Ma ’lumot-axborot hujjatlari
4-ilova
VASIYATNOMA
Toshkent viloyati Bekobod shahri,
ikki ming o‘n sakkizinchi yilning
yigirma to'qqizinchi may kuni
Men, Toshkent viloyati Bekobod shahri Guliston ko‘chasidagi
24-uyda yashovchi Mirzakarim Mirzarahimovich Hamidov,
ushbu vasiyatnoma orqali quyidagi topshiriqni beraman:
1. Menga tegishli mol-mulkimdan Bekobod
shahri Guliston
ko‘chasidagi 24-raqamli hovli-joyimni o‘g‘illarim Mirzaali
Mirzakarimovich Hamidov va Mirzavali
Mirzakarimovich Ha-
midovlaming har ikkalalariga teng hissada vasiyat qilib qol-
diraman.
2. Mening vafotim oldidan menga tegishli bo‘lgan
boshqa
barcha mol-mulkimni, uning nimalardan iboratligidan va qayerda
joylashganligidan qat’i nazar, qizim Muqaddas Mirzakarimovna
Muhamedovaga vasiyat qilib qoldiraman.
3. Men ko‘rsatgan merosxo‘rlardan birortasi vafot
etgan yoki
merosni qabul qilmagan taqdirda, u(lar)ning
hissasini nabiram
Mirzapo‘lat Mirzaaliyevich Hamidovga o‘tishi kerakligini
vasiyat qilaman.
4. Menga 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksidagi
1142-moddaning mazmuni, ya’ni merosdan majburiy ulush olish
huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlar haqida notarius tomonidan
tushuntirish berildi.
Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzildi va imzolandi:
ulaming bir nusxasi saqlash uchun Bekobod shahri davlat no
tarial
idorasida qoldirildi, ikkinchi nusxasi vasiyat qiluvchi
Mirzakarim Mirzarahimovich Hamidovga berildi.
(Imzo)
M. Hamidov
(Notariusning tasdiqlovchi yozuvi)
242