Ma ’lumot-axborot hujjatlari
ILOVALAR:
1) 2012-yil 12-martdagi shartnomaning ko4chirma nusxasi -
2 varaqda;
2) da’vo xatining ko‘chirma nusxasi - 2 varaqda;
3) javobgarga da’vo materiallari yuborilgani haqida aloqa
bo‘limining pattasi;
4) fermer xo‘jaligi komissiyasining 2012-yil 15-avgustdagi
dalolatnomasi - 2 varaqda;
5) fermer xo‘jaligi bo‘limining yetkazilgan zarar haqidagi
ma’lumotnomasi - 1 varaqda;
6) 35 tonna olmani qayta ishlovga topshirilgani haqidagi pat-
taning ko‘chirma nusxasi;
7) hisobchi A. Ma’murovning sudda da’vogar nomidan ish
olib borishiga huquq beruvchi ishonchnoma - 1 varaq;
8) javobgar uchun da’vo arizasidan ko‘chirma nusxa - 2 varaqda;
9) 3 mln. 610 ming so‘mlik davlat boji markalari.
Boshqaruv raisi
Imzo
A. Rahimov
50-ilova
DA’VO ARIZASI
(lizing shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, asosiy
qarz va unga hisoblangan penyani undirish hamda lizing obyektini
qaytarish to‘g‘risida)
«_______________ » MCHJ va «_________________» XK
o‘rtasida 2018-yil 10-yanvarda____-sonli lizing shartnomasi im-
zolangan.
Mazkur lizing shartnomasining 1.1-bandiga ko‘ra, lizingga
beruvchi lizing obyektini shartnomada ko‘rsatilgan muddatda top-
shirishi, lizingga oluvchi esa lizing obyekti toMovlarini shartnoma
da ko‘rsatilgan muddatda to‘lash majburiyatini olgan.
Lizingga beruvchi 2018-yil 30-yanvarda lizing obyektini li
zing oluvchiga topshirgan va bu haqda tegishli tartibda qabul qi-
lish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: