28
homiladorlik soni kamaygan, bola tashlash hollari kuzatilgan.
Granozan bilan
surunkali zaharlanish farzandlarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Mutagen ta’sir.
Turli kimyoviy birikmalar bilan ishlash genetik oqibatlarga ham
olib kelishi mumkin. Bugungi kunda ionli radiatsiyaga qaraganda ham kuchliroq bir
necha yuzdan ortiq mutagenlar ma’lum.
Ba’zi hollarda moddaning umumiy toksikligi va uning mutagen hossalari o‘rtasida
korrelyasiya kuzatiladi (ftororganik efirlar, ditiokarbamin kislotalar, ayrim
getyerotsiklik birikmalar). Mutagen va allyergen faollik o‘rtasida ham korrelyasiya
qayd etilgan.
Hujayralar guruhiga mutagen ta’sirga aldrin, geksametilentetramin, geksaxloran,
DDT va h.k. kabi moddalar ega. Sanoat zaharlarining genetik xavfliligi haqida to‘laroq
ma’lumotlarni sichqonlarning 3 ta avlodi ustida tajribalar olib borib olish mumkin.
Ba’zi mutagenlar urg‘ochilar uchun xavfliroq bo‘lsa, boshqalari yerkak sichqonlarga
kattaroq xavf tug‘diradi: 1,2-dixloretan ayollar jinsiy a’zolari hujayralariga kuchliroq
ta’sir qiladi, formaldegid esa yerkaklar spyermatogenezini zararlaydi.
Hozirgi kunga kelib quyidagi kimyoviy moddalarning sut emizuvchilar avlodlari
uchun genetik xavfga egaligi isbotlangan: etilenamin, simob, alfanaftilfenollar, azotli
iprit,
trietilenmelamin,
diepoksibutan,
ayrim
xlororganik
pestitsidlar,
alkilalkansulfonatlar, qo‘rg‘oshin birikmalari, benzol, toluol, uretan.
Kansyerogen ta’sir.
Alkillovchi bir qator moddalarda
mutagen va kansyerogen
ta’sir o‘rtasida korrelyatsiya aniqlangan, ayni paytda ma’lum kansyerogenlardan bir
nechtasigina tabiatda tabiiy
holda
uchraydi
(ayrim
metallar,
o‘simlik
kansyerogenlar). Aksariyat kimyoviy kansyerogenlar – inson tomonidan yaratilgan
sun’iy organik birikmalardir.
Kansyerogen samara paydo bo‘lishi uchun kansyerogenlar shish paydo bo‘lguncha
doimiy ta’sir qilishi shart emas. Kansyerogen modda bilan aloqada bo‘lgandan keyin
ancha vaqt o‘tganda ham shish rivojlanishi mumkin. Yakuniy natija bilan kansyerogen
modda miqdori o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlash ancha mushkul. Juda kichik dozalar
ta’siri ham izsiz yo‘qolmaydi, chunki u yig‘ilib, xuddi Shunday natijaga olib kelishi
mumkin.
Kokansyerogenlar ancha katta xavf tug‘dirishi mumkin. Ular ta’sirida
kansyerogenning ostonaviy dozasi xavfli o‘sishni keltirib chiqaradi. Ko‘plab fibrogen
changlar kokansyerogen ta’sirga ega, ular o‘pkaga professional bo‘lmagan
kansyerogenlarning to‘planishini kuchaytiradi (chekish).
L.M.Shabad (1973) inson uchun ta’sir kuchi va haqiqiy xavfiga qarab
kansyerogenlarni to‘rtta guruhga ajratishni taklif etadi:
1) kansyerogen faolligi nafaqat hayvonlar bilan o‘tkazilgan
tajribalarda, balki
insonlarni kuzatishda ham aniqlangan moddalar (beta-naftilamin, benzidin, 4-
aminodifenil va benz-(a)-piren);
2) aksariyat tajriba hayvonlarida (80-100 foiz hollarda) xavfli shishlarni keltirib
chiqaradigan va qisqa muddatlarda (4-6 oy) ularning soni bir necha o‘ndan
oshmaydigan moddalar (PAU,
aminoazotli birikmalar, flyuorenlar, nitrozaminlar,
aflotoksinlar);
29
3) kansyerogenligi hayvonlarda aniqlangan moddalar, biroq 20-30
foiz hollarda
ancha keng muddatlarda (hayotining oxirida) – (ditsiklogeksamin);
4) kansyerogenlilik nuqtayi nazaridan Shubhali moddalar, ular bo‘yicha to‘plangan
ekspyerimental ma’lumotlar qarama-qarshilikka ega yoki yetarli emas.
Hozirgacha
ma’lum
bo‘lgan
kansyerogenlarning
aksariyati
univyersal
tyeratogenlardir. Ma’lumki, ba’zi bir kansyerogen moddalarning homiladorlik
paytidagi ta’siri avlodlarda shishlar rivojlanishini keltirib chiqaradi.
Professional shishlarning juda ko‘pchiligi tyeri, o‘pka, siydik pufagi saratonini
tashkil qiladi. Margimushli tyeri saratoni ko‘proq kaftlarda, barmoqlarda, oyoq kaftida,
kamroq bilakning ichki tomonida, qo‘ltiq ostida, orqa teshik burmalarida to‘planadi.
Qurumli “mo‘ri tozalovchi saratoni” ko‘proq moyak xaltasini zararlagan. Tyerining
qatronli va pekli saratoni odatda surunkali dyermatitlar, pigmentatsiya buzilishi, so‘gal
va papillomalardan keyin rivojlanadi. O‘pka saratoni ko‘pincha asbestozda uchraydi.
Silikozning xavfli shishga aylanishi isbotlanmagan. Professional saraton aksariyat
hollarda kimyoviy kansyerogenlar uzoq vaqt ta’sir
qilganda yuzaga keladi, bunda
latent davr yillar va o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: