Investitsiyalarning ichki manbalari .
O’zbekistonda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish ichki manbalar va chet el kredit
liniyalarining resurslari hisobiga amalga oshirilgan.
Investitsiyalarning ichki manbalari 1.4.-rasmda ko’rsatilgan.
Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning ichki imkoniyatlari ahvoliga ta'sir etuvchi asosiy omil
bo’lib, moliyaviy-iqtisodiy barqarorsizlik hisoblanadi. Bunga qaramasdan, ichki investitsion salohiyat
yetishmasligini nisbiy deb qarash mumkin.
1.4.-Rasm. Investitsiyalarning ichki manbalari
. Investitsiyalarning tashqi manbalari. O’zbekistonda chet el investitsiyalari quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- chet el kapitalining ulushli ishtiroki bilan qo’shma korxonlar tuzish;
- to’liq chet el investorlariga tegishli korxonalar, ularning filiallari va vakolatxonalarini tuzish;
- chet el investori tomonidan korxonalar, bino, inshootlar, korxonalardagi ishtirok ulushlari,
aksiya va obligatsiyalarni sotib olish;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini va boshqa mulkchilik huquqlarini sotib
olish;
- zayom, kredit, mulk va mulkchilik huquqlarini taqdim etish.
Asosiy muammo chet el kapitalining samarali oqimini rag`batlantirishdan iborat. Ushbu
munosabat bilan quyidagi ikkita savolga aniq javob topish lozim: qaysi sohalarga chet el
investitsiyalari kirib kelishi chegaralanishi, qaysi sohalarga esa ularni birinchi navbatda jalb qilish
lozim?
Bevosita kirib kelgan chet el investitsiyalari, bu faqatgina iqtisodiyotga kiritilgan oddiy kapital
qo’yilma emas, balki o’zbek korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini va texnik darajasini
oshirishning birdan-bir yo’li hamdir. O’zbekiston o’z kapitalini joylashtirish orqali chet el
kompaniyasi yangi texnologiyalar, ish faoliyatini tashkil etishning yangi uslublari va jahon bozoriga
chiqish imkoniyatini ham olib keladi.