53
4 - BOB.
LOGISTIKANING FUNKSIONAL
YOʻNALISHLARI. XARIDLAR LOGISTIKASI
4.1. Logistik tizimlar
Ma‘lumki, logistik tizimlar quyidagi belgilariga koʻra farqlanar edi:
4.1-rasm. Logistika yo’nalishlari
Koʻlami boʻyicha:
mikroiqtisodiyot tizimlari (sanoat korxonasi doirasida);
makroiqtisodiy tizimlar (mamlakat, hudud yoki mamlakatlar guruhi
koʻlamida);
mezologistik tizimlar – alohida turdagi mahsulotlar yoki
mahsulotlar guruhlarining ta'minoti,
ishlab chiqarish va sotish
alohida tizimlarning majmuasi.
Tayyorlash va qoʻllash doirasi boʻyicha:
logistik tizimlar va jarayonlarni tahlil qilish, rejalashtirish,
loyihalashtirish va konstruktiv rasmiylashtirish boʻyicha
vazifalarni tayyorlash;
54
logistik
jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish va oʻtkazish
boʻyicha vazifalarni amalga oshirish;
logistik quvvatlar va tizimlar unumdorligining hisob-kitoblari
boʻyicha vazifalar.
Xizmatning belgilanishi boʻyicha:
transport logistikasi (tashish, ortish, tushirish,
qayta ortish,
omborga joylashtirish, taqsimlash);
ishlab chiqarish logistikasi;
savdo sohasidagi logistika;
xizmat koʻrsatish sohasidagi logistika.
Jarayonga bogʻliq moddiy oqimlarning izchilligi boʻyicha;
o
ta‘minotda logistika;
o
ishlab chiqarishda logistika;
o
ombor logistikasi;
o
transport logistikasi;
o
idishlarga joylashtitrish
jarayonidagi logistika;
o
mahsulotlarni sotish sohasidagi logistika;
o
ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash logistikasi;
o
ishlab chiqarish chiqindilarini yig`ish va qayta ishlash sohasidagi
logistika.
Logistikadan foydalanadigan sohalar boʻyicha:
tadbirkorlik faoliyati;
tibbiyot;
harbiy ish;
qurilish.
Ta’minot (xarid qilish) logistikasi
tadbirkorlik logistikasining
boʻlimi boʻlib, u quyidagi masalalarni qamrab oladi:
bozorda kerakli xomashyo, materiallar, qismlar va hokazolarni xarid
qilish;
qabul qilingan yuklarni rasmiylashtirish,
ularni nazorat qilish va
hisobga olish;
55
korxonaga kelgan yuklarni tashish va omborga joylashtirish.
Taqsimlash va sotish logistikasi tadbirkorlik logistikasining yakuniy
qismi hisoblanadi va buyurtmachi bilan ishlab chiqaruvchilarning
aloqasini ta‘minlaydi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- buyurtmalarning bajarilishini tashkil etish;
- omborga joylashtirish va tashish.
Dostları ilə paylaş: