MAVZU: MUSKULLAR SISTEMASIGA UMUMIY TUSHUNCHA.
MUSKULLAR SISTEMASI KLASSIFIKATSIYASI, TUZILISHI
REJA.
1. Muskullarning tuzilishi va
xillari
2. Gavda muskullarining tuzilishi va birikishi.
3. Qo’l muskullarining tuzilishi va birikishi.
4. Oyoq muskullarining tuzilishi va birikishi.
5. Bosh va buyin muskullarining tuzilishi va birikishi.
Tayanch tushunchalar:
miologiya, dinamik, statik, pereliz, fassiya, rombsimon
, hanjarsimon, 2-4 boshli, laterial, sinergist, tonus, diafragma.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo’lib, ular katta odam tanasi
og’irligining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari,
mehnat faoliyati, nutq,
funksiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik
funksiyalari muskullarning gruppa-gruppa bo’lib, reflektor harakati natijasida sodir
bo’ladi. Muskullar tevarak-atrof muhitdagi turli ta’sirlarning sezgi organlariga
ta’siri va bu ta’sirning markazga intiluvchn nervlar orqali bosh miyaga borib, u
erdagi analiz-sintez prosessi natijasida markazdan
qochuvchi nervlar orqali
muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bulardan tashqari, ichki organlarning
faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor yo’l bilan ta’sir etadi.
Muskullar harakatlanish organi bo’lib, muskul, nerv tolalari va biriktiruvchi
to’qimalardan tuzilgan. Muskul to’qimasi ho’jayralardan tashkil topgan bo’lib,
ho’jayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar
miofibrillar deb ataladi. Muskul to’qimasi
tuzilishi, va funksiyasiga qarab, ko’ndalang-targ’il va silliq muskullarga bo’linadi.
Ko’ndalang-targ’il
muskullar, asosan, skelet muskullari bo’lib, silliq tolali
muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul - muskul
tolalarining yig’indisidan tuzilgan bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima
yordamida o’zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bi-
lan o’ralgan.
Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi
va birikish qismi-dumi
bo’lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan.
Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq
suyakka birikib, qisqarganda bo’g’imda harakat bajariladi. Muskullar - muskul
tolalarining yo’nalishiga qarab:
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama
patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo’lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi
tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’lib, bu
parda
fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni,
bir qancha muskulni va
muskullarning hammasini o’rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar
(bog’lag’ichlar) orasida harakatni engillashtiradigan sinoviy suyuqligi bo’ladi.
Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo’lishi mumkin. Uzun muskullar
ko’proq, qo’l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta
muskullar harakat qulochi kam bo’lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular
qovurg’alar, umurtqalar orasida bo’ladi. Keng
muskullar gavda atrofida
joylashgan, masalan, ko’krak, qorin muskullari va boshqalar. Bularning muskul
tolalari har tomonga yo’nalgan bo’lib, boshlanish, birikish joyida keng pay-
aponevroz hosil bo’ladi. Yumaloq muskullar og’iz, ko’z atrofida uchraydi. Kalta-
yo’gon muskullar baquvvat bo’lib,
yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida
uchraydi. Masalan, deltasimon dumba muskullari. Organizmdagi muskullar har xil
nomlanadi. Boshlanish, birikish joyiga ko’ra, masalan, yelka-bilak muskuli, funk-
siyasiga qarab chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo; boshiga qarab: 2
boshli, 3 boshli va hokazo; tuzilishiga qarab: yarim payli muskul va boshqalar;
joylashishiga qarab: peshana,
yelka muskullari va hokazo; shakliga qarab:
trapesiyasimon, rombsyamon muskullar deb ataladi va hokazo.