tezligi yuqori (75 V/mksdankatta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichiki ste’mol toki (0,5
mAdankam) ga ega bo‘lgan K140UD12 turdagi Oklar kiradi.
OKlarga inersiyasiz rezistiv (chiziqli) teskari aloqali zanjirlarning ulanishi.
(ОК) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan,
differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish
koeffitsiyentiga ega bo‘lgan (КU=104÷106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga
aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash,
differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar
analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash,
generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda.
Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA
zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar.
Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi ko‘rsatilgan bo‘lib, uning
tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar
ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish
manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik
ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham
ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: