Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

 
KIRISh 
Chet el investitsiyasi va qabul qiluvchi mamlakatning manfaatlari o‘zaro mos kelgan 
taqdirdagina to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlantirishning muhim rag‘batlantiruvchi omili bo‘lishi mumkin. Investitsiyalar bu ikki tomonlama 
o‘zaro xarakat jarayonining ya'ni tadbirkor va investorning maqsad sari harakati natijasidir. 
Bizga ma'lumki, har kanday investitsion loyiha maqsadga yo‘naltiriladi va asosiy maqsadi foyda 
olish hisoblandi. Lekin loyihani makbulini tanlash uni tahlil etish va baholash asosida aniqlash 
mumkin. Tanlangan loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy, institutsional, tijorat, ekologik, 


294 
ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy tahlilni amalga oshirib loyiha bo‘yicha umumiy natija kilish mumkin. 
Loyiha bo‘yicha sarflangan xarajatlar daromadlar olib keladimi yo‘kmi degan savolga javob berishi 
lozim. Tuzilgan loyihani fermer xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyatga ega. 
Keys yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: 
Keysda Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligini faoliyati 
bo‘yicha ma'lumotlar va tuzilgan bilamchi loyiha keltirilmoqda. 
Topshirik: 
1.
Fermer xo‘jaligi ma'lumotlari bo‘yicha qanday turdagi mahsulotlarni qayta ishlab chiqish 
lozimligini aniqlang; 
2.
Fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishib chiqing; 
3.
tuzilgan birlamchi loyihani o‘rgangan holda qayta ishlashga belgilangan mahsulot turi 
bo‘yicha loyiha tuzing; 
4.
Loyihani samaradorligini asoslab bering; 
5.
Texnik-iqtisodiy asosnoma bilan biznes reja farqini izohlab bering?
1. “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi to‘g‘risida ma'lumot 
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi Toshkent viloyati Parkent tumani Changi qishloq fuqarolar 
yig‘ini Olmazor mahallasida joylashgan. 
Fermer xo‘jaligi Parkent tumani hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006 yil 11 yanvaridagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish 
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 255-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2006 yil 13 
yanvardagi 6-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, tumanda yangi tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari 
hamda Parkent tumani Changi shirkat xo‘jaligini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha qayta 
tashkil etish komissiyasining 2006 yil 26 martdagi yig‘ilish bayoni asosida 2006 yil 13 apreldagi 
Parkent tumani hokimining 277-sonli qarori asosida tashkil etilgan. 
Fermer xo‘jaligi bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan. 
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi sharq tomondan “G‘anixo‘ja Turopxo‘jaev” fermer xo‘jaligi, 
“Abdurazzoqov Abduvahob” fermer xo‘jaligi, “Zarkent Qahramoni” agrofirmasi, janubdan “Changi 
Hamkorlik” agrofirmasi, g‘arbdan “Orzimatali Qanog‘ot” fermer xo‘jaligi, shimoldan Bo‘stonliq 
tumani bilan chegaradosh.
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi rahbari To‘laev Nishonboy. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin