qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklami hisobga oluvchi
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Asosiy vositalami ulaming bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash
hukumat yoki korxona (muassislar) mol-mulki egalarining qaroriga
ko‘ra - mazkur bozor bahosini aniq belgilash sharti bilan amalga
oshiriladi.
Agarda qayta baholash aktiv qiymatining oshishiga emas, balki
kamayishiga olib kelsa, uni hisobda aks ettirishning 2 usuli mavjud.
Agar bir aktiv qiymatining kamayishi uning avvalgi oshishi bilan
kompensatsiyalansa, bu holat 8510-“Uzoq muddatli aktivlami qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Arzonlashtirilishi qiymatning ko‘payishidan yuqori b o isa , ortiqcha
summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430-“Boshqa operatsion
xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
Agar uzoq muddatli aktivlar chiqib ketayotgan va chiqib ketishdan
moliyaviy natijani aniqlash kerak b o isa , qo ‘shimcha baholash (ortiqcha)
summalari bir vaqtning o ‘zida 8510-schyot bo‘yicha rezerv kapitalining
kamayishi bilan chiqib ketishidan daromadlar tarkibiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: