297
Qishloq xo‘jaligida jami sarflangan ish kuni 2008 yilda 2970 kunni, jami sarflangan ish soati
20790 soatni, 2009 yilda esa jami sarflangan ish kuni 6750 kunni, jami sarflangan ish soati 20790
soatni tashkil etgan.
Fermer xo‘jaligida 2008 yilda mehnat unumdorligi 1 kishiga yetishtirilgan mahsulot qiymati 1
yilda 5991545 so‘mdan, 1 kunda 22191 so‘mdan, bir soatda 3170 so‘mdan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2009
yilda bu ko‘rsatkich 1 yilda 2979400 so‘mni, 1 kunda 11035 so‘mni, 1 soatda 1576 so‘mni tashkil
etgan.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bu foydadan olingan sof tushum bilan sotilgan
mahsulotni ishlab chiqarish o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT (1)
bunda, YaF- yalpi foyda;
SST-sotishdan olingan sof tushum;
IT-sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi.
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda bumahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr
xarajatlari o‘rtasidagi tafovut asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar qo‘shilgan yoki boshqa
zararlar olinishi natijasida aniqlanadi:
AFF=YaF-DX+BD-BZ (2)
bunda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davr xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki (zara), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi,
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va ko‘rilgan zaralar o‘rtasidagi tafovut sifatida hisoblab
chiqiladi:
UF=AFF+MD-MZ (3)
bunda, UF- umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD-moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MZ-moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar.
- soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga qo‘shilib
favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zararlar summasi chegirishi natijasida aniqlanadi:
STF=UF+FF-FZ (4)
bunda, STF-soliq to‘langungacha olingan foyda;
FF-favkulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ-favkulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar.
- sub'ektning sof foydasi, soliqda tortiladigan daromad (foyda) summasidan daromad (foyda) va
qonunda ko‘rstailgan soliqlar va to‘lovlar summalarining chegirilishi natijasida qolgan summaga teng:
SF=STF-(DS+BST) (5)
bunda, SF-sof foyda;
DS-daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BST-boshqa soliqlar va to‘lovlar.
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish xarajatlari tahlili 5-
jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: