13-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:
MASHINA-TRAKTOR PARKI ISHINI REJALASHTIRISH VA
YOQILG’I MOYLASH MATERIALLARI SARFINI ANIQLASH
1. Ishning maqsadi:
MTA ish unimini oshirish yo‘llari va agrotexnik
talablar, ishlash jarayoni va uni ishga tayyorlash tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar
berish.
2. Kerakli jihozlar:
Agregatlar va o‘quv filmlari.
3. Ishni tashkil etish tartibi:
Bir gektarga yoqilg‘i sarfi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda texnologik
jarayonni bajarganda Q
i
, agregat salt harakatlanganda Q
s.y
, traktor to‘xtab, dvigateli
ishlab turgandagi Q
t
yonilg‘i sarflari maxsus o‘lchov asbobi yordamida o‘lchanadi.
Bularga mos holda almashish (smena) davomida t
i
ish vaqti, t
s.y
salt yo‘llar vaqti va
t
t
to‘xtashlar vaqti hamda agregatning ish unumiW
a
xronometraj qilish yordamida
aniqlanadi, so‘ngra 1 gektarga yoqilg‘i sarfi hisoblanadi, kg/ga:
а
Т
Т
й
с
й
с
и
и
W
t
Q
t
Q
t
Q
q
.
.
.
.
Yoqilg‘i sarfi namunaviy texnologik kartalardan ham olinishi mumkin.
Moylarning sarfi yoqilg‘i sarfining asosiy turiga nisbatan foizlarda hisoblanadi:
motor moyi 3...4%, konsistent moylar (solidol, siatim, litol 24, fiol 1) va
transmissiya moylari 1...2% olinada, o‘rtacha umumiy moy sarfi 5% tashkil etadi.
Mashina-traktor agregati ishlaganda yoqilg‘ining ortiqcha sarflanishiga
quyidagilar:dvigatel yoqilg‘i tizimining noto‘g‘ri sozlanishi;yoqilg‘i quyishda,
tashishda va saqlashda to‘kilishi;agregatning tezlik rejimining noto‘g‘ri tanlanishi
sabab bo‘ladi.
YOqilg‘i sarfini kamaytirish uchun bu sabablarni bartaraf etish bilan bir
qatorda: MTA ning ish unumini oshirish; dvigatelni maqbul tezlik rejimida
ishlatish va barcha rejimli rostlagichdan foydalanish zarur.
Agregatlarning ish unumini oshirishda: qamrash kengligi va ish tezligi
maqbul bo‘lgan agregatlar tuzish; tezkor va serquvvat traktorlardan keng
foydalanish; keng qamrovli va qurama agregatlardan foydalanish; vaqtdan
foydalanish koeffitsientini oshirishga yordam beradigan mehnatni ilmiy tashkil
qilishning usullarini (agregatlarni guruhlarga bo‘lib ishlatish va b.) qo‘llash;
traktorchilar va yordamchi ishchilarning malakasini doimo oshirib borish kerak.
Smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti quyidagicha topiladi:
τ =
Bu erda T
ish
- ishni bajarish uchun ketgan toza vaqt, soat;
T
sm
– smena vaqti, soat
Smena vaqti kuyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
Tsm = Tish + Tsyur + Ttex + Ttxk + Tbuz + Ttjr +Tyoq +Toho‘ + Tfiz +Tis.
Bu erda: Tish - ishni bajarish uchun ketgan toza vaqt
Tsyur -salt yurishlar uchun ketgan vaqt
Ttex - texnologik xizmat ko‘rsatish (urug‘ solish, sig‘imdagi material
va mahsulotlarni transport vositasiga to‘kish) uchun ketgan vaqt
Ttxk – texnik xizmat ko‘rsatish uchun ketgan vaqt
Tbuz - buzilishlarni bartaraf etish uchun ketgan vaqt
Ttjr – texnologik jarayonni rostlash (urug‘ tushmay qolishi , ishchi
qismlarni tozalash) uchun ketgan vaqt
Tyoq – yoqilg‘i yo‘qligi uchun to‘xtab turganligi uchun ketgan vaqt
Toxo‘ - ob-havo o‘zgarishi (yomg‘ir, qor, shamol, tuman) tufayli bekor
turish uchn ketgan vaqt
Tfiz – traktorchi va yordamchi ishchilarning fizologik va maishiy
ehtiyojlari uchun (noxushlik va b.) ketgan vaqt
Tis. – ish sifatini nazorat qilish uchun ketgan vaqt va boshqalar
Agregatning ish unumini oshirishda quyidagilarga alohida ahamiyat
berish lozim:
-
Qamrash kengligi va ish tezligi maqbul bo‘lgan agregatlar tuzish;
-
Tezkor va serquvvat traktorlardan keng foydalanish;
-
Keng qamrovli va qurama agregatlardan foydalanish;
-
Vaqtdan foydalanish koeffitsientini oshirishga yordan beradigan mehnatni
ilmiy tashkil qilishning ilg‘or usullarini (agregatlarni guruhlarga bo‘lib
ishlatish va b.) qo‘llash;
-
Traktorchilar va yordamchi ishchilarning malakasini doimo oshirib borish
va hokazolar.
4. Ish bo‘yicha hisobotda:
ishning maqsadi, agregatning yoqilg‘i sarfini
xisoblash va agrotexnik talablar, ishlashi va uni ishga tayyorlash tartiblari
ko‘rsatilishi kerak.
Nazorat savollari:
1.Smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti qanday aniqlanadi? Uni qanday
oshirish yo‘llarini bilasiz?
2.Bajarilgan ishga yoqilg‘i sarfi qanday topiladi?
3.Agregatning ishlayotganda yoqilg‘ining ortiqcha sarflanishiga ta’sir etuvchi
qaysi omillarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |