3
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‗lamli
islohotlar
milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni,
davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va
erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik muhitini ta‘minlash
uchun muhim poydevor bo‗ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan
boshqaruv tizimidan mutlaqo
voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit
siyosati puxta o‗ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni,
iqtisodiyotning
yuqori sur‘atlar bilan o‗sishini, inflatsiyani prognoz ko‗rsatkichlari darajasida
saqlab qolishni ta‘minladi hamda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik
harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay
sharoitlar yaratilishiga
xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‗tgan taraqqiyot yo‗lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon‘yunkturasi keskin o‗zgarib,
globallashuv
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va
jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo
yangicha yondashuv hamda
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‗yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‗yicha
ustuvor
yo‗nalishlarni
amalga
oshirish
maqsadida:
Aholi va tadbirkorlarni o‗ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama
o‗rganish,
amaldagi qonunchilik, huquqni qo‗llash amaliyoti va ilg‗or xorijiy
tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida
ishlab
chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan