O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Yer tuzish

 
 
 
 
 
 
 
Yer tuzish
- murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa; unga kiradigan tadbirlar tarkibi tarixiy 
rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradi. Prof. P.N.Pershin o‘tgan asrning 20-chi yillaridayoq, yer 
tuzish - o‘tkaziladigan vaqti va joyi sharoitlariga bog‘liq holda judayam o‘zgaruvchan qadimiy 
hodisa degan edi. Prof. A.V.Chayanov taxminan o‘sha vaqtda yozgan edi, - yer tuzish tushunchasiga 
rus adabiyoti va nutqida judayam har xil mazmun yuklatilgan. Shu sababli, yer tuzishning zamonaviy 
ta’rifini berish uchun unga tarixiy nuqtai nazardan yana bir marta qarash, bu tushunchaga qanday 
ma’no berilganligini aniqlash kerak, u yana har xil atamalar («chegaralash», «yer o‘lchash», «yer 
bo‘yicha tuzish», «yer tuzish») bilan ham ataldi. «Yer tuzish» atamasining o‘zi prof. F.G.Nekrasov 
fikri bo‘yicha 1906-y. paydo bo‘ldi va oldin ishlatilib kelingan «chegaralash» atamasini o‘zining 
tarkibiy qismi sifatida almashtirdi. 
Yuqorida ko‘rsatilganidek, revolyusiyadan oldingi yer tuzish asosan chegaralashdan - yer 
egaliklarining chegaralarini joylarda belgilash va huquqiy rasmiylashtirishdan iborat bo‘ldi. 
Masalan: 1766-y. yo‘riqnoma bo‘yicha Bosh chegaralashning asosiy vazifasi quyidagidek «yer 
egaliklarining to‘g‘ri va e’tirozsiz chegaralarini belgilash yordamida egalarining tinchligini 
tasdiqlash» edi. Unga 1914-y. S.P.Kavelin quyidagi ta’rifni berdi: «Davlat chegaralashi yer 
mulkchiligi chegaralarini moddiy va hujjatli mustahkamlashga va ular ichidagi yerlar sonini 
(maydonini) aniqlashga qaratilgan texnik va huquqiy harakatlar yig‘indisini o‘zida 
mujassamlashtiradi» (M.M.Shulgin. Zemleustroystvo i pereselenie v Rossii v XVIII i pervoy 
polovine XIXv. M.: Izd. Moskovskogo Mejevogo instituta, 1928-y 128-b.; S.P.Kavelin. Mejevanie i 
zemle ustroystvo M.: Izd. Yuridicheskogo knijnogo magazina «Pravovedenie», 1914-y. 129-150-b.). 
Boshqacha aytganda, chegaralash bu, asosan, hududlar va yer egaliklari chegaralarini egalari 
huquqlarining hududiy chegaralari sifatida belgilashdan iborat yer tuzishning elementar shaklidir. 
Bunda yer uchastkalari va ularning chegaralari, asosan, statik (o‘zgarmas) nuqtai nazardan, ularni 
o‘zgartirish va yaxshilash maqsadisiz qaraldi. 
Yer tuzish yuqori rivojlanish shakliga XX asrning boshida Stolipin agrar islohotlarini 
o‘tkazishda erishdi. Endi nafaqat yerlarni chegaralash, balki yer uchastkalarini (yer egaliklarini) 
maqsadga muvofiq joylashtirish va ularga xo‘jalik yuritish uchun qulay shakl berish masalalari ham 
qo‘yildi. Shunday qilib, nafaqat texnik va huquqiy, balki iqtisodiy muommolarni ham yechish zarur 
bo‘ldi. Nihoyat Stolipin islohoti ma’lum siyosiy (nafaqat iqtisodiy) maqsadlarga erishishga 
qaratilgan edi. Shu bilan revolyusiyagacha yer tuzishning mazmuni asosan tugadi. 
O‘tgan asrning 20-chi yillarda yer tuzish texnik tomondan oldingi vazifalarini asosan saqlab 
qoldi, biroq u ko‘proq darajada ijtimoiy va iqtisodiy ishga aylandi. RSFSRning 1922-y. Yer 
kodeksida «Yer tuzish xo‘jalik-texnik maqsadga muvofiqligi talablariga va yerga bo‘lgan 
huquqlariga mos ravishda yangi yerdan foydalanishlarni tashkil etish va mavjudlarini tartibga solish 
vazifalariga ega» deb ko‘rsatilgan. O‘sha vaqtlarda u yerning xususiyatlarini o‘zgartirishi, 
hosildorlikni oshirishi, dehqonchilikda mehnat unumdorligini o‘stirishi va ularga ta’sir etishi 
mumkin emas deb hisoblanar edi. Bular agronomiya va texnika ishlari edi. Yer tuzish yerdan 
foydalanishlarni ularni oqilona joylashtirish, ularga optimal o‘lchamlar berish, ularning 
kamchiliklarini tugatish yo‘li bilan to‘g‘ri tashkil etish natijasida iqtisodiy samara yaratishi kerak 
(A.A.Rjanisin. Teoriya i praktika zemle ustroystva. M.: Novaya derevnya, 1928-y. 57-116-b.). O‘sha 
yillarda prof. P.N.Pershin yer tuzishni «hududni, yerning ustki yuzasini undan ishlab chiqarishda 
foydalanish uchun o‘lchamlariga, yer turlari tarkibiga va joylashish shakllariga nisbatan 
moslashtiruvchi harakat» sifatida aniqlab, «bunday moslashtirish yana bitta, xarakterli belgiga ega, 
bunda yerning tabiiy xususiyatlari (tuproq, relef, o‘simlik dunyosi, suv rejimi va boshq.) 
o‘zgarmaydi» deb hisobladi (P.N.Pershin. Sotsialno-ekonomicheskaya teoriya zemleustroystva // Na 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin