63
va yechimlarni (topshiriqlarni) tanlash uchun ma‘lumotlar olinadi. Har
bir yetkazib beruvchi uchun barcha mumkin boʻlgan xarajatlar va
daromadlar hisoblab chiqiladi (logistik xatarlarni hisobga olgan holda).
Soʻngra, variantlar (missiyalar) toʻplamidan
eng foydalisi tanlanadi
(umumiy foyda mezoniga muvofiq).
Bu mohiyatan xarajatlar boʻyicha ranjirlash (saralash) uslubining
(mezonlarining) oʻzgartirilgan turidir.
Ushbu metod xarajatlarni
baholash nuqtai nazaridan qiziqarli va yetkazib beruvchini tanlashning
―narxini‖ aniqlashga imkon beradi.
Ushbu usulning kamchiligi
shundaki, u har bir yetkazib beruvchi uchun katta hajmdagi
ma‘lumotlarni tahlil qilishni talab qiladi.
Dominant xususiyatlar usuli
. Usul tanlangan bitta parametr (mezon)
boʻyicha e‘tibor berishdan iborat.
Ushbu parametr eng past narx, eng
yiqori sifat, eng ishonchli yetkazib berish jadvali va boshqalar boʻlishi
mumkin. Ushbu usulning afzalligi uning soddaligida boʻlsa va tanlov
mezonlari boʻlgan - boshqa omillarni e‘tiborsiz
qoldirish uning
kamchiliklaridandir.
Afzallik toifalari usuli
. Bunday holda yetkazib beruvchini baholash,
shu jumladan uni baholash usulini tanlash firmaning koʻplab
boʻlimlaridan tushgan ma‘lumotlarga bogʻliq. Muhandislik xizmatlari
yetkazib beruvchining yuqori texnologik mahsulotlarni
ishlab chiqarish
qobiliyatini baholaydi va uning sifatini malakali baholay oladi.
Dostları ilə paylaş: