10
6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun
mas‘ul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida e‘tibor qaratsin:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‗lga qo‗yishning yangi,
samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida
hisobot berishi
tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat
hokimiyatiga bo‗lgan ishonchini mustahkamlashga;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‗rib chiqishda
byurokratik to‗siq va g‗ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini
kampaniyabozlikka aylanishiga yo‗l qo‗ymaslikka;
Davlat dasturi doirasida o‗tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda
fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari,
nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng
ishtirok etishiga.
7. O‗zbekiston respublikasi adliya vazirligi davlat dasturida nazarda
tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‗z vaqtida ishlab
chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring
qilish hamda uning
natijalari to‗g‗risida o‗zbekiston respublikasi prezidenti devoni va vazirlar
mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni ta‘minlasin.
Oldingi
tahrirga qarang.
8. O‗zbekiston milliy axborot agentligi, o‗zbekiston milliy
teleradiokompaniyasi, o‗zbekiston respublikasi prezidenti administratsiyasi
huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot
vositalarini jalb etgan holda, shuningdek o‗zbekiston
mustaqil bosma ommaviy
axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish
jamoat fondi, elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,
11
o‗zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan
hamkorlikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi o‘zbekiston respublikasi prezidentining
2019-yil 10-dekabrdagi pf-5892-sonli farmoni tahririda — qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Mazkur farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida,
shu jumladan internet tarmog‗ida keng sharhlab borilishini,
uning demokratik
islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga,
shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta‘minlash, aholi
farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish,
jamiyatda qonun ustuvorligi,
qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik-
osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida
davlat organlarining aholi bilan ochiq, to‗g‗ridan to‗g‗ri muloqotini
kuchaytirishga yo‗naltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi
va natijalari to‗g‗risidagi xolis, to‗liq ma‘lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini
ta‘minlasin.
9. O‗zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi harakatlar strategiyasida
nazarda tutilgan o‗zbekiston respublikasini rivojlantirishning ustuvor
yo‗nalishlarini amalga oshirish bo‗yicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy
taraqqiyot tajribasini, zarur
bo‗lganda, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb
qilgan holda, o‗rganishda ko‗maklashsin.
10. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish
o‗zbekiston
respublikasining bosh vaziri a.n. Aripov va o‗zbekiston respublikasi
prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: