Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish - bitta
operatsiya bo‘yicha bitta summaning o ‘zi buxgalteriya hisobining ikkita
hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks
ettiriladi.
Uzluksizlik - xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan,
y a’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb
hisoblanadi. Uning o ‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha
qisqartirish niyati ham, zarurati ham y o ‘q deb taxmin qilinadi.
Xo'jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholasb - barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi
axborotlami umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik - axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar boMmasa
va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealaming ishonchliligi boshlangMch hisob-
kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik - qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga
rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar
yoki xarajatlar esa yetarlicha baholanmasligiga yo‘l q o‘ymaslik
maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi - agar hisob-kitob hujjatlarida
va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealaming
mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy
shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq
holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi - moliyaviy axborot foydali va
mazmunli boMishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot
davridagisi bilan qiyoslanadigan boMishi kerak. Foydalanuvchilar
xo‘jalik
yurituvchi
subyekt
moliyaviy
hisobotni
tayyorlashda
foydalanadigan
hisob
siyosatidan,
ana
shu
siyosatdagi
barcha
o ‘zgarishlardan va shunday o ‘zgarishlaming natijalaridan xabardor
boMishlari lozim.
19