novateurpublication.org qonga kal’siy o`tishini kuchaytirib, qonda kal’siy miqdorini me`yoriga etkazadi.
Giperkal’siemiya ta`sirida qalqonsimon bezda kal’siyning siydik bilan ajratilishi va
qondan suyaklarga o`tishini kuchaytiruvchi tirokal’sitonin gormoni
sekresiyalanadi. Buyrak kanalchalarida magniy, xlor, sul’fatlar va boshqa ionlar
reabsorbsiyasi ham boshqariladi.
Buyrak hujayralari qon plazmasidan jigarda hosil bo`ladigan progormon vitamin D
3
ni ayirib olib, uni fiziologik juda faol gormonga aylantiradi. Bu steroid ichakda
kal’siyni biriktirib oluvchi oqsil hosil bo`lishini jadallashtiradi, kal’siyning
suyaklardan chiqishi va uning kanalchalarda reabsorbsiyalanishini boshqaradi.
Buyraklar ishining eng muhim xususiyatlaridan biri ularda turli moddalar: suv,
elektrolitlar va organik birikmalar transporti jadalligining keng miqyosda o`zgarib
turishidir.Bu xususiyat buyraklarning o`z asosiy vazifasi ichki muhit fizik
kimyoviy va kimyoviy ko`rsatkichlari doimiyligini saqlashni ta`minlashi uchun
juda ham zarurdir. Koptokchalarda fil’trlangan organizm uchun kerakli moddalar
transportining keng miqyosda o`zgarib turishi o`ziga xos boshqarish
mexanizmlarini talab qiladi.
Vitaminlarning kashf etilishi va ularning fiziologik ahamiyati Navruz kunlari kattayu kichik ona tabiat bilan yanada yaqin bo’lishga harakat
qiladi. Bu tabiiydir, chunki biz hammamiz tabiat farzandlarimiz. Bahor faslida
borliqda sodir bo’ladigan o’zgarishlar inson organizmiga ham ta'sir ko’rsatadi. Bu
davrda aholi o’rtasida turli xil shamollashlar, virusli kasalliklar, tomoqning
yallig’lanishi - angina kabi kasalliklar ko’p qayd qilinadi.
Shuningdek har xil yoshdagi kishilarning quyidagi “shikoyatlarini” eshitib
qolamiz: “Uxlab, uyquga to’ymayman”, “Ish qilmasam ham charchab qolyap-
man”, “Xech qanday sababsiz tinkam quriydi” va hokazolar. Bunday hollarni
xalqimiz “ilik uzildi” iborasi bilan tushuntirishga harakat qiladilar. Bizningcha,
ushbu holatning kelib chiqishiga bir tomondan bahor faslida kuzatiladigan
tabiatdagi keskin o’zgarishlar sabab bo’lsa, ikkinchidan - inson iste'mol qiladigan
sabzavot va mevalar tarkibidagi mavjud vitaminlarning kamayib ketishidir. Shu
bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarida vitaminlarning kamayishi kishilar o’rtasida
gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bunda inson organizmining
turli xil kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashish qobiliyati keskin
pasayib ketadi.
Xo’sh, darmonsizlikning oldini olish, odamning xastaliklarga qarshi kurashish
qobiliyatini kuchaytirish uchun nima qilish kerak? Bahorgi quvvatsizlikka qarshi
hozirgi kunda turli xil oshko’klardan, ona tabiatning bebaho tuxfasi bo’lgan
yovvoyi ko’katlar - yalpiz, na’na, jag’jag’, otquloq, ismaloqlardan turli xil somsalar,
chuchvara, manti va xonim kabi taomlar tayyorlab, iste'mol qilish koni foydadir.