30
5. TOKSIKOMETRIYA, ZARARLI MODDALARNING TA’SIR QILISH
BOSQICHLARI VA ZONALARI
5.1. Toksikometriya haqida tushuncha
Toksikologiyaning bu bo‘limi kimyoviy birikmalarning zaharliligini miqdoriy
jihatdan aniqlaydi. Toksikometriyaning ahamiyati bugungi kunda amaliyotda ko‘pdan-
ko‘p yangi kimyoviy moddalar tatbiq etilayotganligi
sababli muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Toksikometriyaning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Yangi kimyoviy birikmalarning zaharliligini baholash.
2. Texnologik jarayonlarning zaharli chiqindilarni kamaytirish maqsadida ishlab
chiqarishni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalarni byera oladigan toksikologik
haraktyeristikalari.
3. Ishlab chiqarish binolariga, apparatlarga, sanitar-texnik jihozlarga, jumladan
tozalash inshootlariga va Shu bilan birga insonlarning
shaxsiy himoya vositalariga
bo‘lgan tabiiy texnik talablarni ishlab chiqish.
5.2. Asosiy toksikologik xususiyatlar
Toksikometriyaning asosida - zaharli moddalarning turli muhitlarda ruxsat etilgan
konsentratsiyalarini (REK) belgilash yotadi. Bu REKlar sanitar-nazoratning yuridik
asosini tashkil etadi. REKni belgilashda moddalarning zararli ta’sirining chegarasi asos
bo‘ladi.
Ta’sirning chegarasi deb, tirik organizmning tashqi ta’siriga qaratilgan har qanday
reaksiyasini emas, balki faqatgina organizmning fiziologik funksiyalari chegarasining
o‘zgarishini, ya’ni gomeostaz doirasidan chetga chiqishi tushuniladi.
Zararli ta’sir chegarasi deb, moddaning organizmda o‘zgarishlar yoki kasalliklar
keltirib chiqara oladigan atrof-muhitdagi minimal konsentratsiyasi
yoki dozasi
tushuniladi. Uch xil ta’sir chegarasi mavjud:
1 martali ta’sir chegarasi (Lim
ac
)
-
moddaning bir marta ta’sir qilganda
organizmda ma’lum bir samarani yuzaga keltiradigan minimal (eng kam)
konsentratsiyasidir (miqdoridir).
Surunkali ta’sir chegarasi (Lim
ch
)
-
moddaning organizmda
yashirin patologik
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan eng kam miqdoridir.
O‘ziga xos ta’sir chegarasi (Lim
sp
)
-
moddaning alohida olingan organda o‘ziga
xos (spesifik) o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan eng kam miqdoridir.
Zararli moddaning ta’sir chegarasini amaliyotda aniqlash uchun biologik
obyektning aynan qaysi reaksiyalari fiziologik tebranishlar doirasida zararli ta’sir
ko‘rsatish sharoitida patologik jarayonga (gomeostaz buzilishi) o‘tadi degan savolga
javob byerish uchun tadqiqotlar olib borish kerak.
Organizmni o‘limga olib keluvchi gomeostazning buzilishi kattaroq aniqlik bilan
aniqlanishi mumkin. Moddaning o‘limga olib
keluvchi konsentratsiyasi
CL
bilan,
o‘limga olib keluvchi dozasi
DL
belgilaniladi.
31
DL
0
- ushbu tadqiqotda hech qanday hayvonning o‘limini keltirib chiqarmaydigan
doza.
DL
100
Dostları ilə paylaş: