A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va tamoyillari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

1.4. Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va tamoyillari
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik 
subyektlarida buxgalteriya hisobi yuritiladi. U xo‘jalik subyektidagi 
mablag‘laming 
tuzilishi, 
joylanishi, 
qaysi 
manbalardan 
tashkil 
topganligi hamda xo ‘jalik jarayoni va muomalalari ta ’siri ostida 
bo'layotgan o ‘zgarishlaming borishi ustidan uzluksiz nazorat olib 
boradi.
X o‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobini 2016-yil 14-aprelda 
qabul 
qilingan 
yangi 
tahrirdagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
“Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida”gi Qonuniga asoslanib yuritadilar.
Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablagMar, xo‘jalik 
jarayoni va uning ta ’siri ostidagi xo‘jalik m ablag‘larining hajmi, 
tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo‘ladigan o ‘zgarishlar aks 
ettiriladi hamda korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari 
aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi vositasida korxonalar xo‘jalik faoliyati 
jarayoni, mablagMari aks ettiriladi hamda ulaming tashkil topish 
manbalari nimalardan iborat ekanligi to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar olinadi.
X o ‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini 
uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan m a’lumotlami 
baholash orqali schyotlar tizimida ikkiyoqlama yozuv yordamida aks 
ettiradi, hamda hisob m a’lumotlari haqiqiyligini inventarizatsiya 
yordamida tekshirib, aniq va to‘g ‘ri hisob m a’lumotlari asosida 
buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.
Buxgalteriya 
hisobining 
predmeti 
-
korxonani 
xo‘jalik 
mablag‘lari va ulami tashkil topish manbalarini, ulami xo‘jalik 
jarayonlari natijasida o'zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun- 
qoidalarga asosan hujjatlarda to ‘liq, aniq va to ‘g ‘ri aks ettirib borishdir.
16


Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya 
hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalaming samarali boshqarilishida m ablag‘lar 
holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlami shakllantirish 
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi o ‘zining predmeti xususiyatlariga mos 
o ‘rganish usullaridan foydalanadiki, bular ma’lum kuzatish natijalarini 
pul ko‘rsatkichida ifodalash, qayd qilish hamda uni zarur yozuvlar 
yordamida tartibga solish, uning natijalarini aniqlashdan iboratdir. Har 
bir fanda bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi fanida ham uning predmetini 
o ‘rganish usullari mavjud.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin