Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
immun tizimning faollashuvini, antitanalar ishlab chiqarish va antigenga 
sezuvchanlikning ortishini (sensibilizastiyani) chaqiradi. 
Oqsilli ovqat iste’mol qilingan paytda energiya almashinuvining ortishi, 
organizmga kiritilgan oqsilning umumiy energetik qiymatining 30-40 % ni tashkil 
qilishi mumkin. Almashinuvning ortishi taxminan 1,5-2 soatdan keyin boshlanadi, 
3 soatdan keyin maksimum darajaga yetadi va oqsil qabul qilingandan so’ng 7-8 soat 
davom etadi. Bu hol ATF ni monosaxaridlar va yog’ kislotalaridan sintezlashga 
qaraganda, uni aminokislotalardan sintezlashga ko’proq energiya sarflanishi bilan 
belgilanadi degan fikr mavjud. Shu sababli, organizmda azotli muvozanatni saqlab 
turish uchun 1 sutka davomida 30-45 g hayvon oqsili talab qilinadi va bu miqdor - 
oqsilning fiziologik minimumi deb hisoblanadi.
Organizmda oqsil yetishmaganida bir qator to’qimalarda o’zlarining to’qima 
proteinazalari yordamida oqsillarning parchalanishi jarayoni sodir bo’ladi. Erkin 
aminokislotalarning manbai bo’lib, plazma oqsillari, enzimlar oqsillari, jigar, 
ichaklar shilliq pardasi va mushaklar oqsillari hisoblanib, ular uzoq muddat miya va 
yurak oqsillarini yo’qotmasdan yangilab turish imkoniyatini beradi.
O’sayotgan organizmlarda, uzoq davom etgan hastalikdan so’ng, ozib ketgan 
bemor tuzalayotgan davrda, homiladorlikda, ya’ni tana massasining oshishi, odatda 
musbat azot muvozanatiga olib keladi. Chunki bunda, organizmda oqsilning 
sintezlanish jarayoni ularni parchalanishdan tezroq bo’ladi. Natijada, azot 
organizmda saqlanib qoladi. Ovqatda oqsillarning miqdorini kamligi va biologik 
qimmati kam bo’lgan oqsillarni iste’mol qilish, ya’ni oqsil tanqisligi yoki oqsillarni 
o’zlashtira olmaslik manfiy azot muvozanatiga olib keladi.
Yog’ va uglevodlarni yetarli miqdorda iste’mol qilish organizmni azot yo’qo-
tishdan saqlab qola olmaydi, ammo uglevodlarga boy ovqatni iste’mol qilish, 
yo’qotilayotgan azot miqdorini 3-3,5 martaga kamaytiradi. Oqsilsiz ovqat iste’mol 
qilish azot yo’qotishga olib keladi. Surunkali oqsil tanqisligi, avvalo organizmni 
yuqumli kasalliklarga qarshi chidamliligini pasaytiradi, keyinchalik esa, endokrin 
bezlar faoliyati buziladi. Masalan, gipofizning oldingi bo’lagidan gormon 
chiqarilishi va buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi sekinlashadi. Surunkali 
oqsil yetishmasligi MAT faoliyatlarini shikastlaydi. 
Oqsil almashinuvining neyroendokrin boshqarilishi bir guruh gormonlar to-monidan 
amalga oshiriladi.Gipofizning somatotrop gormoni;
1. Organizmning o’sish davrida hamma a`zo va to`qimalar og’irlini oshiradi 
2.katta yoshdagi odamda u hujayra membranasining aminokislotalarga nisbatan 
o’tkazuvchanligini oshirish; 
3.yadroda informatsion RNK sintezini kuchaytirish; 
4. hujayra ichidagi proteolitik fermentlar- katepsinlar sintezini pasaytirish orqali 
oqsil sintezi jarayonini ta`minlaydi. 


64 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin