O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSION JARAYONLARNI BOSHQARISH”
FANIDAN TEST SAVOLLARI
276
1.“Investitsiya” atamasini asosi bo‘lgan lotincha “invest” so‘zining manosi nima?
A) qo‘yilma
B) jamg‘arma
C) o‘sish
D) iqtisodiy rivojlanish
2. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunida qaysi atamaga
quyidagicha tarif berilgan: “iqtisodiy va boshqa faoliyat turi obektlariga qo‘yiladigan moddiy va
nomoddiy nematlar, hamda ularga bo‘lgan huquq”.
A) investitsiya
B) moliyalashtirish
C) mulk dahlsizligi
D) asosiy jamg‘armalar
3. Asosiy kapitalni ko‘paytirish ehtiyoji bilan bog‘liq investitsiyalar qanday nomlanadi.
A) venchur (tavakkalchilikga ega)
B) to‘g‘ridan-to‘g‘ri
C) sof
D) annuitet
4. Asosiy fondlar eskirishini qoplash ehtiyoji bilan bog‘liq investitsiyalar qanday nomlanadi.
A) yalpi
B) sof
C) portfel
D) annuitet
5. Xo‘jalik yurituvchi subekt ustav kapitaliga, foyda olish va mazkur subektni boshqarishda
ishtirok etish maqsadidagi investitsiyalar bu:
A) to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
B) portfel investitsiyalar
C) tavakkalchilik investitsiyalari
D) annuitet
6. Qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni xarid qilish bilan bog‘liq investitsiyalar bu:
A) portfel investitsiyalar
B)to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
C) sof investitsiyalar
D) yalpi investitsiyalar
7. Investorga har bir muntazam vaqt oralig‘ida muayyan foyda keltiruvchi investitsiyalar qanday
nom olgan?
A) annuitet
B) sof investitsiyalar
C) to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
D) portfel investitsiyalar
8. Mablag‘ qo‘yish obektlari bo‘yicha qanday investitsiyalar mavjud?
A) moliyaviy va real
B) uzoq va qisqa muddatli
C) to‘g‘ri va egri
D) mamlakat ichidagi va tashqarisidagi
9.Investitsiyalashda ishtirok etish xarakteri bo‘yicha investitsiyalar qanday farqlanadi?
A) to‘g‘ri va egri
B) moliyaviy va real
C) uzoq va qisqa muddatli
D) chet el va davlat investitsiyalari
10. Investitsiyalash davri bo‘yicha investitsiyalarni farqlash qaysi bir javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) uzoq va qisqa
277
B) to‘g‘ri va egri
C) portfel va venchur
D) moliyaviy va real
11. Real aktivlarga qilingan investitsiyalar qanday ataladi?
A) kapital
B) progressiv
C) innovatsion
D) ijtimoiy
12.Texnikaning yangi avlodini yaratish yangi texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalar qanday
nomlanadi?
A) innovatsion
B) zamonaviy
C) kapital
D) progressiv
13. Inson salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar - bu ............. investitsiyalardir.
A) ijtimoiy
B) innovatsion
C) demografik
D) kapital
14. Xo‘jalik faoliyati natijasida paydo bo‘lgan jamg‘armalar moliyaviy resurslarning qaysi
manbaiga mansub?
A) o‘z moliyaviy vositalari
B) qarzga olingan moliyaviy vositalar
C) nobyudjet fondlarining mablag‘lari
D) chet el investorlarining mablag‘lari
15. Lizing, moliyaviy vositalar manbalarining qaysi turiga mansub?
A) qarz moliyaviy mablag‘lar
B) korxonalar uyushmalari tomonidan markrzlashtirilgan mablag‘lar
C) o‘z moliyaviy mablag‘lari
D) davlat byudjeti mablag‘lari
16. Bank kreditlari moliyaviy vositalar manbalarining qaysi turiga mansub?
A) qarz moliyaviy mablag‘lar
B) o‘z moliyaviy mablag‘lari
C) davlat byudjeti mablag‘lari
D) chet el investorlari mablag‘lari
17. Obligatsiyalar aksiyalardan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) aniq belgilangan muddati
C) asosiy summaning qaytarilishi
D) belgilangan foiz to‘lovi
18. Moslashuv (adaptatsion) xarajatlarga nimalar kiradi?
A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) eski uskunalarni sotish va yangi uskunalarni xarid qilish
C) ishsiz qolgan ishchilarga kompensatsion to‘lovlar to‘lash
D) kadrlarni qayta tayyorlash
19. Kreditning asosiy ikkita shakli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) tijorat va bank
B) xususiy va davlat
C) asosiy va imtiyozli
D) ichki va xalqaro
20. Tijorat kreditining cheklanganligi nimada o‘z ifodasini topadi?
278
A) barcha javob to‘g‘ri
B) o‘lchami cheklangan bo‘lishi mumkin
C) muddati qisqa bo‘lishi mumkin
D) kreditni faqat tovar i/ch dan olish mumkin
21. Kreditning iqtisodiyotdagi funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) qayta taqsimot, muomala xarajatlarini tejash, kapital konsentratsiyasini tezlashtirishi;
B) tovar aylanmasiga xizmat ko‘rsatish, naqd pul muomalasini qisqartirish, kapital oqimini nazorat
qilish
C) qayta taqsimot, kapital oqimini nazorat qilish
D) naqd pul muomalasini qisqartirish, yangi pul oqimlarini izlab topish, ilmiy-texnik taraqqiyotni
tezlashtirish.
22. Qaysi muassasa kredit tizimining bankga tegishli bo‘lmagan qismiga kirmaydi?
A) to‘g‘ri javob yo‘q
B) jamg‘armalar
C) lombardlar
D) pochta
23. Bank faoliyatini umumiy holda ifodalaganda bu-....?
A) vositachilik
B) savdo
C) tijorat
D) barcha javoblar to‘g‘ri
24. Kreditning asosiy tamoyillari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) qaytarilish, muddatlilik, taminlanganlik
B) maqsad, sug‘urta, taminlanganlik
C) foizlilik, muddatlilik, taqsimot
D) to‘g‘ri javob yo‘q
25. Kreditlarni qaysi asosiy belgilari bo‘yicha ajratish mumkin?
A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) maqsadi
C) taminoti
D) istemolchilar guruhlari
26. Moddiy boyliklarga ega bo‘lishning alternativ usuli qanday nomlanadi?
A) lizing
B) demping
C) renting
D) xayring
27. Lizing bitimining asosini nima tashkil etadi?
A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) lizing subekti
C) lizing to‘lovlari
D) lizing obekti
28. Qisqa muddatli ijara bu- ...
A) renting
B) demping
C) xayring
D) lizing
29. O‘rta muddatli ijara – bu....?
A) xayring
B) lizing
C) renting
D) demping
279
30. Uzoq muddatli ijara bu - ...?
A) lizing
B) xayring
C) demping
D) renting
31. Lizingning qaysi turi oddiy ijaraga ayniqsa o‘xshash?
A) operativ
B) moliyaviy
C) revolver
D) qaytarma
32. Lizing bitimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilari qaysi javobda aniq ko‘rsatilgan?
A) lizing kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilar, savdo tashkilotlari
B) ishlab chiqarish korxonalari, sug‘urta tashkilotlari, transport kompaniyalari
C) lizing kompaniyalari, banklar, sug‘urta tashkilotlari
D) banklar, savdo tashkilotlari, lizing kompaniyalari
33. Lizing bitimining bilvosita ishtirokchilari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) banklar, sug‘urta tashkilotlari, brokerlik firmalari
B) lizing kompaniyalari, banklar, sug‘urta tashkilotlari
C) sug‘urta tashkilotlari, brokerlik firmalari, transport korxonalari
D) to‘g‘ri javob yo‘q
34. Ijaraga oluvchi tomonidan kiritiladigan to‘lov hisobiga, ijaraga olinayotgan uskunaning to‘liq
amortizatsiyasini nazarda tutadigan uzoq muddatli kelishuv, bu- ....
A) moliyaviy lizing
B) qaytarma lizing
C) operativ lizing
D) revolver lizing
35. Uskunani bir necha marotaba ijaraga berish ihtiyojini nazarda tutadigan kelishuv, bu- ....
A) operativ lizing
B) revolver lizing
C) moliyaviy lizing
D) qaytarma lizing
36. Uskunalarni asta-sekin almashtirishni nazarda tutuvchi lizing turi qaysi javobda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
A) revolver
B) moliyaviy
C) operativ
D) to‘g‘ri javob yo‘q
37. Muayyan maqsadni ko‘zlagan holda, korxona faoliyatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi mahsus
tarzda rasmiylashtirilgan taklif, bu- ....
A) loyiha
B) tahlil
C) biznes-reja
D) to‘g‘ri javob yo‘q
38. Loyihalar qanday asosiy turlarga ajratiladi?
A) taktik va strategik
B) strategik va ikkinchi darajali
C) taktik va reja
D) barcha javoblar to‘g‘ri
39. Loyiha istiqbollarini mahsulot va xizmatlar bozorlari nuqtai nazaridan baholash ....... tahlilning
asosiy vazifasi hisoblanadi.
A) tijorat
280
B) texnik
C) innovatsion
D) moliyaviy
40. Loyiha optimal miqyosini, joylashuvini, muddatini belgilash bilan tahlilning qaysi turi
shug‘ullanadi?
A) texnik
B) moliyaviy
C) tijorat
D) institutsional
41. Loyiha amalga oshishining siyosiy va tashkiliy sharoitlarini tahlilning qaysi turi o‘rganadi?
A) institutsional
B) texnik
C) tijorat
D) ekologik
42. ............ tahlil, loyihada ishtirok etishning foydalilik darajasini o‘rganish maqsadida amalga
oshiriladi.
A) moliyaviy
B) ekologik
C) ijtimoiy
D) iqtisodiy
43. Loyihani amalga oshirish istiqbollarini atrof-muhit havfsizligi nuqtai nazaridan baholash qaysi
tahlil turida amalga oshiriladi?
A) ekologik
B) biologik
C) ijtimoiy
D) havfsizlik
44. Investitsiyaviy tahlil asosini nima tashkil etadi?
A) investitsiyaviy ehtiyojlarni aniqlash
B) moliyalashtirish manbalarini tanlash
C) loyiha foydalilik darajasini hisoblash
D) (A+V+S)
45. Investitsiyaviy loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi investitsiyalar qanday
ataladi?
A) to‘g‘ridan-to‘g‘ri
B) yo‘ldosh
C) ITT ga yo‘naltirilgan
D) barcha javoblar to‘g‘ri
46. Asosiy investitsiyaviy obekt bilan hududiy va funksional jihatdan bog‘liq obektlarga
kiritiladigan investitsiyalar bu- .....
A) yo‘ldosh investitsiyalar
B) bilvosita investitsiyalar
C) noto‘g‘ri investitsiyalar
D) to‘g‘ri investitsiyalar
47. Biznes-rejaning xalqaro shakli qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan?
A) UNIDO
B) UNICEF
C) UNESCO
D) UNDP
48. Bir qator oddiy loyihalardan iborat investitsiyaviy loyiha qanday nomlanadi?
A) multiloyiha
B) monoloyiha
281
C) megaloyiha
D) superloyiha
49. Tarmoq yoki mintaqa rivojlanishi loyihasini o‘zida aks ettiruvchi loyiha qanday nomlanadi?
A) megaloyiha
B) multiloyiha
C) monoloyiha
D) superloyiha
50. Ishchilar mehnat unumdorligini oshirish va ish joylaridagi mehnat sharoitini yaxshilashga
qaratilgan loyihalar qaysi turga mansub?
A) ijtimoiy-texnik
B) ijtimoiy-siyosiy
C) ijtimoiy-boshqaruv
D) ijtimoiy-tashkiliy
51. Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini takomillashtirish va boshqaruv xodimlari mehnat
unumdorligini oshirishga qaratilgan loyihalar qaysi turga mansub?
A) tashkiliy-boshqaruv
B) tashkiliy-ijtimoiy
C) ijtimoiy-boshqaruv
D) ijtimoiy-siyosiy
52. Turli xil loyihalarning tarkibiy qismlaridan iborat loyihalar qanday nomlanadi?
A) integratsiyalashgan
B) innovatsiyalashgan
C) majmuaviylashgan
D) to‘g‘ri javob yo‘q
53. «Turn key» atamasi qaysi jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
A) uskuna sotib olish, zavod qurish, texnologik jarayonni ishga tushirish
B) uskuna sotib olish, yetkazish, xodimlarni o‘qitish
C) uskuna sotib olish, xodimlarni o‘qitish
D) uskuna va tegishli litsenziyalarni sotib olish
54. «Product-in-hand» atamasi qaysi jarayonlarni nazarda tutadi?
A) uskuna sotib olish, zavod qurish, texnologik jarayonni ishga tushirish, tayyor mahsulot olgunga
qadar xodimlarni o‘qitish
B) uskuna sotib olish, yetkazish, xodimlarni o‘qitish
C) uskuna sotib olish, xodimlarni o‘qitish, mahsulot ishlab chiqarish
D) barcha javoblar to‘g‘ri
55. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, yangidan
bo‘shagan investitsiyalar qanday nomlanadi?
A) reinvestitsiyalar
B) ikkilamchi investitsiyalar
C) qaytarma investitsiyalar
D) to‘g‘ri javob yo‘q
56. Investitsion faoliyat yuritishning asosiy tamoyillari nechta?
A) 6
B) 5
S) 7
D) 3
57. Ob-havo sharoitlari qaysi sohaga kiritilayotgan investitsiyalar uchun xal qiluvchi omil rolini
o‘ynashi mumkin?
A) qishloq xo‘jaligi
B) kon-metallurgiya
S) avtomobilsozlik
282
D) barcha javoblar to‘g‘ri
58. Ob'ektlar o‘rtasidagi masofa yoki aloqalar to‘g‘risidagi axborotni shakllantirishga
mo‘ljallangan matematik uslublar majmuasi qanday nom olgan?
A) klaster tahlili
B) axborot majmuasi
S) xedj
D) to‘g‘ri javob yo‘q
59. Qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachi rolini o‘ynovchi firma yoki ayrim shaxs qanday
ataladi?
A) investitsion diler
B) investitsion broker
S) investitsion makler
D) investitsion treyder
60. Kapital qo‘yilmalarga ajratilgan mamlakat resurslarining ulushi qanday ataladi?
A) investitsion koeffitsient
B) investitsion ulush
S) investitsion talab
D) barcha javoblar to‘g‘ri
61. Kapital qo‘yilmalarning umumiy daromadga bo‘lgan ta'siri qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)investitsion multiplikator
B) investitsion ta'sir
C) investitsion koeffitsient
D) investitsion talab
62. Qarz kapitallari bozoridagi investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj – bu .....
A)investitsion talab
B) investitsion koeffitsient
C) investitsion taklif
D) investitsion ulush
63. Kichik kapital egalarining o‘zaro ishonchi asosida tashkil etilgan investitsion jamg‘arma
qanday nomlanadi?
A)trast
B) trakt
C) trest
D) trend
64. Obligatsiyalar va aksiyalar kurslaridagi o‘zgarishlarni bashorat qiluvchi ko‘rsatkichlar –
investitsion ........ deb ataladi.
A) tanometrlar
B) barometrlar
C) xronometrlar
D) to‘g‘ri javob yo‘q
65. Foiz stavkasi o‘zgarishining investitsiyalar hajmiga ta'sirini aks ettiruvchi egri chiziq qanday
nomlanadi?
A)investitsion talab egri chizig‘i
B) investitsion taklif egri chizig‘i
C) investitsion ulush egri chizig‘i
D) investitsion koeffitsient egri chizig‘i
66. Kompaniyaning kapital qo‘yilmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan
beriladigan mablag‘ qanday nomlanadi?
A)investitsion subsidiya
B) investitsion kredit
C) investitsion moliyalashtirish
283
D) barcha javoblar to‘g‘ri
67. Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarini uzoq muddatli kreditlash maqsadida tashkil
etilgan tashkilot qanday nomlanadi?
A)yeTTB
B) yeHHT
C) OTTB
D) yeH
68. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshiriladigan moliyaviy bozorning qismi
qanday nomlanadi?
A)fond bozori
B) loyihaviy qism
C) qimmatli qog‘ozlar jamg‘armasi
D) investitsion bozor
69. Qaysi tamoyil bo‘yicha investitsion xarajatlarni belgilashda, istalgan kapital hajmi natijaviy
daromad hajmiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi?
A)akseleratsiya
B) korrelyasiya
C) stagnatsiya
D) to‘g‘ri javob yo‘q
70. Kredit reytingi investitsion darajadan past bo‘lgan korxona obligatsiyalari (AQSh) qanday
nomlanadi?
A)«axlat» obligatsiyalar
B) «nomuvofiq» obligatsiyalar
C) «tor» obligatsiyalar
D) barcha javoblar to‘g‘ri
71. Muayyan maqsadlarni ko‘zlagan holda bir vaqtning o‘zida bir obligatsiyalarni sotib
ikkinchilarini xarid qilish – bu obligatsiyaviy .......
A)SVOP
B) SPOT
C) FORT
D) XeDJ
72. Foizlar nazariyasining asosiy formulasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)F
n
q P(1+r)
n
B) F
n
q (r+p)
n
C) F
n
q r(1+P)
n
D) F
n
q P(1-r.p)
n
73. Bir xil summalardan iborat pul oqimi qanday ataladi?
A)annuitet
B) diskont
C) paritet
D) renting
74.Kapital qiymatiga qaysi omillar o‘z tasirini ko‘rsatadi
A)barcha javoblar to‘g‘ri
B) mazkur kapital qo‘yilmaning tavakkalchilik darajasi
C) moliyalashtirish manbalari
D) boshqa investitsiyalarning daromadlilik darajasi
75. Oddiy aksiyalar egalari olishni istagan pul daromadi, bu- ....
A)o‘z kapitali qiymati
B) daromad prognozi
C) tahlil natijasi
D) ikkilamchi kapital qiymati
284
76. Kapital qiymati nimada o‘z ifodasini topadi?
A)kapital summasining foiz stavkasida
B) kapital summasining kattaligida
C) kapital summasining tavakkalchilik darajasida
D) to‘lanadigan dividendlarda
77. Kapital qiymatiga qaysi omillar o‘z tasirini ko‘rsatadi
A)barcha javoblar to‘g‘ri
B) mazkur kapital qo‘yilmaning tavakkalchilik darajasi
C). moliyalashtirish manbalari
D) boshqa investitsiyalarning daromadlilik darajasi
78. Davlat tasarrufidagi o‘z (shaxsiy) kapitali qaysi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
A)yig‘ilgan taqsimlangan daromad
B) asosiy fondlar qiymati
C) ustav jamg‘arma
D) korxonaning birja kapitalizatsiyasi
79. Davlatga tegishli korxonaning qarz kapitali asosan qaysi ko‘rinishda bo‘ladi?
A)uzoq muddatli bank kreditlari
B) aksiyalar
C) davlat subsidiyalari
D) kutilmagan foyda
80. Oddiy aksiyalarning egalari olish istagida bo‘lgan pul daromadi qanday nomlanadi?
A)o‘z kapitali qiymati
B) dividendlar
C) qarz kapitali qiymati
D) annuitet to‘lovlari
81. Dividendlarning prognoz qilinadigan o‘sishi modeli bo‘yicha o‘z kapitali qiymatini hisoblash
formulasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)S
g‘
q D
1
/r+d
B) dq S
ye
– R/D
1
C) S
ye
q R/D
1
+ d
D) S
ye
q
2
+D
1
/r
82. Barqaror bozor iqtisodiyoti sharoitida, korxona faoliyati daromadliligini xarakterlovchi ko‘p
sonli malumotlar mavjud bo‘lganda o‘z kapitali qiymatini hisoblashning qaysi modelini qo‘llash
maqsadga muvofiq bo‘ladi?
A)kapital aktivlarning narx modeli
B) dividendlarning prognoz qilinadigan o‘sishi modeli
C) aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromad modeli
D) tavakkalchilik uchun mukofot modeli
83. Aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromad modeli bo‘yicha o‘z kapitali qiymatini baholash nimaga
asoslanadi?
A)aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromadga
B) dividendlarning aksiya narxiga nisbatiga
C) dividendlar kattaligiga
D) barcha javoblar to‘g‘ri
84. O‘z kapitali qiymatini hisoblash modellarining qaysi biri shartnomaviy xarakterga ega?
A)tavakkalchilik uchun mukofot modeli
B) kapital aktivlarning narx modeli
C) aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromad modeli
D) dividendlarning prognoz qilinadigan o‘sishi modeli
Dostları ilə paylaş: |