Ilm va izlanish bo ‘Imagan joyda
hech qanday rivojlanish,
yuksalish va, umuman, biror-bir
sohaning kelajagi bo ‘Imaydi.
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Mamlakatimizda
olib
borilayotgan
iqtisodiy
islohotlarda
buxgalteriya hisobi va hisobotini mustaqil fan hamda amaliyotda
kompaniyalar
boshqaruvining
muhim
bo‘g ‘ini
sifatida
xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish o‘ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya
hisobi borasida ham ulkan o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Keyingi yillar
mobaynida
xalqaro
standartlarga
to ‘la-to‘kis
javob
beruvchi
buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib
borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha
kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi,
qo‘shma korxonalar
Ьафо etilayotganligi, jahon moliya bozoriga
chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim
mamlakatlar o ‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi
tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni
yanada qattiqroq talab
qilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi b o‘yicha
Harakatlar strategiyasi” jam iyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy
dasturulamal bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatni
yanada rivojlantirish
va rivojlangan
davlatlar
darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning
uchinchi yo ‘nalishida
belgilangan iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning ustuvor yo ‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi
tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
3
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini
zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o ‘z faoliyatining foydalilik darajasini
doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlaming hisobini
to ‘g ‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda
buxgalteriya hisobining
ahamiyati katta bo‘lib, undan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib
boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib
o ‘tilgan talablaming bajarilishida muhim o ‘rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli,
tortishuvli va muammoli
fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy m a’limotlarga ko‘ra buxgalteriya
hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat:
italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablaming
qarashlari
bir-biriga o ‘xshamaydi.
Ulaming ta’limotlariga k o ‘ra
buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan,
italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va
huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod,
nemis maktabi vakillari
matematika,
angliya-amerika
maktabi
vakillari
psixologiya
deb
qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti,
obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi
borasidagi ulaming qarashlari turlichadir.
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu
boradagi ulkan islohotlar
kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblami
egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy,
pragmatik hamda zukko
talabalar uchun zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik
yaratish lozim. Ushbu darslik oliy ta ’limning iqtisodiyot yo‘nalishidagi
bakalavriat,
magistratura
talabalari,
tegishli
ixtisoslik
kollejlari
o ‘quvchiIari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
4