2.3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar.
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan
O‘zbekiston
Respublikasidagi va uning hududidan
tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.
Jami daromad,
qo‘shilgan
qiymat
solig‘ini
va aksiz
solig‘ini
inobatga olmagan holda
aniqlanadi.
Jami daromadga har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim
bo‘lgan
daromadlar, xususan, quyidagi daromadlar kiradi:
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad;
2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) bo‘yicha mukofot tarzidagi
daromad;
3) sug‘urta, qayta sug‘urta tashkilotining sug‘urta, qayta sug‘urta qilish shartnomalari
bo‘yicha daromadi;
4) REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;
5) qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir
operatsiyalar bo‘yicha olingan daromad;
6) asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad;
7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-
mulkni berish bo‘yicha pul mukofoti
tarzidagi daromad;
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara
(lizing) mustasno;
9) royalti;
10 tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa
mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad;
12) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan
daromad, ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar
mustasno;
13) talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan
daromad;
14)
ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi
daromad;
15) xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromad;
16) birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad;
17) qarzdor tomonidan e’tirof etilgan yoxu
d qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga
kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan
jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) o‘rnini qoplash
summalari;
18) kursdagi ijobiy farq;
19) dividendlar va foizlar;
52
20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan
daromad;
21) shakllantirilish xarajatlari belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul
qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari;
22) aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga o‘z ulushining (ulushi bir qismining)
qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali)
kamayishi munosabati bilan olgan daromad;
23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad;
24) belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad;
25) belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda
tarzidagi daromadi;
2
6) alohida hisobi mavjud bo‘lmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan
maqsadli mablag‘lar tarzidagi daromad (bundan budjet to‘g‘risidagi
qonunchilik normalari
qo‘llaniladigan budjet mablag‘lari mustasno);
27) boshqa daromadlar.
Daromadlar soliq to‘lovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi
hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga
doir hujjatlar asosida aniqlanadi.
Jami daromad pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha
tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan olingan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlar
qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi. Jumladan:
asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;
tekin olingan mol-mulk (xizmatlar);
talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan
daromadlar;
ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi
daromad;
xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan
olingan daromadlar;
uzoq muddatli kontraktlar
bo‘yicha daromadlar
.
Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilar yuridik shaxs daromadi sifatida qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilgan hissa tarzida olingan mablag‘lar;
2) aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki
miqdoridan) ortiqcha summasi;
3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog‘ida ustav fondiga (ustav kapitaliga)
qo‘shilgan hissa doirasida o
lingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek
tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-
mulkini ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash chog‘ida olingan
mablag‘lar;
4) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish
uchun
birlashtiriladigan mablag‘lar;
5) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari
(ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-
mulk bo‘lingan taqdirda,
ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan
) qo‘shilgan hissa miqdorida olingan mablag‘lar;
6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan to‘lov (bo‘nak) tarzida
boshqa shaxslardan olingan mablag‘lar;
6-
1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomo
nidan
umumiy mol-
mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp
kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan
hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar;
53
7) qonunch
ilikka muvofiq ushbu majburiyatlarning taʼminoti sifatida garov yoki zakalat
tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar;
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkam
asining qarorlari asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar;
9) grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar;
10) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tarzida olingan
mablag‘lar;
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki
vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga doir boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi
munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud
boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan kelib
tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar
shartlarida bu xarajatlarning o‘rnini qoplash nazarda tutilgan bo‘lsa, vositachidan yoki ishonchli
vakildan chegirib tashlanmaydi;
12) moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati o‘rnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)
tomonidan olingan ijara (lizing)
to‘lovining qismi tarzida qoplash;
13) mol-
mulk ijarasiga doir shartnoma bo‘yicha olingan mol
-mulk, bundan moliyaviy ijara
(lizing) mustasno;
14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan
texnik vositalari, shuni
ngdek ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar;
15) investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk;
16) kre
dit yoki qarz shartnomalari bo‘yicha mablag‘lar yoki boshqa mol
-mulk (mablag
»
jalb qilishni rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar, boshqa shunday mablag‘lar yoki boshqa mol
-
mulk, shu jumladan qarz qimmatli qog‘ozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablag‘larni
to‘lash hisobidan mablag‘lar yoki boshqa mol
-mulk;
17) konsessiya bitimi bo‘yicha
qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk;
18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat
organlarining qaroriga ko‘ra olingan mol
-mulk;
19
) O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli
qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan va
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha
daromadlar;
20) soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va
jarimalarning summasi.
Yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan
daromad olish bilan bog‘liq barcha
xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan chegirib
tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
S
oliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida
ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjat
lar bilan
tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar
deb e’tirof etiladi.
Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini
oqlagan chiqimlar tushuniladi.
Har qanday chiqimlar, basharti ular hech bo‘lmaganda quyidagi shartlar
dan biriga muvofiq
kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar deb e’tirof etiladi:
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan bo‘lsa;
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish u
chun zarur bo‘lsa
yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan bo‘lsa;
3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.
Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan
chiqimlar tushuniladi:
54
1) O‘zbekiston Respublikasining
qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;
2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qo‘llaniladigan tartibga
muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;
3) boshqa shaklda rasmiyl
ashtirilgan, shu jumladan xizmat safari to‘g‘risidagi buyruq, yo‘l
hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko‘rsatilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan
hujjatlar.
Soliq to‘lovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari milliy valyu
tada
qiymati ifodalangan xarajatlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Xarajatlar jumlasiga:
amortizatsiya xarajatlari;
foizlar va ayrim chiqimlar
bo‘yicha xarajatlar
;
g
eologik jihatdan o‘rganish, qidirish va
tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik
ishlari uchun xarajatlar;
ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar;
umidsiz qarzlar bo‘yicha xarajatlar;
qo‘shilgan qiymat solig‘iga doir xarajatlar;
zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari;
kafolatli ta’mirlash va kafolatli
xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun
zaxirani shakllantirish xarajatlari.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
qonunchilikka
muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan
hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb
e’tirof etiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya
qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer
osti
boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) axborot-kutubxona fondi;
4) muzey ashyolari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar;
6) moddiy madaniy meros ob’ektlari;
7) umumiy f
oydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘lkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari to‘liq xarajatlar jumlasiga kiritilgan mol
-mulk;
9) asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar;
10) notijorat tashkilotlarning Soliq kodeksi 318-
moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan
mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan hamda notijorat faoliyatini amalga oshirish uchun
foydalaniladigan mol-mulki, bundan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan
sotib olingan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk
mustasno;
11) Soliq kodeksi 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan
mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek soliq va bojxona
imtiyozlari berilganligi natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan
(barpo etilgan) mol-mulk.
Amortizatsiya qilinadig
an barcha aktivlar (bundan nomoddiy aktivlar mustasno) boʻyicha
amortizatsiyani hisoblash amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari qoʻllanilgan holda
toʻgʻri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi:
55
2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |