Mavzu: muskullar sistemasiga umumiy tushuncha. Muskullar sistemasi klassifikatsiyasi, tuzilishi


Muskullarning tuzilishi va fassiyasi



Yüklə 95,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.05.2023
ölçüsü95,1 Kb.
#108457
1   2   3
5-МАВЗУ. MUSKULLAR SISTEMASIGA UMUMIY TUSHUNCHA.

Muskullarning tuzilishi va fassiyasi
Muskullar katta odamlarda butun tanasi og’irligining 42 % ga yaqinini 
tashkil etadi, qolgan 58 % ini suyaklar (18 %), yog’lar (17%), qon (8 %), ichki 
organlar (8%), miya nervlari (3%) tashkil qiladi. 


Muskul tuqimasi 75 % ga yaqin suvdan va 25 % zich moddalardan iborat. 
Zich moddalar tarkibiga oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, aloxida ekstrativ moddalar 
va tuzlar kiradi.
Muskul tolasining qisqarishi unga nerv sistemasining ta’sir qilishiga bog’liq. 
Biroq qisqarish vaqgti ta’sirlanish vagqtiga mos kelmaydi: ta’sirlanish vagqti vag 
vagqt qisqarish vaqti o’rtasida ta’sirlanishning sekundning bo’laklari bilan 
sanaladigan yashirin davri mavjuddir. So’ngra energiya to’plana borish davri 
vujudga keladi, bu davr davomida muskul qisqaradi. Uning ketidan muskul 
yozilishi davri vujudga keladi. 
Muskullarning asosiy vazifasi – mexanik ish bajarishdir. Agar muskulning 
qisqarishi natijasida xarakat kelib chiqsa, ya’ni tana yoki ba’zi organlarning 
fazodagi o’rinlari almashinsa, unda bu ish statik ishdan farqli o’laroq, dinamik ish 
deb ataladi. Statik ish bajarilganda, qisqarib turgan muskullar xarakat qilmaydi, 
masalan, yuk ko’tarib turganda. 
Odam tanasining muskullari o’z kuchi barobar bo’lmagan turli ishlarni 
bajarishi mumkin. Muskulning kuchi uning tolalarining miqdoriga – soniga 
bog’liq: muskul qancha yo’g’on bo’lsa, uning kuchi shunchalik ko’p bo’ladi. 
Muskulning kuchi uning ko’ndalang kesigining yuzasiga to’g’ri proporsional 
bo’ladi. 
Ishlab turgan muskulda murakkab ximiyaviy reaksiyalar sodir bo’lib turadi. 
Bu ximiyaviy prosesslar issiqlik g’osil qiladi: xayvon tanasining issiqligi muskul 
ishining natijasidir. Agar ishlab turgan muskul to’qimasida moddalar 
almashinishining maxsuli sifatida anchagina miqdorda sut va karbon kislotalar 
to’plansa, unda muskul charchaydi. Dam olish vaqtida, ya’ni muskullar tinch 
turganda moddalar almashinuvi natijasida xosil bo’lgan zararli maxsulotlar qon 
orqali undan chiqib ketadi va muskulning ishlash qobiliyati qaytadan tiklanadi. 
Tana muskullarimizning ishi butun organizmning umumiy xolatiga ta’sir 
qiladi, u qon aylanishini kuchaytiradi va xamma organlarda moddalar 
almashinishining kelib chiqishiga imqon beradi. 


Odam tanasida 400 dan ortiq muskul bo’lib, ular umuman olganda, tana 
og’irligining, taxminan, 2G’5 qismini tashkil qiladi. 
Xar qanday muskul uchlarida pay va o’rtasida muskul qismiga ega bulgan 
organdir. 
Muskul qismi parallel joylashgan va bir-birilari bilan yumshoq tolalai 
biriktiruvchi to’qimaning endomiziy deb atalgan yumshoq qavati bilan bog’langan 
ko’ndalang yo’lli tolalarning bog’lamlaridan iboratdir. Bunday bog’lamlar 
birlamchi bog’lamlar deb ataladi. Birlamchi bog’lamlar biriktiruvchi to’qimaning 
yo’g’onroq qavatlari yordamida birikib yana dag’alroq ikkilamchi va uchlamchi 
bog’lamlarni xosil qiladi. Muskul ust tomondan perimiziy deb ataladigan 
biriktiruvchi to’qimali parda bilan qoplangan. Perimiziy tolalari, uzluksiz ravishda 
endomiziy bilan tutashib, go’yo ushbu muskulning sinchini tashkil qiladi. 
Muskullar kollogen tolalarining parallel bog’lamlaridan iborat bo’lgan 
paylar yordami bilan suyaklarga yopishadi. Bu birlamchi bog’lamlar yumshoq 
tolali biriktiruvchi to’qimaning qavatlari vositasi bilan birlashib ikkilamchi 
bog’lamlar xosil qiladi. Ikkilamchi bog’lamlardan uchlamchi bog’lamlar xosil 
bo’ladi va ular xam biriktiruvchi to’qimaning zich bo’lmagan qavatlari vositasi 
bilan bir-birlaridan ajralib turadi. Pay ichidagi bu qavatlar endotenoniy deb ataladi: 
uning ichidan nerv vag payni oziqlantiruvchi tomirlar o’tadi. 
Pay tashqi tomondan zich tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgan 
parda- peritenoniy bilan qoplangan. Peritenoniy asta-sekin endotenoniy bilan 
tutashadi. 
Shunday qilib, pay zich biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan va qisqarish 
xususiyatiga ega emas. Paylar juda mustaxkam va zich xosilalar bo’lib, ayni 
vagqtda anchagina tarang xamdir. Ular oq rangda bo’lishi va yaltirab turishi bilan 
muskulning qorin qismidan ancha farq qiladi va u bilan birga bir butunlikni – 
muskulni xosil qiladi. 
Xar qaysi muskul suyak yoki fasiya bilan yopishishi uchun 2 uchiga ega 
bo’ladi. Odam tanasining biror qismida xarakat bajarilishi uchun muskul 
bo’g’imning ikki tomonida joylashishi (yoki bir qancha bo’g’imlarni bosib o’tishi), 


ya’ni muskulning bir uchi bug’im ustiga, ikkinchisi esa bo’g’im ostiga yopishishi 
zarurdir. Muskul qisqarishi natijasida xarakat vujudga keladi, ana shu xarakat 
vaqtida uning bir uchi xar doim xarakatsiz turadi va shu xolatda mustaxkamlangan 
nuqta (puhctum fixum) deb ataladi. Boshqa uchi xarakatli nuqta (puhctum modile) 
deb ataladi.
Muskul qisqarishi tufayli kaltalashadi va xarakatli nuqtani xarakatsiz nuqtaga 
yaqinlashtiradi. 
Xarakatsiz va xarakatli nuqtalar to’g’risidagi tushincha shartlidir. Ba’zi bir 
xarakatlarda bu nuqtalar o’zaro o’rinlarini almashtirishlari mumkin. Masalan , bel 
– yonbosh muskuli bir uchi bilan bel umurtqalariga va yonbosh suyagiga, ikkinchi 
uchi bilan son suyagining kichik do’ngiga yopishadi. Umurtqa pog’onasi va tos 
xarakatsiz turganda, bu muskul qisqarib son suyagini bukadi, natijada son suyagi 
gavdaga yaqinlashadi. Bu xolda muskulning yuqorgi nuqtasi xarakat qilmaydi, 
pastki nuqtasi esa xarakatli nuqta buladi. Ikki xolda xam buqilish tos – son 
bo’g’imida sodir bo’ladi. 
Ko’p xollarda odam tanasidagi muskullar yakka – yakka xarakat qilmaydi, 
balki xarakat bir emas, bir qancha muskullarning qisqarishi natijasida amalga 
oshadi. Xosil qilgan xarakatlari bir-biriga mos kelib, umumiy ish bajargan 
muskullar siergistlar deb ataladi. Qarama-qarshi xarakatni amalga oshirgan 
muskullar antagonistlar deb ataladi. 

Yüklə 95,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin