Moddalar almashinuvining fiziologik as


V i t a m i n A (Retinol)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   125
Monograph

V i t a m i n A (Retinol).
A vitamini
 
yog’da eriydigan vitaminlardan bo`lib,
organizmda oqsil yetarli iste`mol qilinganda karotinaza fermenti ta`si-rida


102 
novateurpublication.org 
provitamin A - karotindan sintezlanadi. Sabzi, jigar, baliq moyi, tuxum sarig’i, sariq 
yog’, sut va boshqalar tarkibida bor. Bir kecha - kunduzlik ehityoji 2 mg vitamin
yoki 5 mg karotin. Avitaminozida ko’rish qobiliyati buziladi, to’r parda
yallliglanishi, shox parda nekrozga uchrashi va hatto ko`r bo`lish mumkin.
Chunki ko’ruv pigmenti rodopsin A vitamin aldegidi retinen va opsindan iborat.
Vitamin - A ritinol vitikseroftal’min odam va hayvonlarning o`sish jarayonini
ta`minlash uchun kerak. Hayvonlar ustida o`tkazilgan tajribalarda vitamin A 
ning yetishmasligii o`sishning susayishigi va og’riqning kamayishiga olib kelishi
aniqlangan. Bunda umumiy darmonsizlik orta borib hayvon o`ladi. Agar ovqatga
vitamin A qo`shilsa, hayvonning o`sishi tiklanib, og’irligi ortadi.
Vitamin A rivojlanayotgan va o`sayotgan organizm uchun juda katta ahamiyatga ega 
bo`lib, uni ko`pincha «o`sish vitamini» deb ham yuritiladi. U organizmning o`sishi, 
teri, soch, tirnoq, shilliq qavat hujayralarining rivojlanishi va ko`payishida faol
qatnashadi. Vitamin A ko`zning normal faoliyati uchun ham juda zarur bo`lib, 
u organizmda yetishmasa kishi shapko`r bo`lib qoladi (kishi kechasi va g’irashirada
hech narsani ko`rmaydi).
Vitamin A ul’trabinafsha nurlar ta`sirida va havoda tez buziladi. Vitamin A
faqat hayvon mahsulotlarida bo`ladi. Baliq moyi, qoramol jigari, cho`chqa va
mol yog’i, pishloq, ikra, tuxum, sariyog’, va qaymoq vitamin A ga boy. Vitamin A 
ning provitamini bo`lgan yog’da eruvchi karotin o`simliklarda bo`ladi. U hayvon
organizmida vitamin A ga aylanadi. Karotin birinchi marta qizil sabzidan ajratib
olingan. Qizil sabzining lotincha nomi «karota» bo`l-ganligi uchun undan ajratib
olingan moddani karotin deb atalgan. Karotinlar sariq rangli pigment, o`simliklarda 
sintezlanuvchi uglevodlardan iborat bo`lib, karotinoidlar oilasiga mansub. Ularning 
biologik qimmati shundaki, odam organzmini vitamin A bilan ta`minlaydi.
Karotinlar o`simlik mahsulotlarida har xil miqdorda bo`ladi. 
Odam organizmining vitamin A ga bo`lgan ehtiyoji kishi yoshiga, holatiga bog’liq 
bo`ladi. Masalan, yuqumli kasalliklarda vitamin A ga bo`lgan ehtiyoj ortadi. 
Bulardan tashqari, ko`zni doim tikilib ishlashni talab qiladigan ba`zi kasbdagi 
kishilar (shoferlar, snayperlar, uchuvchilar va boshqalar) yoki shilliq pardalarning 
mudom ta`sirlanib turishiga aloqador ishda mehnat qiladiganlar, shuningdek, ichak 
va jigar kasalliklariga uchragan odamlar organizmining bu vitaminga talabi oshadi.
Vitamin A ga bo`lgan bir kunlik ehtiyoj 1—7 yoshdagi bolalar uchun 1 mg; 7
va undan katta yoshdagi bolalar uchun-1,2 mg, katta yoshdagilar uchun 1,5 mg;
homilador va emizikli onalar uchun 2 mg ga teng bo`ladi. 
Vitamin A ovqat bilan organizmga yetarli tushib turmasa, kishida teri kasalligi 
keratinizatsiya paydo bo`ladi. Bunda teri quriydi, kishi shapko`r bo`lib qoladi, 
ko`ziing shox pardasi o`lishi natijasida dog’ paydo bo`ladi. Raxit, pnevmoniya,
tuberkulyoz, yuqumli va jigar kasalliklarida hamda qandli diabetda va shunga


103 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin