Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
aminokislota bo’lsa,ular birgalikda organizm ehtiyojlarini qondira olishi amaliy 
jihatdan muhim. 
Organizmga ovqat bilan kirgan va unda parchalangan oqsil nisbati azot balansi 
bo’yicha aniqlanadi. Chunki azotning asosiy manbai oqsildir. Organizmga ovqat 
bilan kirgan va organizmdan chiqarilgan azot miqdorlarining nisbati azot balansi 
deb ataladi.Organizmga kirgan va o’zlashtirilgan azotning miqdori teng emas, 
chunki azotning bir qismi najas bilan chiqadi. O’zlashtirilgan azot miqdorini 
aniqlash uchun ovqatdagi azot miqdoridan najasdagi azot miqdorini ayirish kerak. 
Qancha azot o’zlashtirilganligini bilib olib, organizmga qancha oqsil kirganini
hisoblab chiqarish mumkin. 
Oqsilda o’rtacha 16 % azot bo’lishi, ya`ni 1 g azot 6,25g oqsil tarkibida bo’lishiga
asoslanib, topilgan azot miqdorini 6,25 ga ko’paytirib oqsil miqdorini aniqlash 
mumkin. Parchalangan oqsil miqdorini aniqlash uchun organizmdan chiqarilgan 
umumiy azot miqdorini bilish zarur. Oqsil almashinuvining azotli birikmalari 
(siydikchil, siydik kislotasi, kreatinin v.b.) organizmdan eng ko’p siydik bilan va 
qisman ter bilan chiqariladi.Odatdagi sharoitda, ya`ni organizmdan ko’plab ter 
ajratilmaganda ter tarkibidagi azotga e`tibor qilinmaydi. Siydik tarkibidagi azot 
aniqlanib, 6,25 ga ko’paytiriladi va parchalangan oqsil miqdori aniqlanadi. 
Organizm qabul qilingan azot miqdori organizmdan chiqarilgan azot miqdoridan 
ortiq bo’lsa, musbat azot balansi deyiladi, ya`ni oqsil sintezi uning parchalanishidan 
ko’proq bo`ladi. Musbat azot balans o’sayotgan organizmda, homiladorlik vaqtida, 
og’ir kasallikdan so’ng tuzalish davrida, sportchi zo’r berib mashq qilganda 
mushaklarda og’irlik oshganda kuzatiladi.Bu hollarda organizmda azot ushlanib 
qoladi, ya`ni azot retentsiyasi sodir bo`ladi. 
Ovqat oqsillari bilan qabul qilingan azot va organizmdan chiqarilgan azot
miqdorlari o’zaro bog’liqdir. Organizmga ko’proq oqsil kiritilsa, organizmdan 
chiqariladigan azot miqdori oshadi. Katta yoshdagi sog’lom kishi to’g’ri ovqat-
langanda organizm qabul qilgan azot miqdori undan chiqarilgan azot miqdoriga 
teng bo`ladi. Bu hol azot muvozanati deb nomlangan.
Oqsillar organizmda zaxira qilib jamgarilmaydi.Shuning uchun ovqat bilan ko’p 
oqsil qabul qilinganda, uning faqatgina bir qismi plastik maqsadda sarfla-nadi
ko’proq qismi energiya manbai bo`lib xizmat qiladi.Organizmdan chiqa-rilgan azot 
miqdori qabul qilingan azot miqdoridan ko’proq bo’lsa, manfiy azot balansi 
deyiladi. Manfiy azot balansi oqsil ochligida va oqsil sintezi uchun zarur bo`lgan 
ba`zi aminokislotalar qabul qilinmaganda kuzatiladi. 
Oqsilga bo’lgan ehtiyoj odam va yuksak hayvonlarning yoshi, jinsi, 
bajaradigan ishi, yashash joyining iqlim harorati va boshqa omillarga bog’liq 
bo’ladi. Katta yoshli odam har kuni 80-100 g oqsil iste’mol qilganda organizmda 
azot muvozanati saqlanadi, bunda 30 g oqsilni hayvon go’shtining oqsillari tashkil 


62 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin