5.3. Taqsimlash tizimida omborlarning optimal miqdorini
aniqlash
Logistik
tizimlada
omborlar
tarmogʻi
moddiy
oqimlarni
taqsimlashda muhim oʻrin tutadi. Omborlarning soni va iste‘molchilarga
nisbatan joylashuvi mahsulotlarni yetkazib berishga sarflanadigan
71
xarajatlarga katta ta‘sir etadi. Bu esa oʻz navbatida mahsulotlarning
narxiga ta‘sir etadi.
Endi yuqoridagi variantlarni koʻrib chiqaylik. Ma‘lum bir hududda
bir nechta iste‘molchilar joylashgan boʻlsin. Rasmdan koʻrinib
turganidek, agar taqsimlash markazi soni bitta boʻlsa, mahsulotlarni
yetkazib berishda transport xarajatlari miqdori eng koʻp boʻladi. Agar
taqsimlash markazlarining miqdori oltita boʻlsa, mahsulotlarni yetkazib
berishdagi transport xarajatlari kam boʻladi. Ammo, omborlarni saqlab
turish uchun sarflanadigan ekspluatatsiya xarajatlari, mahsulotlarni
omborlarga tashib keltirish xarajatlari ortib ketadi. Bulardan koʻrinib
turibdiki, taqsimlash markazlarining soni ba‘zi bir xarajatlarni
kamayishiga olib kelsa, ba‘zilarini ortishiga olib kelar yekan. Shuning
uchun taqsimlash tizimini toʻgʻri tanlash logistik tizimlaming
samaradorligiga ma‘lum darajada ta‘sir etadi. Taqsimot tizimida
omborlar miqdorining optimal miqdorini tanlash uchun barcha xarajatlar
(transport xarajatlari, zahiralarni saqlash xarajatlari, omborlarni ishlatish
xarajatlari, omborlar tizimini boshqarish xarajatlari va hisoblab topilishi
va solishtirilishi kerak. Solishtirishlar omborlar sonining eng optimal
miqdorini belgilab beradi.
5.2- rasm. Moddiy oqimlarni taqsimlash variantlari: a) bitta
taqsimlash markazi orqali: b) ikkita taqsimlash markazi orqali: d) oltita
taqsimlash markazi orqali
Shartli belgilar: ■ - taqsimot markazlari (omborlar); • - moddiy
oqimlaming iste‘molchilari;
|