20
Bo‘g‘uvchi gazlar keltirib chiqaradigan nafas yo‘llarining yallig‘lanishi jarayoni
tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishi ekssudatsiya bilan kechadi va o‘pka shishiga
olib keladi. Ekssudatsiya – tarkibida shaklli hujayralar bo‘lgan qon plazmasining
mayda vena va kapillyarlardan atrofdagi to‘qimalarga va organizm bo‘shlig‘iga
ko‘chib o‘tishi jarayoni. Bunday ekssudativ ta’sir va o‘pka shishi azot oksidlari,
ammiak, fosgen bilan zaharlanganda kuzatiladi.
Og‘ir metallar bilan zaharlanganda yo‘g‘on ichakda fibrozli ekssudativ jarayon
boshlanadi. Fibroz – yallig‘lanish oxirida biriktiruvchi to‘qimaning birlashib ketishi.
Qo‘zg‘atuvchi gazlar, bug‘lar yoki qattiq birikmalar
changining kichik
konsentratsiyalari uzoq vaqt ta’sir qilganda sekin-asta toksik pnevmosklyerozga olib
keladi (ammiak, gitrogazlar, kremniy asbest, ayrim metallar). Pnevmosklyeroz -
yallig‘lanish tufayli o‘pka alveolalari hujayralarining nobud bo‘lishi oqibatida o‘pka
to‘qimasining qattiqlashishi.
Yallig‘lanish va keyin rivojlanadigan jigar sirroziga margimush, fosfor, xlorlangan
uglevodorodlar, selen, qo‘rg‘oshin sababchi bo‘ladi.
Sirroz
– fibroz to‘qimaning o‘sib ketishi, uning tarkibiy o‘zgarishi va bujmayib
qolishi (jigar, o‘pka sirrozi).
Ko‘plab yuqori aktiv kimyoviy agentlar o‘tkir yallig‘lanishni keltirib chiqaradi va
to‘qimalarning nekrotik o‘zgarishiga sabab bo‘ladi
.
Nekroz
– to‘qimaning nobud bo‘lishi (halok bo‘lishi).
Tyeri va shilliq qavat
nekrozi ularga fenol, naftollar (naftalin qatori fenollari), ohak, kalsiy karbomid kabi
kuchli sanoat zaharlari tushganda yuz beradi. Cr va Ni tuzlari burunning shilliq
qavatida yaralar hosil qiladi va burun to‘sig‘ining teshilishiga olib keladi. Buyraklar,
jigar, miokard, bosh va orqa miyadagi turli xil distrofiyalar ko‘rinishidagi nekrotik
yaralar o‘tkir va surunkali intoksikatsiyalarda kuzatiladi.
Distrofiya
– to‘qima (hujayra) metabolizmi o‘zgarishlarining umumiy nomi.
Yallig‘lanish faqat zaharning hujayra bilan bevosita ta’sirlaShuvi oqibatida emas,
balki zaharning to‘qimalarda
joylashgan retseptorlarga, xususan, tomir tizimining
xemoretseptorlariga reflektor ta’siri natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Ayrim metallarning (Si, Hg, Co, Ni, Sb, Pb, F, Ag, Cd,MgO, elektr payvandlash
ayerozoli, ayniqsa Zn, Zno – quyma bezgak) havoda tez oksidlanadigan bug‘laridan
nafas olganda yuqumli bo‘lmagan bezgak kuzatiladi, bunda tana harorati keskin
ko‘tarilib ketadi.
Quyma bezgak mexanizmi metall oksidlarining yuqori dispyers bug‘lari
chuqur
nafas
yo‘llariga
tushganda
o‘pka
alveolalari
hujayralari
oqsillarini
denaturatsiyalashidan iborat. Organizm uchun begona bo‘lib qolgan bu oqsillarning
shimilishi aseptik bezgakni keltirib chiqaradi (begona oqsilga qarshi reaksiya). Aseptik
– zararsizlantirilgan, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar bilan bog‘liq
bo‘lmagan.
Allyergik ta’sirlar.
Ko‘pchilik kimyoviy moddalar turli zaharlar uchun klinik
belgilari bo‘yicha o‘xshash, biroq ularning umumiy
toksik faolligiga aloqasi
bo‘lmagan kasalliklar sababchisi bo‘lishi mumkin. Bu – allyergik tabiatga ega
kasalliklardir. Hozirgi paytda allyergiya keltirib chiqaradigan bir necha ming oddiy
kimyoviy moddalar va bir necha yuz ming murakkab organik birikmalar ma’lum.
21
Sanoat akzoallyergenlari organizmga nafas yo‘llari va ovqat hajm qilish trakti,
tyeri va shilimshiq qavatlar orqali oddiy yo‘l bilan tushishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: