3. Davlat investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi. Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag' berish bitimiga tegishli barcha
xujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, kabul qilingan me`yorlar
va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirish borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning
moliyaviy layoqatini baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g'risidagi hisobotini xamda
mijozning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarini taxlil qilish asosida amalga
oshiriladi.
Monitoringning yana bir muxim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai - uning
qaytarilishining ta`minotini tekshirish hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda xar yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga
oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag'lari, xalkaro kredit liniyalari mablag'lari hisobiga,
Biznes-fond va byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan
moliyalashtirilar ekan, albatta, bu mablag'larning kaytarilishi va ma`lum miqdorda ularning foyda
bilan ta`minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag'larning muayyan foydasi bilan kaytishligini aniqlash,
tekshirib borish va taxlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar,
xususan, lizing, sug'urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning
monitoringi olish boriladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida xam moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan
monitorin olish borishning umumiy tizimi joriy qilingan.
Xar bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat
turi va xususiyatlaridan kelib chikib, o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab
chiqadilar va bu asosda faoliyat yuritadilar.
Monitoringning mazmuni ''ko‘zgu'' degan ma`noni anglatadi.