Ariza
Turli tashkilot va muassasalar tomonidan vakolatli
davlat organlariga shikoyat mazmunidagi arizalar bilan ham
murojaat qilish mumkin. Shunday holatlar bo‘ladiki, sud
chiqargan ajrim xulosalarini ijro etish ham bajarilmay qoladi.
Bunday vaziyatlarda da’vogar o ‘z
haq-huquqlarini tiklash
maqsadida vakolatli davlat organlariga shikoyat arizalarini
kiritadi. Quyida shunday arizaning umumiy shakliga namuna
keltirilgan.
51-ilova
2018-yil «_____» ____________
_________viloyati prokuraturasiga
Manzili:______________viloyati
_____________________shahri
_______________ko‘chasi, 41-uy
S H I K O Y A T A R I Z A S I
(davlat ijrochisining xatti-harakatlari
(harakatsizligi) ustidan)
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2017-yil
13-iyunda da’vogar «_____________ » MCHJning javobgar
«______________» XK hisobidan 24 668 500 so‘m
asosiy qarz,
5 000 000 so‘m penya, 370 027,50 so‘m davlat boji hamda 7 200
so‘m pochta xarajatlari undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qa
bul qilingan. Mazkur hal qiluv qaroriga asosan, 2017-yil 14-iyulda
1001-1000/100000-sonli ijro varaqasi berilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonimining 5-moddasiga ko‘ra,
xo‘jalik nizolari bo‘yicha sudlaming hal qiluv qarorlari, ajrimlari
va qarorlari ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu Qonunning 7-moddasiga binoan, sudlar o‘zlari
qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari ijro
hujjatlari hisoblanadi. Xususan, Qonunning 23-moddasiga ko‘ra,
davlat ijrochisi ijro hujjatini sud
yoki boshqa organdan yoxud
197
М а
'
lumot-axborot hujjatlari
undiruvchidan ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni
qo‘zg‘atishi shart.
Mazkur ijro varaqasi 2017-yil 15-avgustda 0 ‘zbekiston Res
publikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining
_______________ bo‘limiga pochta orqali yuborilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari
va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasiga
ko‘ra, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kun-
dan kechiktirmay ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror
chiqaradi. Shuningdek, ushbu Qonunning 30-moddasiga ko‘ra,
ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy
ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran
ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amal
ga oshirilishi va ijro etilishi kerak. Ammo 1001-1000/100000-son-
li ijro varaqasi bugungi kunga qadar ijro etilmasdan kelmoqda.
Yuqoridagilarga hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud huj
jatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qo
nunining tegishli moddalariga asosan:
1) 2017-yil 14-iyuldagi 1001-1000/100000-sonli ijro varaqasi-
ni ijro etishda amaliy yordam berishni;
2) Ushbu ijro ishi yuzasidan qabul
qilinadigan barcha huj-
jatlami Sirg‘ali tumani Yangi Sirg‘ali ko‘chasi, 33-uyga yubo-
rishni s o ‘ r a y m i z .
Ilova:
2017-yil
15-avgustda 0 ‘zbekiston
Respublika
si Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining
____________ bo‘limiga yuborilgan xat nusxasi.
«_______________ » MCHJ direktori
A. Aslanov
D a’vo arizalari fiiqarolar tomonidan ham yozilishini
yuqorida eslatib o ‘tdik. Bunday arizalar ko‘pincha MIB, sud
va prokuratura idoralariga yoziladi
va xizmat arizalaridan
faqat to‘rtburchak muhming bo‘lmasligi bilan farqlanadi.
Fuqarolaming da’vo arizalari aliment undirish, qo‘shimcha
ishlaganlik yoki majburan bekor qolganlik uchun haq undirish,
nikohni haqiqiy emas deb topish, nikohni bekor qilish, mol-
198
Ariza
mulkni bo‘lish, yuridik
holatlami aniqlashtirish, merosni
qabul qilish muddatini uzaytirish, mol-mulkni talab qilib
olish, turarjoydan ko‘chirib (chiqarib) yuborish va ko‘chirib
kirgizish, qarz shartnomasi bo‘yicha
qarz summasini undi-
rish, ishga qayta tiklash, turarjoy ijarasi bo‘yicha shartno
ma shartlarini o ‘zgartirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin.
Quyida ana shunday arizalarga bir necha namunalar keltiramiz
(bunday hujjatlaming yozilish sabablari va asoslari tegishli
qonunchilik hujjatlarida, xususan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik, Jinoiy-protsessual, Mehnat, Oila kodekslarida va
boshqa qonunlarda, qo‘llanmalarda batafsil ifoda etilgan).
Dostları ilə paylaş: