49
2
. FOYDA SOLIG‘I
Reja:
2.1. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2.2. Foyda solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliq bazasi.
2.3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar.
2.4. Foyda solig‘i stavkalari, soli
qni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish
va soliq to‘lash tartibi.
Tayan
ch so’z va iboralar:
yuridik shaxs, rezident yuridik shaxs, norezident yuridik shaxs,
realizatsiya,
soliq to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi,
soliq
davri,
soliq hisob-
kitobi, soliq hisoboti, soliq to’lash
muddatlari.
2.1. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari 1991
yilga qadar asosan davlat
korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma
davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90
foizgacha bo‘lgan qismini budjetga olib ketar edi. Qolgan foyda miqdori esa korxona tomonidan
emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondla
rga taqsimlanar edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar
yordamida tartibga solish,
xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy qilish zarurati paydo bo‘ldi va 1992
yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar daromad solig‘ini to‘lashga
o‘tdilar.
1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish
maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi.
Shu
bilan bir
qatorda soliq
to‘lovchilarping ayrim toifalari uchun daromad solig‘i va yalpi daromad solig‘i
tartibi saqlab qolingan holda deb atala boshladi. (tijorat banklari,
sug‘urta