70
vujudga keladi. Taqsimot markazlarining joylashuvi
bevosita transport
xarajatlariga ta‘sir etadi.
Taqsimlash markazining manzilini tanlashda quyidagi ishlar amalga
oshirilishi kerak:
Bozor konyukturasini oʻrganish va mahsulotlarga boʻlgan
yehtiyojni bashorat qilish.
Iste‘molchilarni mahsulotlar bilan ta‘milash tizimini ishlab
chiqish.
Logistik tizim ichida moddiy oqimlarni taqsimotini tashkil yetish.
Keltirilgan sarflar kamaytirish mezoni boʻyicha
taqsimot
markazining joylashuv manzilini baholash.
Bunda keltirilgan sarf-xarajatlar quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
ZP = SE + ST + K/T,
bu yerda ZP - koʻrilayotgan variant boʻyicha keltirilgan sarf- xarajatlar,
SE - markazning-yillik tasarruf xarajatlari,
ST -yillik transport xarajatlari,
K - taqsimot markazini qurish uchun kerak boʻladigan
kapital
mablagʻlar,
T - kapital mablagʻlar sarfini oqlash (qoplash)muddati.
Taqsimlash markazini joylashtirishda bulardan tashqari joyning
oʻlchamlari (kerakli
narsalarni, masalan transport vositalarini toʻxtash
yoki kutish joylarini) rejalashtirish imkoni boryoʻqligini, tashish uchun
tanlangan transport turi uchun yolaklarni mavjudlik kabi masalalar ham
oʻrganib chiqilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: