1. Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu talab korxonada reja
ko‘rsatkichlarini
hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va reja
ko‘rsatkichlarining bajarilishi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni
ta’minlaydi. Reja va hisob ko‘rsatkichlarini taqqoslashning zarurligi
shundaki, korxonaning istiqboldagi ishlar rejasini tuzish uchun hisob
ko‘rsatkichlari
yordamida
o ‘tgan
davrda qanday
natijalarga
erishilganligi to ‘g ‘risida m a’lumotlar oladi.
2. Hisobning aniqligi va to ‘g ‘riligi. Barcha hisob m a’lumotlari aniq
va to ‘g ‘ri bo‘lishi hamda ular ayni vaqtda obyektiv bo‘lishi lozim. Hisob
m a’lumotlari faqat yutuqlami emas, balki kamchiliklami ham oshkora
aks ettirishi lozim.
3. Hisobning oddiyligi va tushunarli bo‘lishi. Bu talabga ko‘ra,
hisob ko‘rsatkichlari oddiy va barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli
bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob
m a’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi.
4. Hisobning tejamkorligi. Ushbu talabga ko‘ra, hisob ishlarini
uzluksiz takomillashtirish va soddalashtirish, hisob olib borishning
zamonaviy va arzon usullarini joriy qilishga hisob xodimlari sonini
kamaytirish yo ‘li bilan erishish mumkin.
5. Hisobning to ‘liqligi va o ‘z vaqtida bajarilishi. Hisob xo‘jalik
jarayonining hamma tomonini egallashi va u to ‘g ‘rida to ‘liq m a’lumot
berishi lozim. Sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari to ‘g ‘risidagi
m a’lumotlar o ‘z vaqtida berilishi lozim. 0 ‘z vaqtida va to ‘liq olib
borilgan hisob yordamidagina korxonaning xo‘jalik faoliyatiga to ‘g ‘ri
rahbarlik qilish, xo‘jalik jarayonini mukammal o'rganish, sodir bo‘lgan
kamchiliklami o ‘z vaqtida aniqlab, ulami bartaraf etish imkoniyatlariga
ega boMishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: