Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
nisbati organizm holati va uning yashash sharoitiga mos, ya`ni gomeostazni 
ta`minlash uchun yetarli bo`lishi kerak. Bu ovqatlanish orqali amalga oshiriladi. 
Turli moddalar parchalanishi tufayli hosil bo`ladigan nihoyaviy maxsu-
lotlardan organizmni ayiruv a`zolari tozalab turadi. Modda almashinuvi ikki jaryon: 
assimilyasiya (anabolizm) va dissimilyasiya ( katabolizm ) birligidir.
Assimilyasiya o`z ichiga quyidagilarni oladi:
1) tashqi muhitdan organizm uchun zarur moddalarni qabul qilib olish;
2) moddalarni organizm hujayra va to`qimalari uchun kerakli birikmalarga 
aylantirish;
3) hujayra struktura birikmalari, fermentlar va boshqa boshqaruv birikmalarini
sintezlash hamda eskirganlarini yangilash;
4) oddiy birikmalardan murakkab birikmalarni sintezlash;
5) ehtiyot, zahira sifatida yig’ish.
Dissimilyasiya asosan parchalanishdan iborat bo`lib, eskirgan, ishdan chiqqan
to`qima elementlarini bartaraf etib, ularning yangilanishi uchun sharoit yaratadi 
va hayotiy jarayonlarga sarflanadigan energiyani ajratadi.
Organizm sog’lom bo`lishi uchun dissimilyasiya jarayonlari assimiliyasiya
jarayonlari bilan albatta muvozonatlashgan bo`lishi shart. Bu tenglik dinamik 
o`zgarib turadi. Masalan, energiyani ko`plab sarflashni talab etuvchi jismoniy ish 
vaqtida dissimilyasiya jarayonlari ustunlik qiladi. Jismoniy ish tugashi bilan sarf-
langan zahiralarni qayta tiklash uchun assimilyasiya jarayoni kuchayadi. Yosh 
o`sayotgan organizmda assimilyasiya jarayonlari, keksayganda esa dissimilyasiya
jarayonlari ustunlik qiladi. 
Ovqat maxsulotlarining organizm uchun plastik va energetik mohiyatlari tafovut
qilinadi. Plastik mohiyati shundan iboratki, ko`pchilik moddalar hujayra-lar 
tarkibiga kiradi, nobud bo`lgan hujayralarning qayta tiklanishida, organizm 
o`sishida, gormonlar, fermentlar va boshqa organik birikmalar sintezida ishti-
rok etadi. Bir kecha-kunduzda teri epiteliysi hujayralarining 5 %, hazm yo`l-
lari epiteliysining 50 %, qon hujayralarining 25 % v.b. yangilanib turadi. 
Oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar,mineral tuzlar va suv almashinuvini shuning-dek, 
vitaminlar ahamiyati alohida-alohida ko`rib chiqiladi. Ammo organizmda bu
moddalarning hammasi bir vaqtda va o`zaro bog’liq holda o`zgaradi. Almashi-
nuvning alohida zvenolarini ajratish bir butun biologik jarayonni ayrim qism-
larga sun`iy bo`lish demakdir. Biroq o`rganishni osonlashtirish va moddalarning 
fiziologik ahamiyati har xil bo`lgani uchun shunday qilinadi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin