Transport logistikasi



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Transport logistikasi

Distribyuterlar -
ulgurji va chakana vositachilar bolib, oʻzlarining 
nomidan ishlab chiqaruvchi hisobiga ish yuritadilar ishlab chiqaruvchi 
distribyuterga oʻz mahsulotini ma‘lum bir hududda va ma‘lum bir vaqt 
davomida sotish huquqini beradi. 
Komissionerlar
- ulgurji va chakana vositachilar boʻlib, ular 
oʻzgalarning nomidan va ishlab chiqaruvchi hisobiga ish koʻradilar. 
Komissionerlar mahsulotga yegalik huquqiga ega boʻlmaydilar ularga 
bajarilgan operatsiyalar uchun foizlarda haq toʻlanadi. 
Brokerlar -
ulgurji va chakana vositachilar boʻlib, ular 
kontragentlarni oʻzaro kelishtirish asosida sotuv operasiyalarini amalga 
oshirilishiga yordam beradilar. Brokerlar mahsulotga yegalik qilolmaydi 
va sotilgan mahsulot miqdoriga qarab ragʻbatlantiriladilar.
Taqsimot kanalining ishtirokchilari aniqlanib boʻlinganidan keyin 
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan to iste‘molchiga yetkazib berish 
zanjiri tashkil topadi. 
Mahsulotlarni iste‘molchiga eng kam xarajatlar bilan yetkazib 
berishda taqsimot markazlarining joylashuvi katta rol oʻynaydi. 
Taqsimot markazlarini optimal joylashtirish birinchi galda ishlab 
chiqaruvchi korxona bir qancha iste‘molchiga xizmat koʻrsatayotganida 


70 
vujudga keladi. Taqsimot markazlarining joylashuvi bevosita transport 
xarajatlariga ta‘sir etadi. 
Taqsimlash markazining manzilini tanlashda quyidagi ishlar amalga 
oshirilishi kerak: 

Bozor konyukturasini oʻrganish va mahsulotlarga boʻlgan 
yehtiyojni bashorat qilish. 

Iste‘molchilarni mahsulotlar bilan ta‘milash tizimini ishlab 
chiqish. 

Logistik tizim ichida moddiy oqimlarni taqsimotini tashkil yetish. 

Keltirilgan sarflar kamaytirish mezoni boʻyicha taqsimot 
markazining joylashuv manzilini baholash. 
Bunda keltirilgan sarf-xarajatlar quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
ZP = SE + ST + K/T, 
bu yerda ZP - koʻrilayotgan variant boʻyicha keltirilgan sarf- xarajatlar, 
SE - markazning-yillik tasarruf xarajatlari, 
ST -yillik transport xarajatlari, 
K - taqsimot markazini qurish uchun kerak boʻladigan kapital 
mablagʻlar, 
T - kapital mablagʻlar sarfini oqlash (qoplash)muddati. 
Taqsimlash markazini joylashtirishda bulardan tashqari joyning 
oʻlchamlari (kerakli narsalarni, masalan transport vositalarini toʻxtash 
yoki kutish joylarini) rejalashtirish imkoni boryoʻqligini, tashish uchun 
tanlangan transport turi uchun yolaklarni mavjudlik kabi masalalar ham 
oʻrganib chiqilishi kerak. 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin