Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

S o ‘ r a y m i z :
1. Mazkur da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilish;
2. Taraflar o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasini muddatidan 
oldin bekor qilishni va lizing obyektini qaytarish;
3. Javobgar «_________________ » XK hisobidan da’vogar
«__________________» MCHJ foydasiga 21 400 000 so‘m aso­
siy qarz, 10 700 000 so‘m penya, jami 32 100 000 so‘m undirish.
4. Da’vogar foydasiga davlat boji va pochta xarajatlari javob- 
gardan undirish yuklatilsin.

Ilova:______varaqda.
1. Taraflar o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasi.
2. To‘lov jadvali.
3. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
4. Javobgarga yuborilgan talabnoma.
5. Davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
6. Pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
7. Javobgarga da’vo arizasi yuborilganligini tasdiqlovchi 
hujjat.
«_________________ » MCHJ direktori /__________ /
196


Ariza
Turli tashkilot va muassasalar tomonidan vakolatli 
davlat organlariga shikoyat mazmunidagi arizalar bilan ham 
murojaat qilish mumkin. Shunday holatlar bo‘ladiki, sud 
chiqargan ajrim xulosalarini ijro etish ham bajarilmay qoladi. 
Bunday vaziyatlarda da’vogar o ‘z haq-huquqlarini tiklash 
maqsadida vakolatli davlat organlariga shikoyat arizalarini 
kiritadi. Quyida shunday arizaning umumiy shakliga namuna 
keltirilgan.
51-ilova
2018-yil «_____» ____________
_________viloyati prokuraturasiga
Manzili:______________viloyati
_____________________shahri
_______________ko‘chasi, 41-uy
S H I K O Y A T A R I Z A S I
(davlat ijrochisining xatti-harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan)
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2017-yil
13-iyunda da’vogar «_____________ » MCHJning javobgar
«______________» XK hisobidan 24 668 500 so‘m asosiy qarz,
5 000 000 so‘m penya, 370 027,50 so‘m davlat boji hamda 7 200 
so‘m pochta xarajatlari undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qa­
bul qilingan. Mazkur hal qiluv qaroriga asosan, 2017-yil 14-iyulda 
1001-1000/100000-sonli ijro varaqasi berilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonimining 5-moddasiga ko‘ra, 
xo‘jalik nizolari bo‘yicha sudlaming hal qiluv qarorlari, ajrimlari 
va qarorlari ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari hisoblanadi. 
Shuningdek, ushbu Qonunning 7-moddasiga binoan, sudlar o‘zlari 
qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari ijro 
hujjatlari hisoblanadi. Xususan, Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, 
davlat ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud
197


М а
'
lumot-axborot hujjatlari
undiruvchidan ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni 
qo‘zg‘atishi shart.
Mazkur ijro varaqasi 2017-yil 15-avgustda 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining 
_______________ bo‘limiga pochta orqali yuborilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasiga 
ko‘ra, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kun- 
dan kechiktirmay ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror 
chiqaradi. Shuningdek, ushbu Qonunning 30-moddasiga ko‘ra, 
ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy 
ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran 
ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amal­
ga oshirilishi va ijro etilishi kerak. Ammo 1001-1000/100000-son- 
li ijro varaqasi bugungi kunga qadar ijro etilmasdan kelmoqda.
Yuqoridagilarga hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud huj­
jatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qo­
nunining tegishli moddalariga asosan:
1) 2017-yil 14-iyuldagi 1001-1000/100000-sonli ijro varaqasi- 
ni ijro etishda amaliy yordam berishni;
2) Ushbu ijro ishi yuzasidan qabul qilinadigan barcha huj- 
jatlami Sirg‘ali tumani Yangi Sirg‘ali ko‘chasi, 33-uyga yubo- 
rishni s o ‘ r a y m i z .
Ilova: 
2017-yil 
15-avgustda 0 ‘zbekiston 
Respublika­
si Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining 
____________ bo‘limiga yuborilgan xat nusxasi.
«_______________ » MCHJ direktori 
A. Aslanov
D a’vo arizalari fiiqarolar tomonidan ham yozilishini
yuqorida eslatib o ‘tdik. Bunday arizalar ko‘pincha MIB, sud
va prokuratura idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan
faqat to‘rtburchak muhming bo‘lmasligi bilan farqlanadi.
Fuqarolaming da’vo arizalari aliment undirish, qo‘shimcha
ishlaganlik yoki majburan bekor qolganlik uchun haq undirish,
nikohni haqiqiy emas deb topish, nikohni bekor qilish, mol-
198


Ariza
mulkni bo‘lish, yuridik holatlami aniqlashtirish, merosni 
qabul qilish muddatini uzaytirish, mol-mulkni talab qilib 
olish, turarjoydan ko‘chirib (chiqarib) yuborish va ko‘chirib 
kirgizish, qarz shartnomasi bo‘yicha qarz summasini undi- 
rish, ishga qayta tiklash, turarjoy ijarasi bo‘yicha shartno­
ma shartlarini o ‘zgartirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin. 
Quyida ana shunday arizalarga bir necha namunalar keltiramiz 
(bunday hujjatlaming yozilish sabablari va asoslari tegishli 
qonunchilik hujjatlarida, xususan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik, Jinoiy-protsessual, Mehnat, Oila kodekslarida va 
boshqa qonunlarda, qo‘llanmalarda batafsil ifoda etilgan).

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin