqlik xos.
YU 
Yurak
– odam va hayvonlarning qon aylanishini ta‘minlab turadigan asosiy organ. 
Odamlarda uning massasi о‗rtacha 230-250 g. 
Yurak avtomatiyasi
– yurak muskullariga xos xususiyat, butun bir yurakning aynan 
о‗zida impulslar ta‘sirida yuzaga keladigan mustaqil ishlash holati. 
Yurak aritmiyasi
– yurak ritmik qisqarishining buzilishi. 

Qо‘zg‘alish
- tirik tо‗qima va hujayralarning har qanday ta‘sirotlarga nisbatan javob 
reaksiyasidan iborat bо‗lgan murakkab fiziologik jarayon. 
Qora taloq
- umurtqali hayvonlar va odamning qorin bо‗shlig‗ida joylashgan qon 
hosil qilish va organizmni himoya qilish vazifalarini bajaruvchi organ. 



205 
Harakat birliklari
– motoneyron va u idora qiladigan muskul tolalari guruhi. 
Harakat markazlari
– miya yarim sharlar pо‗stloq qismida joylashgan va harakat 
faoliyatini boshqarilishini ta‘minlaydigan markazlar. 
Harakat reaksiyalari
– retseptor yuzalarining qitiqlanishi natijasida afferent nerv 
tolalari orqali yuboriladigan impulslarga javoban orqa miya va bosh miyadagi maxsus 
harakat markazlaridan keladigan efferent impulslar effekti. U alohida olingan 
organlarda yoki butun bir organizmda sodir bо‗lishi mumkin. 
Harorat adaptatsiyasi
– teri yuzasidagi sovuq va issiq haroratni sezuvchi 
retseptorlar sezgirligining pasayishi. Bunday holat odatda ma‘lum bir haroratga ega 
bо‗lgan narsaning teri yuzasiga davomli ta‘sir etishi natijasida yuzaga keladi. 
Hid bilish
– hid bilish analizatorida joylashgan maxsus retseptorlar orqali tashqi 
muhitdagi gaz holdagi kimyoviy moddalarni sezish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin