68
Har bir turdagi yetkazib berish kanali
uchun sarf-xarajatlar
quyidagicha aniqlanadi:
ZO_zo + ZO_ko + ZO_tr + ZO_ot + ZO_kom + ZO_ttr +
ZO_buyur... + ZO_xuj + ZO_sugʻur < ZT_zo + ZT_ko +ZT_tr + ZT_ot
+ ZT_kom + ZT_buyur... + ZT_xuj + ZT_sugʻur + ZT_mahs
bu yerda,
ZO_zo - mahsulotni zahirada omborda va yoʻlda turib qolganligidan
koʻridadigan yoʻqotishlar;
ZO_ko - mahsulot zahiralarini
korxona omborida saqlash
xarajatlari;
ZO_tr - mahsulotlarni transportirovka qilish umumiy xarajatlari;
ZO_ot - ortish - tushirish xarajatlari;
ZO_kom - transport broker kompaniyalarining savdo- vostachilarini
komission ragʻbatlantirish xarajatlari;
ZO_ttr - mahsulotlarni transportirovka qilish umumiy xarajatlari;
ZO_buyur. - buyurtmani bajarilmagani oqibatida koʻrilgan zarar;
ZO_huj. - hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari;
ZO_sugʻur - sugʻurta xarajatlari;
ZT_zo - mahsulotni zahirada turib qolganligidan koʻradigan
yoʻqotishlar;
ZT_ko - mahsulot zahiralarini korxona va iste‘molchilar
omborida
turib qolishidan koʻriladigan yoʻqotishlar;
ZT_tr - mahsulotlarni transportirovka qilish umumiy xarajatlari;
ZT_ot - ortish - tushirish xarajatlari;
ZT_kom
-
savdo-vostachilarini
komission
ragʻbatlantirish
xarajatlari;
ZT_buyur. - mahsulotlarni oʻz vaqtida
yetkazib berila olmaganligi
sababli buyurtmani bajarilmaganligidan koʻriladigan zarar;
ZT_huj. - hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari;
69
ZT_sugʻur- sugʻurta xarajatlari;
ZT_mahsulot - mahsulotlarni yolda buzilishi va yoʻqotilishidan
koʻriladigan yoʻqotishlar.
Formulaning
chap
tarafi mahsulotlarni vositachilar
orqali yetkazib
berish,
oʻng
tarafi esa tranzit (bevosita) yetkazib
berish xarajatlarini
tavsiflaydi.
Kanallarning
har
xil
variantlarini
aniqlayotganda
qaysi
koʻrinishdagi vositachilardan foydalaniladi
va ular kim tomonidan va
kimning hisobidan ish yuritilshi belgilab olinishi kerak:
Dilerlar -
ulgurji va ba‘zi hollarda chakana vositachilar boʻlib
operasiyalarni oʻz nomidan va hisobidan amalga oshiradilar. Ular
shartnoma boʻyicha mahsulotlarni sotib oladilar va iste‘molchilarga
yetkazib beradilar.
Dostları ilə paylaş: