loyiha turlari; - loyihalarni tuzish tartibi - investitsiyalarni jalb etish shartlari; - marketing rejani tuzishni; - ishlab chiqarish rejasini tuzishni; - moliyaviy rejani tuzishni. Mazkur keys real xayotimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi ma'lumotlari asosida ishlab
chiqilgan.
Keysda ishlatilgan ma'lumotlar manbai: Toshkent viloyati Parkent tumani “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi 2008-2009 yillardagi
moliyaviy xisobotlari, biznes reja hamda moliyaviy ko‘rsatkichlari asos qilib olingan.
Keysni tipologik xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomasi:
mazkur keys ilmiy-uslubiy tadqiqotlari sirasiga kirib, unda qo‘yilayotgan savol va topshiriqlar syujetli tarzda tuzilgan. Keysning ob'ekti sifatida yuqorida qayd etganimizdek, Parkent tumanidagi “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi olingan. Ma'lumotlar aniqligi va ishonchliligiga to‘liq kafolat beriladi. Keys tuzilishi jixatidan o‘rta xajmdagi keys-texnologiya hisoblanadi. Didaktik maqsadlarga ko‘ra
trening keys hisoblanadi, shuningdek bu keys talabalar bilimini mustaqil ta'limda tekshirish uchun belgilangan. Masalaning qo‘yilishi izchillik asosida ketma-ket tarzda tahliliy jarayonlar asosida ishlab
chiqilgan. Muammoli vaziyatlarga javob izlash va yechish maqsadida nazariy bilimlar turli xildagi
ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar, eslatmalar tarzida berilgan Mustaqil ta'limni keys-texnologiyasi asosida
tashkil etilganda talabalarning xar bir hatti-harakati, ularning qo‘yilgan muammoga bo‘lgan qarashlari,
sababiy bog‘liqlikdagi tahlillari hamda xulosalar yasashlarini kuzatish va baholash oson kechadi.
Ushbu keys bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun “Loyiha tahlili”, “Horijiy investitsiyalar”
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanlarida foydalanish mumkin.
I.
Keys
“Fermer xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish maqsadida loyihalar tuzish va maqbul bo‘lganini
tanlash masalasi”