52
novateurpublication.org
1- rasm
. Kori siklining sxemasi.
Biroq muskullarda glikoliz jarayoni bilan birgalikda
amilotik parchalanish
jarayonlar ham mavjudligi haqida ma`lumotlar ham bor. Amilotik parchalanish
natijasida muskullarda glikogendan glyukoza hosil bo`ladi, biroq glyukozaning
miqdori juda ham kam bo`lganligi sababli,muskullar glyukoza manbai bo`la
olmaydi. Bosh miya ham unchalik katta bo`lmagan
karbonsuvlar zaxirasiga
ega.Asab hujayralari bu funktsiyani bajarishi uchun esa qon bilan miyaga uzluksiz
ravishda glyukoza kelib turishi zarur. Jigar hujayralari tomonidan ajratilgan
glyukozaning 70 % ni asab hujayralari o`zlashtiradi. Shunday qilib, asab hujayralari
uchun energiyaning asosiy manbai glyukoza bo`lib hisoblanadi.
Bordi-yu bosh
miyaga kam glyukoza kelsa, nafas jarayon-larining funktsiyasi o`zgaradi va
energiyaning hosil bo`lishi susayadi. Natijada asab hujayralari tarkibidagi oqsil yoki
yog’lardan glyukoza hosil bo`ladi va ular energiya sifatida foydalaniladi.
IV.Buyraklarda glyukozaning so`rilishi
. Sog’lom insonlarning siydigi tarki-bida
glyukoza bo`lmaydi. Fil’trlanib turgan glyukoza nefronning proksimal kanalchalari
hujayralari tomonidan amalda to`la reabsorbtsiyalanadi.
Odatdagi sharoitda bir
kecha-kunduzda glyukozaning juda oz miqdori fil’trlanadi (130mg yaqin).
Glyukozaning qayta so`rilishi kontsentratsion gradientga qarshi sodir bo`ladi.
Proksimal kanalcha hujayrasining apikal membranasida glyukozani tashuvchi
modda va Na+ ionlari bilan birikib, sitoplazmaga o`tadi.
Membrana tanlab va bir tomonlama o`tkazuvchan bo`lganligi sababli glyuko-zani
qaytib proksimal kanalcha bo`shlig’igaga chiqarmaydi. Glyukozaning hujay-radan
qonga o`tishi bazal membrana orqali passiv
mexanizm yordamida amalga
oshadi.Shunday qilib, buyraklar ichki muhit suyuqligida glyukoza miqdorini bir
me`yorda ushlab turishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: