Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Yaqinda angiotenzin II dan hosil 
bo’ladigan angiotenzin III aniqlandi. Angiotenzin III ga sezuvchan resteptorlar 
buyrak usti bezi po’stlog’ining hujayralarida joylashgan, degan tahminlar mavjud. 
Eritropoetin 
1906 yilda oddiy usul yordamida aniqlangan. Qon yo’qotgan 
quyonning zardobi sog’lom quyonga yuborilganda, sog’lom quyonda eritropoez 
kuchayadi va qonda eritrositlar miqdori oshadi. Eritropoetin glikoproteid bo’lib, 
peptid gormonlar guruhiga kiradi. Eritropoetin asosan buyraklarda va kamroq 
miqdorda boshqa to’qimalarda, jumladan jigarda sintezlanadi. Uning buyrak-larda 
ishlanishi gipoksiya ta’sirida keskin jadallashadi, bunday hollarda odamda qondagi 
eritropoetin konsentrasiyasi normaga nisbatan 1000 baravar oshadi. Bundan tashqari 
eritropoetin hosil bo’lishini kobalt tuzlari, testosteron, qalqon-simon bez gormonlari, 
glyukokortikoidlar, katexolaminlar ham faollashtiradi. 
Eritropoetinning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, mazkur gormon qizil 
ko’mikdagi stvol hujayralarning maxsus resteptorlari orqali ularning birin-ketin 
tafovutlanishi va eritrositlar hosil bo’lishini tezlashtiradi. Bu hujayralarda 
eritropoetin RNK sintezini kuchaytiradi, natijada gemoglobin hosil bo’lishi 
jadallashadi. Bu jarayonlarda adenilatsiklaza, sAMF va proteinkinaza vositachi 
bo’lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo’sak, eritropoetin eritropoezni 
rag’batlantiradi. 
 
II- Bob.Moddalar almashinuvi. 
 
Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha. 
Moddalar almashinuvi hayot uchun xos bo’lib, uning to`xtashi bilan hayot ham 
to`xtaydi. Modda almashinuvi turli moddalarning tashqi muhitdan organizmga 
kirishi, ularning o`zlashtirilishi, o`zgartirilishi va hosil bo`lgan parchalanish
maxsulotlarining organizmdan chiqarilishidan iboratdir. Modda almashinuvi oqiba-
tida hujayra strukturalari uzluksiz hosil bo`ladi, yangilanadi va parchalanadi, turli 
kimyoviy birikmalar sintezlanadi va parchalanadi. Shu bilan birga kimyoviy birik-
malar parchalanishi tufayli ulardagi potensial energiya ajralib, kinetik energiya, 
asosan issiqlik va mexanik, qisman elektr energiyasiga aylanadi. Energiya sarfining 
o`rnini to`ldirish, tana massasini saqlab turish va o`sish talablarini qondirish
uchun organizm tashqi muhitdan oqsillar, yog’lar, karbon-suvlar, vitaminlar, 
mineral tuzlar va suv qabul qilib turishi zarur. Bular-ning miqdori, xossalari va 


45 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin