O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

TXK va JT ishlarining
sifat ko‘tsatkichlarini
nazorat 
qilish, meyoriy hujjatlarda keltirilgan TXK va JT ishlarining sifatiga mos 
ekanligi nazorat qilinib aniqlanadi. Bunday hujjatlar har bir stansiyalarda 
mavjud bo‘lib, stansiyaning ish yuritishidagi zarur element hisoblanadi. 
Xizmat ko‘rsatilgan (ta’mirlangan) avtomobilning sifati, ta’mirlash 
fondining sifatiga bog‘iq bo‘ladi, TXK va JT ning sifati, TXK va JT 
ishlarini bajarish xujjatlariga, jihozlar va asbob-uskunalarning, extiyot 
qismlarning sifatiga; bajaruvchining ishlash sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 
ATXKS sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilishdan maqsad, xizmat 
ko‘rsatilayotgan avtomobillarga o‘rnatilgan tartib bo‘yicha hizmat 
ko‘rsatish hisoblanadi. Stansiyalarda sifatni nazorat qilish tizimini tashkil 


213 
qilish, bajarilayotgan ishlarda sifat ko‘rsatkichlarini meyoriy xujjatlar 
darajasida saqlab qolish hisoblanadi. 
ATXKS da sifatni nazorat qilish mashinani qabul qilishda, chiqarib 
yuborishda va bajarilgan ish bo‘yicha baholanadi. 
Qabul qilishdagi va chiqarib yuborishdagi nazoratlar injner-texnik 
hodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 
TXK va JT uchun qabul qilinayotgan avtomobillar to‘liq jamlangan 
bo‘lishi kerak. Avtomobil yoki agregatda yuzaga kelgan nosozlik, uni 
tabiy ishlash oqibatida, masalan detallarni eyilishi natijasida kelib chiqqan 
bo‘lishi lozim. 
Avariyaga uchragan avtomobillar O‘zbekiston IIV YXX hodimlari 
tomonidan berilgan akt mavjud bo‘lgan holda, tubdan ta’mirlash (TT) 
talab etilmasdan, bu ishlarni ATXKS bajarish imkoni bo‘lsa qabul qilinishi 
mumkin.
Agarda avtomobilning kabinasi yoki ramasi mashinani ishlatishga 
yaroqsiz bo‘lsa, kamida uchta agregat TT shi lozim bo‘lsa, u holda bunday 
avtomobillar TXK va JT uchun qabul qilinmaydi. 
Bajarilgan ishlarni sifatini nazorat qilish biron operatsiya yoki 
texnologik jarayon tugaganidan so‘ng ish joyida amalga oshiriladi. Bu 
ishni nazorat komisuyasi yoki ishni bajaruvchi masul shaxs bajarishi 
mumkin. 
Ishlar bajarilib bo‘lingandan so‘ng qabul qilishdagi nazorati – bu 
barcha ishlar yakunlangandan so‘ng nazorat qilinib, ob’ekt ishlatishga 
yaroqli ekanligi aniqlanadi. 
Avtomobillarga TXK va JT ishlari bajarilganidan so‘ng qabul qilish 
avtomobilning ishlatishdagi sifat ko‘rsatkichlari; ishni bajarish imkoniyati; 
xafsizlik ko‘rsatkichlari; ekologik ko‘rsatkichlar; xizmat ko‘rsatish 
ko‘rsatkichlar va estetik ko‘rsatkichlar bo‘icha nazorat qilinadi. 
ATXKS laridan avtomobillarni chiqarib yuborishda akt tuziladi va 
kerakli jurnalga yozib qo‘yiladi. TXK bajarilgan avtomobilga talon 
beriladi. Avtomobilda TXK va JT da bajarilgan ishlar akt bo‘yicha qabul 
qilinadi va buyurtma-naryadi tuziladi. 
TXK va JT ishlarini bajarish uchun, kerakli materialni olish 
vedomosti tuziladi. Bajarilgan TXK va JT ishlari davomida 
diagnostikalash xaritasi ham to‘ldiriladi. 


214 
Xulosa 
Korxonaning ta’mirlash-texnik bazasi mashinalarga TXK va JT 
tizmining asosini tashkil etadi, u o‘z ichiga ishlab chiqarish ob’ektlari, 
mashinalarga xizmat ko‘rsatish ko‘chmas va ko‘char vositalarini qamrab 
olgan. 
Kerakli bunday bazalarni tashkil qilish va uni zamonaviy texnik 
vositalar bilan jihozlash mashinalarning ishonchli ishlashiga zamin 
yaratadi. 
Nazorat savollari 
1.
Mashinalarga 
texnik xizmat ko‘rsatish vositalari qanday 
turkumlanadi? 
2.
Xo‘jalik va brigadaning ta’mirlash-texnik bazasining asosiy 
elementlarini keltiring. 
3.
Markaziy ta’mirlash ustaxonalarida mashinalarni diagnostikalash va 
xizmat ko‘rsatish uchun bo‘limlar qanday jihozlar bilan jamlanadi? 
4.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida qanday 
postlar tashkil qilinadi? 
5.
Avtomobillarga 
texnik 
xizmat 
ko‘rsatish 
stansiyalarida 
avtomobillarni diagnostikalash bo‘yicha qanday ishlar bajariladi? 
6.
Qishloq sharoitida TXK, diagnostikalash va ta’mirlash texnik 
bajalari deganda nimani tushinasiz? 
7.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi klasterlarida joylashgan texnik bajada 
TXK, diagnostikalash va ta’mirlash bo‘yicha qanday ishlar 
bajariladi? 
8.
Traktorlarga TXK, diagnostikalash va ta’mirlash hdudida qanday 
bo‘limlar joylashadi? 
9.
Avtomobillarga TXK, diagnostikalash va ta’mirlash hdudida qanday 
bo‘limlar joylashadi? 
10.
Don o‘rish kombayinlariga TXK, diagnostikalash va ta’mirlash 
hdudida qanday bo‘limlar joylashadi? 
11.
Texnikani saqlashga qo‘yish postida qanday jihozlar 
joylashtiriladi? 
12.
Shinomantaj, 
kameralarni 
yamash 
va 
balansirovkalash 
bo‘limida qanday jihozlar joylashtiriladi? 


215 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin