Transport logistikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Transport logistikasi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Logistik tizim tushunchasi 
2.
Xaridlar logistikasining mohiyati 
3.
Korxona xaridlarini rejalashtirish 
4.
Yetkazib beruvchini tanlash uchun asosiy mezonlar 
5.
Davlat xaridlari uchun yetkazib beruvchini tanlash usullari 
6.
Yetkazib beruvchini tanlash usullari 


64 


65 
5 -BOB. ISHLAB CHIQARISH VA TAQSIMOT
(TARQATISH) LOGISTIKASI
 
5.1. Taqsimot logistikasi tushunchasi va qoʻllanilish sohasi 
Taqsimot logistikasi- bu moddiy oqimlarni har xil xaridorlar 
oʻrtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan kompleks 
vazifalardir. 
Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kerakli mahsulotlarni 
kerakli joyga, kerakli vaqtda va kerakli sifatini ta‘minlagan holda yeng 
kam xarajatlar bilan yetkazib berishdir. 
Taqsimot logistikasining vazifalarini aniqlashda ikki xil yondoshuv 
mavjud boʻlib ulardan biri ta‘minotchi omboridan mahsulotlarni joʻnatib 
yuborish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni ichiga olsa, ikkinchisi 
material oqimlarni korxonaning oxirgi qismidan chiqqanidan tortib to 
uni iste‘molchining omborga yetib kelgunicha boʻlgan jarayonlami 
qamrab oladi. 
Taqsimot jarayonlari ikki darajada ya‘ni mikro va makrologistik 
darajada amalga oshiriladi. 
Bunda mikro darajada quyidagi masalalar yechiladi: 

sotuv jarayonlarini rejalashtirish; 

mahsulotni qadoqlash, oʻrab chirmash, komplektlash va saqlash 
yoʻllarini tanlash; 

mahsulotni joʻnatilishini nazorat qilish; 

mahsulotni iste‘molchiga yetkazish va transportirovka qilishni 
nazorat qilish; 

mahsulotga sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatishni tashkil etish. 
Makrodarajada taqsimlash logistikasining masalalariga quyidagilar 
kiradi: 

material oqimlarning taqsimlash sxemalarini tanlash; 


66 

taqsimot kanallarini mujassamlashtirish; 

taqsimot kanallari markazini joylashtirish.

Mahsulotlarni taqsimlash kanallari, ularning vazifalari va 
tuzilishi 
Iste‘molchi va ta‘minotchi alohida mikrologistik tizim boʻlib, bir-
biri bian taqsimot kanallari orqali bogʻlanadi. 
Taqsimot kanali bu alohida shaxslar va tashkilotlarning aniq bir 
mahsulot yoki xizmat turiga boʻlgan egalik huquqini ishlab 
chiqaruvchidan iste‘molchiga berishdir. Logistik kanal har xil 
vositachilarning tartibga keltirilgan majmuasi boʻlib aniq bir ishlab 
chiqaruvchidan iste‘molchiga moddiy oqimlarni yetkazib beradi. 
Bunda tashkilotlar va shaxslar ma‘lum bir vazifalarni bajaradilar. 
Jumladan, bitimlarni tuzish davrida kanal boʻylab mahsulotlar harakatini 
ta‘minlash uchun zarur boʻlgan axborotlami toʻplash, kanal faoliyatini 
ta‘minlash boʻyicha oʻz boʻyniga tavakkalchilikni olish. Bitimlarni 
oxiriga yetkazish soʻngida moliyaviy vositalarni ishga solib mahsulotlar 
harakatini tashkil yetish. 
Taqsimot jarayoni bevosita quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
buyurtmalarni qayta ishlash, mahsulotlarni omborlashtirish va 
mahsulotlar zahirasini bir maromda saqlab turish, mahsulotlarni 
iste’molchiga yetkazib berish uchun ularni transportirovka qilish

Taqsimot kanallari har xil tuzilishga ega boʻlishi mumkin va ular 
kanallarning darajalari bilan tavsiflanadi. 
Kanalning darajasi- bu oxirgi iste‘molchiga mahsulotga boʻlgan 
egalik huquqini va mahsulotni yetkazib berish boʻyicha ishlarni amalga 
oshiruvchi vositachi sonidir. Taqsimot kanallarini tashkil etish sxemalari 
1-rasmda koʻrsatilgan. Rasmdan koʻrinib turibdiki, taqsimot kanallari 
toʻrt xil darajada boʻlishi mumkin ekan:
nolinchi darajadagi kanal
. Bu kanalda ishlab chiqaruvchi 
mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri iste‘molchiga hyech bir vositachilarsiz 
yetkazib beradi; Masalan, paxta xomashyosini toʻgʻridan toʻgʻri paxta 


67 
zavodiga yetkazib berish yoki poliz mahsulotlarini daladan savdo 
doʻkonlariga yetkazib berish va boshqalar; 
birinchi darajali kanal
. Bu kanalda mahsulotlarni oraliq vositachi 
ishtirokida yetkazib beriladi. Masalan, paxta xomashyosini paxta punkti 
orqali paxta zavodiga yetkazib berish yoki poliz mahsulotlarini poliz 
omboriga tashib olish va keyin savdo doʻkonlariga tashish; 
5.1 - rasm. Taqsimot kanallarini tashkil yetish sxemalari 
ikkinchi darajali kanal
. Bunda taqsimot kanalida ikki xil vositachi 
ishtirok yetadi; 
uchinchi 
darajali 
kanal

Rasmdan 
koʻrinib 
turganidek, 
mahsulotlarni yetkazib berishda uchta vositachi ishtirok yetadi. Bu yerda 
yana shuni ham yeslatib oʻtish joizki, taqsimot kanallarida zaruratga 
qarab bir nechta vositachilar ishtirok yetishi mumkin.
Taqsimot kanalini tashkil etishda birinchi oʻringa kanalning tuzilishi 
va darajasi, ya‘ni kanal qanday a‘zolardan tashkil topishi aniqlab olinishi 
kerak. 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin