novateurpublication.org Bunday taomlar aholi o’rtasida bahorda kuzatiladigan gipovitaminoz kasalligini
yo’qotishda katta samara beradi.
Chunki yuqorida nomlari keltirilgan oshko’klar tarkibida salomatlik uchun
juda zarur bo’lgan turli xil vitaminlar, mikroelementlar, biologic faol moddalar
ko’p. Ular, ayniqsa, askorbin kislotasiga, B
1
, B, PP,P, K vitaminlariga va
karotinlarga boydir. Yovvoyi holda keng tarqalgan oshko’klar o’z tarkibidagi
vitaminlarning miqdori va sifati jixatidan madaniy oshko’klardan qolishmaydi.
Kuzatishlardan shu narsa oydinlashdiki, erta bahordagi yuqori namlik, nisbatan
toza havo yovvoyi oshko’klar tarkibida odam organizmi uchun zarur vita-minlarning
ko’p yigilishiga sabab bo’lar ekan.Kezi kelganda yana shuni ham aytish kerakki,
oshko’klar tarkibidagi askorbin kislotasining miqdori erta tongdan to tushga qadar
ortib borib, sungra pasayar ekan.
Organizmning turli xil kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiruv-chi,
ko’zning ko’rish qobiliyatini yaxshilovchi karotin moddasi esa kunning ikkinchi
yarmida ko’proq yig’ilar ekan. Bunda quyosh nurining ta'siri katta bo’ladi.Osh-
ko’klarni qanchalik mayda qilib to’g’rab, yog’ bilan birgalikda pi-shirsangiz,
ulardagi karotin yaxshi ajralib, ko’proq foyda keltiradi. Shuning uchun ham ko’k
somsa, mantilarga dumba yog’i qushib pishirish maqsadga muvofiqdir.
Oshko’klarni iloji boricha ozoda bo’lgan, avtomobil, poyezd yo’llaridan, sanoat
korxonalaridan uzoqroq joylardan terishga aloxida e'tibor bering, aks holda ular
foyda o’rniga zarar keltirishi mumkin. Navruzda maxallalarda tayyor-lanadigan
sumalakni quvvat dorining o’zginasi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Chunki
o’stirilgan bug’doy donidan tayyorlangan sumalak tarkibida juda ham foydali E
vitamini bisyordir.
Mamlakatimizda vitaminlarni sanoat texnologiyasi asosida ko`plab ishlab chiqarish
bilan birga, vitaminlarga boy rang-barang sabzavot va o`simliklarni (na`matak,
sabzi, qovoq, qora smorodina va b.q) ko`paytirish yo`lida ham katta tadbir-choralar
amalga oshirilmoqda. Asrimizning 30-yillarida vitaminlarning biologik aktiv
xossalari molekulyar mexanizmini o`rganish sohasida muhim xulosalarga kelindi.
Izlanishlar tufayli vitaminlar organizm to`qimalarida biologik aktiv moddalarga
kofermentlarga aylanish xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi.
Kofermentlar esa organizmdagi fermentlarga qo`shilib, ularning katalizatorlik rolini
oshiradi. Masalan, meditsinada diabetik koma yoki ayrim yurak faoliyati izdan
chiqqan vaqtida ishlatilayotgan kokarboksilaza kofermenti vitamin B
1
(tiamin)
asosida olingan biologik aktiv moddalardan biridir. Vitaminlar asosida kofermentlar
yoki ularga o`xshash biologik aktiv moddalarning vitaminologiya fanining porloq
kelajagidan darak beradi.