O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Yer tuzish

 
KIRISH 
 
Yer tuzish asoslari fanida yer tuzish nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalari berilgan, ularni 
o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus fanlariga o'tishlari 
mumkin. Bu o'quv qo'llanmaning bosh mavzusi - yerning yer tuzish ob'ekti sifatidagi tushunchasi, 
undan ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish sharoiti, yer tuzishning ahamiyati va 
vazifalari, uning mazmunidir. 
Yer - xalqning hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo'jalik ishlab 
chiqarishining asosidir. Vatanimiz tabiiy resurslarga boy; u qazilma boyliklar, chuchuk suv va 
boshqa resurslarning katta zaxiralariga ega, biroq, ularning eng ahamiyatlisi yer resurslari, ayniqsa, 
qishloq xo'jalik yerlari hisoblanadi. Bu boylikdan foydalanishda belgilangan qoidalar va tartib kerak. 
Butun mamlakatimizda, ayrim mintaqalarda va xo'jaliklarda yerdan oqilona va samarali foydalanish, 
uni muhofaza qilish yer tuzishning vazifasi hisoblanadi. 
O'zbekistondagi katta e'tibor va kuch talab etadigan xo'jalik muammolarining eng 
ustivorlaridan biri oziq-ovqat muammosi bo'lib qolmoqda. Agrosanoat ishlab chiqarishi hozirgi 
davrda mulkchilik turlarining, yerga egalik qilish va foydalanishning, yerda xo'jalik yuritish 
turlarining - qishloq xo'jaligida fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, klasterlar, ularning shirkatlari 
va birlashmalari, shaxsiy tomorqa xo'jaliklarining ko'p xilligi asosida rivojlanmoqda. Davlat qishloq 
xo'jaligi ishlab chiqarishining barcha shakllari rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi; ular uchun bir xil 
huquqiy va iqtisodiy sharoitlar, xo'jalik yuritishning samaradorligini oshirish uchun tashkiliy asos 
yaratiladi. Zamonaviy agrar siyosat qishloqlarda
ishlab chiqarish munosabatlarini o'zgartirishga, fuqarolarning yerga va boshqa ishlab chiqarish 
vositalariga bo'lgan mulkiy huquqlarini tiklashga, dehqonni o'z mehnatining yakuniy natijalaridan 
hayotiy manfaatdor, yerning haqiqiy egasiga aylantirishga qaratilgan. Bu vazifalarni bajarish uchun 
mamlakatimizda yer islohoti o'tkazilmoqda, uni o'tkazish davrida yerlar qayta taqsimlanadi, yer 
tuzumi mohiyati o'zgaradi. Bu islohotning asosiy maqsadi - yerdan qishloq xo'jaligida asosiy, 
almashtirib bo'lmaydigan vosita sifatida foydalanishni yaxshilash va uning unumdorligini oshirishdir. 
Bularsiz qishloqlarning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mumkin emas. 
Yer tuzish asoslari fanida yer tuzish nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalari berilgan,
ularni o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus
fanlariga o'tishlari mumkin. Bu o'quv qo'llanmaning bosh mavzusi - yerning yer tuzish ob'ekti
sifatidagi tushunchasi, undan ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish sharoiti,
yer tuzishning ahamiyati va vazifalari, uning mazmunidir. 
Yer - xalqning hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo'jalik ishlab 
chiqarishining asosidir. Vatanimiz tabiiy resurslarga boy; u qazilma boyliklar, chuchuk suv va 
boshqa resurslarning katta zaxiralariga ega, biroq, ularning eng ahamiyatlisi yer resurslari, ayniqsa, 
qishloq xo'jalik yerlari hisoblanadi. Bu boylikdan foydalanishda Yerdan nafaqat qishloq xo'jaligida 
foydalaniladi. U xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun, ijtimoiy 
masalalarni yechish uchun hududiy asos sifatida zarur. Shu sababli, yer doimo tarmoqlararo 
foydalanishda bo'ladi. Ayrim korxonalarning unga bo'lgan talabi qondiriladi, boshqalariga ajratilgan 
yerlar maydoni qisqaradi, qishloq xo'jaligi uchun yangi unumdor yerlar o'zlashtiriladi, noqishloq 
xo'jalik maqsadlari uchun yer uchastkalari olinadi. 
«Yer» so'zi har xil ma'noda ishlatiladi; yer tuzish asoslari fanida va amaliyotida quyidagi 
ta'rif qabul qilingan: 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin