Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH VA DAVLAT



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

13. INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH VA DAVLAT 
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH 
1.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va tartibga solishning usullari. 
2.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o‘rni. 
3.
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarning davlat tomonidan boshqarilishi. 
4.
Xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning jahon tajribasi. 
1. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va tartibga olishning usullari 
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy 
resurslarni jalb qilish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, 
qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish 
tufayli mamlakat miqyosidagi manbalarni tarkibida mablag‘larning kamayib borishi kuzatilmoqda. 
Aksincha turli mulk egalarining mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarning ulushi, chet el 
investitsiyalarining miqdori ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati 
hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining 
barqarorligi, milliy valyuta birligini konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, 
aholi ehtiyojining ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va boshqalar muhim rol o‘ynaydi. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya siyosatiga 
chambarchas bog‘liqdir. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda u yoki bu 
yo‘nalishda sarflash va jamg‘arish mamlakatda qabul qilingan va amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan 
taqsimot tizimiga bog‘liqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli qonunlar qabul qilinishi va ularni 
hayotga tatbiq etilishi bozor munosabatlarining rivojlantirishga, tadbirkorlik, ishbilarmonlikni keng 
ko‘lamda tarqalishiga qaratilsa investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag‘lari kamayishi hisobiga 
boshqa mulkdorlar mablag‘lari o‘sib boradi. Ishlab chiqarish munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va 
davlatning samarali moliya siyosatini yuritish alohida ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kelish 
darajasi ustun darajada mamlakatni olib borayotgan moliya siyosatiga bog‘liqdir. 
O‘tish iqtisodiyotida investitsiya manbalarining mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
- investorlarni o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari, 
fuqarolar, huquqiy shaxslarning jamg‘armalari va boshqa manbalar); 
8
Ўзбекистон Республикаси "Хорижий инвестициялар ва хорижий инвесторлар фаолиятлари кафолатлари" 
тўғрисидаги Қонуннинг 13-моддаси. 5 май 1994 йил. 


84 
-
investorlarni qarzga olgan moliyaviy mablag‘lari (zayom obligatsiyalari, bank kreditlari va 
byudjet ajratmalari); 
-
investorlarni jalb qilgan moliyaviy mablag‘lari (aksiyalar va boshqa qimmat baho qog‘ozlarni 
sotishdan tushgan mablag‘lar, fuqaro va huquqiy shaxslarning paylari va turli xil badallar hamda turli 
xil maqsaddagi nodavlat fondlar, mablag‘lari); 
-
davlat byudjetining investitsiya ajratmalari. 
Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari 
tarkibini 3-chizmada ko‘rish mumkin. 
3-chizma 
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibi 
Davlat 
Kreditga 
Qarzga 
Qimmatbaho 
Investorni 
byudjetidan 
olgan 
olingan 
kog‘ozlar va 
o‘z 
ajratmalar 
mablag‘lar 
mablag‘lar 
zayomlar 
mablag‘lari 
chiqarish 
hisobidan 
hisobiga 
Xalq xo‘jaligini uzoq yillar mobaynida ekstensiv usulda rivojlanishi davlat tomonidan 
muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan investitsiya xarajatlariga olib keldi. Natijada, haddan tashqari ko‘p 
asosiy ishlab chiqarish fondlari barpo etildi. Asosan ular harbiy sanoat majmuida va tugallanmagan 
qurilishda o‘lchamsiz moliyaviy resurslarni qaytarilishiga - (mablag‘ ajratilishini to‘xtatilishiga) va 
tugallanmagan qurilishlarni to‘xtatilishiga olib keldi. Bunday ahvolning asosiy sabablari sobiq ittifoq 
hududida uzoq yillar davomida markazlashgan rejalashtirishni mavjud bo‘lganligi hamda uning 
oqibatida ijtimoiy va sanoat mahsulotlarining tarkibida ishlab chiqarish qurollarining haddan tashqari 
o‘sishidir. 
Markazlashgan rejalashtirishning rivojlanishni asosiy usul qilib olinishi, ashyolar va pul oqimlari 
orasidagi mutanosiblikni buzilishiga olib keldi. Oxirgi yillarda esa mollar bilan pul o‘rtasidagi 
nisbatning buzilishi, byudjet qoplamalarining o‘sib borishi hisobiga bo‘ldi. Baho siyosatini o‘z vaqtida 
tartibga solinmaganligi byudjet qoplamalarini talab etilishiga va uning hisobiga korxonalar hamda 
aholi daromadlarini tez o‘sishiga olib keldi. Ma'muriy rejalashtirish doirasida bu daromadlarga 
nisbatan moddiy boyliklar yetarli bo‘lmay qoldi. Umumlashtirib aytganda, xalq xo‘jaligining 
nomutanosibligini uchta ko‘rsatkich bilan ifodalash mumkin; davlat byudjetining kamomadligi, 
xo‘jalik tashkilotlarini banklar oldida istiqbolsiz qarzlarining paydo bo‘lishi hamda aholi 
daromadlarining xarajatlarga nisbatan ko‘payib borishi. 
Aholi daromadlarining o‘sib borish davri ishlab chiqarishni pasayib borishi bilan to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilib, xalq xo‘jaligida ishlab chiqarish bilan bog‘lanmagan holda turli xil pul daromadlarining 
o‘sib borishi jarayoni yuzaga keldi. Birjalar, auksionlar, qimmatbaho qog‘ozlar bozorining barpo 
etilishi bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Davlat tomonidan olib borilayotgan aholini iqtisodiy 
muhofaza qilish siyosati esa ushbu jarayonga qo‘shimcha bo‘ldi. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yilishida 
esa raqobat muhiti tashkil etilmadi, bu esa asosan tadbirkorlar tomonidan mlrd. so‘mlab moliyaviy 
kapitalni hamda noishlab chiqarish mulkini jamg‘arishga olib keldi. Inflyasiya asosida jamg‘arilgan 
tijorat kapitali ishlab chiqarishga kiritilmadi, bu esa o‘z navbatida giperinflyasiya rivojlanishiga hamda 
mutlaq mol kamomadligiga olib keldi. 
Shuning uchun ham bugungi kunning asosiy vazifasi tadbirkorlarning tijorat kapitalini ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yishga, ya'ni ishlab chiqarish investitsiyalariga aylantirishga da'vat etadi. 
Markazlashgan ittifoq boshqaruv tizimi barbod bo‘lgan va yangi muvofiqlashtirish tizimlari 
mustaqil respublikalarda vujudga kelmagan bir davrda investitsiya faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. 1990-1992 yillar bir tomondan davlat investitsiyalarining keskin qisqarishi bilan ikkinchi 
tomondan esa tijorat tizimlari kapitallarini noishlab chiqarish sohasida jalb qilinishi bilan tavsiflanadi. 


85 
Oqibatda chuqurlashib borayotgan investitsiya inqirozini bartaraf etish, davlat tomonidan investitsiya 
faoliyatini muvofiqlashtirishni talab etadi. 
O‘zbekistonda investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar 1991 yilning yanvaridan 
kuchga kirgan "Investitsiya faoliyatini qonuniy asoslari" hujjatlari bilan muvofiqlashtirib borildi. 
Qabul qilingan va 1991 yildan boshlab kuchga kirgan bu hujjatda investitsiya faoliyatini davlat 
tomonidan muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel "Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va 
ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy 
investitsiyali korxonalarni tashkil etish va faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida"gi 31.05.96 y. UP-1467 sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
"Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida"gi 19.01.98 y. Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida" 
09.02.98 y. Farmoni.
1
Unda muvofiqlashtirishni maqsadlari va shakllari tasdiqlangan. Ushbu 
hujjatlarga ko‘ra, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirish qo‘yidagi maqsadlarda 
olib boriladi: 
-bozor iqtisodiyotiga kirib borish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish; 
-davlat fan-texnika siyosatini o‘tkazish va uning asosida dunyo xo‘jalik aloqalarini 
mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish. 
Byudjetdan tashqari investitsiya fondlarini tashkil etish va undan foydalanish ham davlat 
tomonidan investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda iqtisodiy usullardan biri hisoblanadi. 
Mulkchilikning shakllanishi va uning turli xil shakllari vujudga kelishi munosabati bilan bu borada 
ham davlat oldida, yangidan tashkil topayotgan tijorat tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha 
amaliyotda birinchi marotaba hal qilinadigan muammolarning kelib chiqishi ma'lum. 
Davlat investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan 
muvofiqlashtirishni yana bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bunda, boshqarish byudjet mablag‘lari, 
byudjetdan tashqari fondlar, boshqa jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga investitsiyalarni 
basharotlashtirishni, investitsiyalashni shart-sharoitlarini aniqlashni va aniq faoliyatlarni amalga 
oshirishni o‘z ichiga qamrab oladi. 
O‘zbekistonni mustaqillikka erishishi munosabati bilan respublikamizda investitsiya faoliyatini 
muvofiqlashtirish endilikda mustaqil ravishda olib boryapmiz. Bu borada ham ayniqsa bozor 
munosabatlarini yo‘lga qo‘yilishini hisobga oladigan bo‘lsak, tajribamiz yetarli emas. Shuning uchun 
bugungi kunda bu faoliyatda tajriba orttirish, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan 
muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish iqtisodiyotimizni barqarorlashtirishda alohida ahamiyatga egadir. 
Investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar huquqlarining doimiyligi davlat tomonidan kafolatlanishi 
zarurdir. Davlat idoralari va undagi xodimlar investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar faoliyatiga aralashish 
huquqiga ega emaslar. Agar investitsiya faoliyatiga sub'ektlar shartnomalardagi majburiyatlarini 
bajarmasalar qonunchilik hamda bitilgan shartnomalarga binoan mulkiy va boshqa javobgarliklarga 
tortiladilar. 
Barcha investorlarning investitsiyalari muhofazasi, mulk shakllaridan qat'iy nazar davlat 
tomonidan ta'minlanadi. 
Investitsiyalar to‘lovsiz milliylashtirilmaydi, rekvizitsiya etilmaydi. Agar qabul qilingan 
qonunchilik aktlariga asosan investorlarning banklarga qo‘yilgan maqsadli bank jamg‘armalari, 
aksiyalar va boshqa turli xildagi qimmatbaho qog‘ozlari davlat tomonidan olinsa, u holda 
investorlarning to‘lovlari yoki bo‘lmasa ijara huquqlari ta'minlanadi. Faqatgina investorlarning 
o‘zlarining xatti-harakatlari oqibatida yoki ularning ishtiroklari bilan yo‘qotilgan qiymatlar davlat 
tomonidan qaytarilishi ta'minlanmaydi. 
Ma'lumki, bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moliya bozori ham asta-sekinlik bilan 
rivojlanib va takomillashib boradi. Ma'lumki, har bir mamlakatda qonunchilikning rivojlanishi uning 
tizimiga, tanlangan yo‘liga, bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi va boshqa omillarga 
bog‘liqdir. Bu sohada chet elga chiqish, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, ularning 


86 
qonunlarini o‘rganib chiqib, respublika xususiyatlari, an'analarini hisobga olgan holda, tez, qisqa vaqt 
ichida ishga solish alohida ahamiyatga egadir. Ma'lumki ish yuritishning aniq shakl va murvatlari har 
bir sohada qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topadi. 
Qo‘shma korxonalarni faoliyatida dividendlarni o‘tkazish chet el personaliga ish haqi to‘lash va 
boshqa to‘lovlarni yuritish doimiy xususiyatga egadir. 
Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ri yo‘nalishlarda kirib kelishida "loyiha moliyalashtirishni" 
yo‘lga qo‘yishda, loyihalarni tahlil qilishda, umumiqtisodiy izlanishlarni olib borish, tavakkalchilikni 
baholash, ijobiy hal qilish va o‘lchash hamda moliyaviy hisob-kitoblarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda 
katta ahamiyatga egadir. 
Loyihalarni moliyaviy jihatdan tahlil qilishda, xalqaro amaliyotda qabul qilingan ko‘rsatkichlar 
asosida, hisob-kitoblarni olib borish, loyihalarni hayotiy qobiliyatlarini aniqlash imkoniyatlarini 
yaratadi. Moliyaviy tahlilning maqsadi loyiha sikli davomida investitsiyalardan keladigan foydaga 
baho berishdan iboratdir. Agar olinadigan daromad loyiha qiymatidan yuqori bo‘lsa unda loyiha 
maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 
Investitsiyalarni jalb qilish muruvatlari ancha murakkab hisoblanadi: xalqaro va milliy iqtisod 
darajasida investitsiyalarni jalb qilishda yetarli tajribalar mavjud. Bu masalada boy tajribaga ega 
bo‘lgan Jahon banki investitsion faoliyat olib borishda sezilarli natijalarga erishgan: Jahon banki bir 
dollar investitsiyaga, chetdan qo‘shimcha ravishda 7-8 dollarni jalb qilish imkoniyatiga ega. 
Jahon banki moliya bilan ta'min etuvchi loyihalar ustida ishlovchi tashkilot va shaxslarning 
nazoratiga asoslangan va bank tomonidan "loyiha sikli" deb nomlangan loyihalarni tayyorlash va 
ularni amalga oshirishni cheklangan jarayonga majburiy kiritilgan deb hisoblanadilar. Ushbu 
tushunchaga binoan sikl tajribaga bir-biridan farq qiluvchi loyihani tayyorlovchi, ishlab chiqish, 
ekspertiza qiluvchi va baholovchi bosqichlar hamda turli nuqtai-nazarlar va o‘lchamlar to‘plami kiradi. 
Ular asosida loyihani amalga oshirish xulosalarini baholash mumkin bo‘ladi. 
Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan usullar nimani, qanday qilishni, investitsiyalarni qaerdan 
kelishini, loyiha bo‘yicha yaratiladigan mahsulotni sotish va yetkazib berish, yangi kelajak loyihalarni 
amalga oshirishda qo‘lga kiritilgan tajribalarni qanday hisobga olish masalasini yechishda 
ishlatiladigan yagona yondashuvdan foydalanish imkonini beradi. Baho usuli loyihalarni amalga 
oshirish xarajatlarini va turli holatlardan olingan natijalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan: ya'ni mehnat 
jamoasi tomonidan yoki aksioner tomonidan; loyihani amalga oshiruvchi tashkilot tomonidan; loyihani 
amalga oshirish tabiati yoki ijtimoiy mehnat. Jahon banki tomonidan taklif qilingan usullar, ishlab 
chiqilgan loyihani iqtisodiy va texnik nuqtai- nazaridan foydali bo‘lishi uchun va bunda faqat loyihani 
texnologik va jiddiy texnik tomonlarini hisobga olib qolmasdan, balki investitsiyalash, boshqaruv va 
moliya ta'minot tizimini, shuningdek loyihani yashay olish qobiliyatini va uzoq xizmat qilishi 
natijalarini ham hisobga olish zarur. 
Milliy mulkka xorijiyliklar egalik qilishiga hamma vaqt va hamma joyda xavotirlik bilan 
qaralgan va ziyraklik talab qilingan. Har qanday ko‘chmas mulkni xorijiy shaxs tomonidan sotib 
olinishi an'anaviy gumonsirash va xavf bilan qabul qilinadi. Erkin kapital, yangi texnika va 
dastgohlarni olib kelishga qo‘shimcha ish joylarni yaratishga qaramasdan xorijiy investorlarga 
nisbatan hushyor bo‘lish davlatning investitsiya siyosati va investitsiya muhiti shakllanishiga haqiqiy 
omil bo‘lib hisoblanadi.

Jahon tajribasidan ma'lumki, asosan eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni hamkorlik 
asosida eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muvaffaqiyat qozonishga olib keladi 
va korxonalarni valyuta jihatdan o‘z-o‘zini qoplashni ta'minlaydi. 
Yuqorida qayd etilgan masalalarni va muammolarni yechishda davlat tizimlari tomonidan 
investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘lini to‘g‘ri aniqlash ayniqsa iqtisodiyotni inqirozdan olib 
chiqish davrida muhim masaladir. 
Bozor munosabatlarini yo‘lga qo‘yish tugatilmagan qurilishlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini 
taqozo etadi. Buning asosida esa qurilish muddatlari tugab ketgan, me'yor muddatlariga nisbatan 
cho‘zilib ketgan ishlab chiqarish qurilishlari to‘xtatilishini, keraksizlarini, bozor munosabatlariga 
o‘tish munosabati bilan voz kechish masalasini ham ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Tugatilmagan qurilish 


87 
ob'ektlarini ularni boshqa mulk egalariga sotish, ijaraga berish imkoniyatlari aniqlanadi. Ijaraga 
topshirish bu qurilish ob'ektlarini qisqa davr ichida tugatilishini, ishga tushirilishini ta'minlaydi va 
qurilish cho‘zilishini oldini oladi. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida kichik va o‘rta qurilish 
ob'ektlarini ham ta'minlash zarurdir. Investitsiya bozorini barpo etish tugatilmagan qurlishlarning 
tahlili natijalari bo‘yicha, jami kerak bo‘lmagan zahiradagi va ortiqcha vositalarni ulgurji savdosini 
tashkil etish lozim bo‘ladi. 
Investitsiyalar bozorining barpo etilishi turli kichik, o‘rta va yirik quruvchi pudrat tashkilotlarini 
vujudga kelishini ta'minlaydi. Ular turli xildagi mulkchilik egalari tomonidan tashkil etiladi va raqobat 
rivojlanishiga olib keladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mavjud bo‘lgan 
ko‘pgina zararli, past rentabelli korxonalarni tugatilishini talab qiladi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida investitsiya faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtirish 
maqsadida davlat moliya va kredit murvatlari keng ravishda foydalanishi lozim. Moliya va kredit 
murvatlari turli xil tarmoqlardagi turli xil yakka hokimlikning tugatilishiga qaratilmog‘i kerak. 
Tarkibiy siyosat-o‘tish davrida davlat iqtisodiy siyosatini muhim maqsadlaridan biridir. Xo‘jalik 
tizimining bir shakldan boshqa shaklga o‘tishi jarayonida tarkibiy o‘zgarishlarning zarurati dastavval 
rejali iqtisodiyotdan qolgan texnik qoloqlik va nisbatlarini aks ettirmaydigan buzilgan narxlar, doimiy 
taqchillik va resurslardan foydalanishning xarajat murvatlari hukmronligi sharoitida muayyan siyosiy 
vaziyatga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish eksportni kengaytirish va importni almashtirishga qaratilgan 
dastur hamda loyihalar davlat tamonidan qo‘llab-quvvatlash hisobiga amalga oshadi. Hamma 
investitsiyalarning 60% ga yaqini ustuvor tarmoqlarni rivojlanti-rishga yo‘naltirilmoqda, ilg‘or 
texnologiya va uskunalarni keltiruvchi to‘g‘ri investitsiyalar mamlakat uchun o‘ta muhim bo‘lgan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qo‘shma korxonalar barpo qilish o‘smoqda. 
O‘zbekiston sanoatining muhim xususiyatlaridan biri uning qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas 
aloqasidir, chunki mashinasozlik (kimyo va neft kimyo hamda qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta 
ishlash) bilan hamda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash (yengil, qayta ishlash va boshqa.) 
sanoatini resurslar bilan ta'minlaydi. Respublika sanoat mahsulotining 2/3 miqdorga yaqini qishloq 
xo‘jaligi bilan o‘zaro harakat qiluvchi tarmoqlarga to‘g‘ri keladi. 
Shu bilan birgalikda O‘zbekistonda boy ma'dan konlariga asoslangan rangli va qora 
metallurgiya, yoqilg‘i-quvvat, qurilish ashyolari kabi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Yirik neft va gaz 
konlari negizida yoqilg‘i sanoatini rivojlantirish, yirik issiqlik elektrostansiyalarini, kimyo va neft-
kimyo sanoati korxonalarini qurish imkoniyatini berdi. Investitsiya faoliyatini boshqarishda albatta 
boshqarish maqsadini, mazmunini ham to‘g‘ri anglash lozim bo‘ladi. Investor faoliyatini asosiy 
mazmunini investitsion jarayon tushunchasi bilan ta'riflash mumkin. Uning tarkibiga quyidagilar 
kiradi: tashkilot faoliyatining maqsadi va cheklovlar asosida investitsiya strategiyasini hamda bozor 
beradigan imkoniyatlarni shakllantirish; umuman bozorni tahlil qilishni, uni segmentlarini, alohida 
qimmatli qog‘ozlarni nazarda tutuvchi investitsiyalarni tahlil qilish; investitsiya qarorlarini 
shakllantirish; portfelni boshqarish; investitsiya faoliyati samaradorligini baholash; 
Albatta yuqorida keltirilgan vazifalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ularni ajratib bo‘lmaydi. 
2. Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o‘rni 
Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatining maqsadi va cheklovlari 
hisoblanadi. Samarali investitsiyalarni tanlash maqsadini oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib 
bo‘lmaydi. Ushbu holatni har qanday investitsiya boshqaruvchisi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. 
"Qaysi qimmatli qog‘oz eng foydali?" yoki "Qanday portfel eng samarali?" -degan savollarga javob 
yo‘q. 
Vazifani to‘g‘ri qo‘yishni quyidagicha shakllantirish mumkin: maqsadlardan kelib chiqqan 
holda, rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va 
boshqa cheklovlarga qarab investitsiya qarori yaxshi bo‘ladi. Investitsiya institutlarining (investitsiya 
fondi, investitsiya kompaniyalari) strategiyasi odatda investitsiya deklaratsiyasi deb nomlanadigan 
maxsus hujjat bilan shakllantiriladi. 


88 
Aslida investitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom 
fondining bir qismi hisoblanib matbuotda e'lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi 
lozim. Ammo investorlar mablag‘lariga raqobat uchun ob'ektiv sharoit yo‘qligi ko‘pchilik investitsiya 
fondlari va kompaniyalari deklaratsiyalari ularni nomigagina ishlashiga sababchi bo‘ladi va faqatgina 
me'yoriy talablarni qondirish maqsadida tuziladi. 
1.
Tashkilot 
maqsadi. Strategik maqsadlar inflyasiyadan ma'lum foiz ortiq bo‘ladigan 
kafolatlangan eng kam daromadni ta'minlashdan iborat bo‘lishi kerak. Deklaratsiya ba'zi andoza 
portfelining (ma'lum fond indekslari asosida shakllantirish) daromadliligidan ortadigan majburiyatlarni 
aks ettirishi mumkin. 
2.
Rejali 
istiqbol. Deklaratsiya qilinadigan rejali istiqbol bu joriy investitsiya strategiyasi 
mo‘ljallangan vaqt oralig‘idir. Rejali istiqbol investitsiya qarorlarini maqbullashtirish uchun asos 
bo‘lib hisoblanadi. 
3.
Portfel tarkibi va investitsiya faoliyatini cheklash. Investitsiya deklaratsiyasi ko‘pincha portfel 
tarkibiga umumiy cheklovlarni aks ettiradi: masalan, investitsiyalash majburiyati yuqori sifatli 
daromadli majburiyatlarga eng kam foizini belgilaydi (eng yuqori reytinga ega bo‘lgan davlat 
qog‘ozlari yoki korporatsiya obligatsiyalari). Shu bilan bir vaqtda bozorning boshqa segmentlarida 
investitsiyalar bo‘yicha cheklovlar belgilanadi hamda bir emmitentning qimmatli qog‘ozlariga 
investitsiyalar bo‘yicha cheklovlar qo‘yiladi. 
4.
Bozorni 
asosiy segmentlarini daromadliligi haqida taxminlar. Bozorni asosiy segmentlarini 
tavakkalligi va daromadligi haqida tashkilot taxminlarini deklaratsiya qilish hamda investitsiyalar 
samaradorligini baholash va qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan inflyasiyani 
bo‘lajak darajasi keng tarqalgan hisoblanadi. 
5.
Hisobot, 
samaradorligini baholash, daromadlar to‘lash muddatlari va tarkibi. Investitsiya 
deklaratsiyasida investitsiya faoliyatini samaradorligini baholash birinchi navbatda, qo‘yilgan 
maqsadlarga erishishga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday holat haqida ildam axborot 
to‘g‘risidagi majburiyatlar bo‘lishi mumkin. Investitsiya institutlari uchun mustaqil tashkilot 
tomonidan o‘tkaziladigan davriy audit majburiydir. 
Investorlar tomonidan bo‘ladigan ishonch omiliga investitsiya vositachiligi muhiti juda ham 
sezgir, shuning uchun deklaratsiyalangan faoliyatni haqiqiy natijasiga muvofiq nazorat imkoniyatlarini 
mavjudligi - raqobat doirasida bo‘lgan va bozor uchun ham har qanday moliyaviy institut uchun 
muhim hisoblanadi. 
Samoya qarorlarini qabul qilish tamoyillarini ta'kidlab o‘tilganidek, ikki asosiy toifaga bo‘lish 
mumkin, ular aktiv va passiv. Passiv yondashuv moliya bozorini samaradorligini o‘rtacha bozor 
darajasidan past bo‘lmagan darajasini ta'minlashi, shu bilan birga tavakkalchilikning turli-tuman 
omillaridan investitsiyalarni xavfsizlantirishdir. Passiv yondashuvning asosi - investitsiyalarni 
diversifikatsiyalashdir. 
Diversifikatsiyalash, yoki investitsiyalarning turlicha segmentlari, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
taqsimlash har bir muayyan turi bilan bog‘liq, yakka xavfdan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. Bir 
yo‘la diversifikatsiya bozor yoki tizimli tavakkalchilikni o‘rtachalashtiradi. Passiv yondashuvga 
ergashadigan investor, ma'lum ma'noda bozorga ergashadi. 
Har qanday moliyaviy institut uchun tavakkalchilikning bosh manbai foiz tavakkali hisoblanadi. 
Tashkilotlar investorlari muvozanatini tashkil qiluvchi moliyaviy aktivlar va majburiyatlar qiymati, 
bevosita bozor stavkalari ta'siri ostida bo‘ladi. Ideal holatda, tashkilotning barcha aktivlari muddatlari 
bo‘yicha moliyalashtirilgan majburiyatlari mos kelsa, foiz stavkalarining ta'siri muammolari 
bo‘lmaydi. Aktivlarni vaqtincha tarkibi va majburiyatlarining muvofiq kelish muammosi hal 
qilishining samarali usuli muddatli tahlil qilishdir. Muddatlilik ko‘rsatkichi faqatgina obligatsiyalarga 
emas, balki har qanday vaqtda joylashgan pul oqimlari tarkibiga ham qo‘llanishi mumkin. 
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazardan, turli miqdorlar o‘rtasida moddiy 
va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, zarur ijtimoiy-
iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya 


89 
jarayonining barcha sub'ektlari - chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu 
jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga 
aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik 
qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning 
hududiy, zamon va makondagi harakati shakllari foyda olish maqsadida ko‘pdan - ko‘p qo‘shimcha 
risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi. 
Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z 
ifodasini topadi. Investitsiya faoliyati rivojlanishining ob'ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida 
investitsiya munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo‘lishini taqozo 
qiladi. Huquq nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy 
huquqiy tartibga solish me'yorlarini qamrab oladi. Bu me'yorlarning birligi ijtmoiy va alohida 
investitsiya munosabatlarining xarakteri va mohiyatini ifoda etadi hamda ularni tartibga solish usuliga 
aylanadi. Tartibga solish usullari huquq me'yorlarining ham alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya 
munosabatlari xarakteriga o‘ziga xos tarzda ta'sir ko‘rsatish yo‘llaridan iborat. 
Investitsiya faoliyati predmetining ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish davridagi ahamiyati bu 
faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinishini talab etadi. 
O‘zbekiston investitsiya faoliyatini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining "Chet el 
investitsiyalari to‘g‘risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari", "investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos 
bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda 
davlatning iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
10 
Kapitalning mamlakatlararo ko‘chib yurishi kengaygan sharoitlarda investitsiya faoliyati, bir 
tomondan, milliy, ikkinchi tomondan, xalqaro investitsiya munosabatlarini milliy va xalqaro huquq 
tizimi asosida tartibga solish yo‘li bilan amalga oshirilishini talab etadi. Investitsiya faoliyatini tartibga 
solishdagi xalqaro tajribalarni hisobga olish, chet el investorlariga investitsiyalashning barcha turlari 
va shakllarida milliy tartibotni berish yanada qulay investitsiya muhitini yaratadi va chet el 
investitsiyalarining kirib kelishini tezlashtiradi. 
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, 
ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub'ektlarini sug‘urtalash va boshqa 
vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Hozirgi 
davrda investitsiya munosabatlari kapitallarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish 
borasidagi munosabatlarni qamrab oladi va nafaqat milliy iqtisodiyot doirasida, balki xalqaro 
iqtisodiyot darajasida resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi. 
Bozorga o‘tish sharoitlarida investitsiya munosabatlarida ham davlatning, ham o‘z manfaatlarini 
amalga oshiradigan sub'ektlar ishtirok etishi sabali ular mulkchilik xususidagi munosabatlar 
majmuidan iborat bo‘ladi. Xalqaro investitsiya munosabatlari ayrim mamlakatlar, korparatsiyalar , 
kompaniyalar, xalqaro moliya va kredit muassasalari, yakka investorlar hamda shu kabilar 
manfaatlarining ro‘yobga chiqishini ifoda etadi. 
Respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida investitsiya faoliyatini davlat 
tomonidan taritbga solishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va xususiy manfaatlarni; 
ayrim mamlakatlar, korparatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar manfaatlarini to‘g‘ri 
aniqlash; ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda ro‘yobga chiqarishning 
teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilash. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib borishi 
darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bevosita chet el 
investitsiyalarini yangi loyihalarga hamda qo‘shma korxonalarga jalb etishga qaratilishi lozim. 
9
«Инвестиция фаолияти тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил 24 декабрдаги Қонуни. 
«Солиқлар ва божхона хабарлари» газетаси.-1999. 
10
Каримов И.А. "Эришилган ютуқларни мустаҳкамлаб, янги марралар сари изчил ҳаракат қилишимиз 
лозим" "Тошкент оқшоми", 2006 йил 13 февраль, 29 (10.586)-сон. 


90 
Shuningdek tartibga solish xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga 
jalb qilishni ham nazarga tutishi lozim. Bunda chet el investitsiyalarining oqib kirishini 
rag‘batlantirish, shuningdek milliy iqtisodiyot sub'ektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash 
muhim o‘rinda turadi. Shunday qilib tartibga solishning vazifasi bir tomondan, bevosita chet el 
investitsiyalari oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik 
sub'ektlarining qo‘yilmalarini kengaytirishdan iborat bo‘ladi. 
Ma'lumki investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste'mol va 
boshqa invesititsiyalarning hamma turlari bilan bog‘liq bo‘lib, odatda soliqlarning fiskal (xazinani 
to‘ldirish) va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu faoliyat, 
shuningdek, amortizatsiya siyosatini, dotatsiyalar, subsidiyalar tizimini, kredit, narx siyossatini, davlat 
kafolatlari tizimini, imtiyozlar yaratishni, chet el investorlarining huquqlarini himoya qilishni va 
boshqalarni ham qamrab oladi. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun turli darajadagi 
byudjetlarga zarur mablag‘lar tushumlarini ta'minlashga qaratilgan fiskal vazifaning bajarilishi, milliy 
iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Tartibga solish funksiyasining ishlatilishi davlatning 
takror ishlab chiqarish jarayonida ayrim tarmoqlarga investitsiyalar oqimlarini boshqarishi bilan 
amalga oshiriladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning turli sohalarida kapital jamg‘arilishi jarayonlarini 
kuchaytirish yoki susaytirish, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytirish yoki qisqartirish yo‘llari 
bilan tartibga solish funksiyasi bilan foydalaniladi. Soliqlarni tartibga solish makroiqtisodiy jarayon va 
proporsiyalarga ta'sir etishga qaratiladi. Soliqqa tortishda imtiyozlar asosan mikroiqtisodiyotga 
qaratilgan va iqtisodiy sub'ektlar manfaatlarini hisobga oladi. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan funksiyalar 
soliq stavkalari miqdorini o‘zgartirish, imtiyozlar va sanksiyalar (jazo choralari) qo‘llash, soliq 
kreditlari berish, to‘lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin