A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

18.4. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim
etish tartibi
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yilning 27- 
dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot 
shakllarini to ‘ldirish bo ‘yicha qoidalar” barcha hisobot shakllarini, 
jumladan “M oliyaviy natijalar to‘g ‘risidagi hisobot”ni tuzish tartibini 
belgilab beradi. M azkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni 
mulkchilikning 
barcha 
shakllariga 
mansub, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan 
korxona va tashkilotlar (bundan sug‘urta tashkilotlari va banklar 
mustasno), shuningdek mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor 
boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o ‘z majburiyatlari bo ‘yicha ushbu 
mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob- 
kitob raqamiga ega bo‘lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq 
to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi.
Moliyaviy 
hisobotni 
taqdim etish muddatlari 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son 
bilan tasdiqlangan “Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlami taqdim 
etish muddatlari to ‘g ‘risida”gi nizom bilan belgilanadi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
“Auditorlik 
faoliyati 
to ‘g ‘risida” 
qonunning 10-moddasida ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Axborotnomasi, 2000-yil 5-son) ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq 
organlariga auditorlik tekshiruvi o ‘tkazilganidan keyin 
15 kun 
davomida, 
lekin hisobot yilidan keyingi yilning 
15 
mayidan 
kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to‘g ‘riligi to ‘g‘risida auditorlik 
xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
582


Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o ‘tkazilgan taqdirda korxona 
moliyaviy hisobotining to ‘g ‘riligi to ‘g ‘risida auditorlik xulosasining 
nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o ‘tkazilganidan keyin 15 
kun davomida taqdim etiladi.
Moliyaviy natijalar to ‘g ‘risidagi hisobot - buxgalteriya balansi 
bilan bir qatorda, korxonaning asosiy moliyaviy hisobotlaridan biridir. U 
yillik va chorak moliyaviy hisoboti tarkibiga kiradi. Kichik biznes 
subyektlari faqat bir yilda bir m arta yillik moliyaviy hisobotni 
topshiradilar.
Hisobotda m a’lumotlar ikkita davr uchun, ya’ni joriy (hisobot) yil 
uchun va o ‘tgan yilning mos davri uchun aks ettiriladi. Misol uchun, 
agar biz 2017-yil uchun hisobot tuzadigan bo‘lsak, bu hisobotda 2016- 
yil ko ‘rsatikichlarini ham keltirishimiz kerak. 2018-yilning I choragi 
hisoboti uchun o ‘tgan yilning mos davri - 2017-yilning I choragi 
bo‘ladi.
Har bir davming ko‘rsatkichlari 2ta ustunga ajratilgan: daromadlar 
(foyda) va xarajatlar (zararlar). Faqat xarajatlar ko‘rsatiladigan sartlarda 
daromadlar ustuniga “X” belgisi qo‘yilgan. Bu o ‘ziga xos bir k o ‘rsatma 
bo‘lib xizmat qiladi: hisobotning faqat “X” belgisi bo‘lmagan kataklari 
toidirilishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirining 2002-yilning 27- 
dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot 
shakllarini to ‘ldirish bo‘yicha qoidalar”ga asosan “Moliyaviy natijalar 
to‘g ‘risida hisobot”ni tuzish tartibi bayon qilingan.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin