“Ishbop oʻyin” metodi
Ushbu metod
- berilgan topshiriqlarga koʻra yoki oʻyin
ishtirokchilari tomonidan
tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini
qabul qilishni imitatsiya
qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining
hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan oʻyin
nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga koʻra ishtirokchilar oʻz faoliyatlarini
oʻzgartirish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Ishbop oʻyinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda boʻladi.
Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va oʻyin davomida oʻzgarmas
rolni ijro
etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida oʻz
maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop oʻyinda har bir ishtirokchi
alohida rolli maqsadni
bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga
ega.
“Ishbop o`yin” metodining tuzilmasi
O`yin shartlari va baholash
mezonlari
bilan tanishtirish
Vazifalarni taqsimlash
Vazifalar bo`yicha ishtirokchilar
qaror qabul
qiladilar
O`yinni amalga oshirish
Muhokama qilish
Baholash
“Ishbop oʻyin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar
uchun yoʻriqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
2. Ta’lim oluvchilarni oʻyinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash
mezonlari bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.
4. Ta’lim oluvchilar oʻz rollari boʻyicha tayyorgarlik koʻradilar.
5. Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan oʻyinni amalga oshiradilar.
Ta’lim beruvchi oʻyin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.
6. Oʻyin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning
xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.
7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.
Har bir rolni ijro etuvchi oʻz vazifasini toʻgʻri bajarishi, berilgan vaziyatda oʻzini
qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish
qobiliyatini koʻrsata olishi kerak.
Muammoli vaziyat mavzusi:
Naslchilik
fermasida qoramollar
naslining
saqlab qolish va shu bilan
birga
nasldor
zotlarni
yaratishni
samarali yoʻl haritasini ishlab chiqish.
Ta’lim oluvchilar tegishlicha rollar
taqsimlanadi(Ferma rahbari, zootexnik,
zooveterinar, seleksioner va boshqalar).